Shaxsiy kompyuterlar uchun mo’ljallab chiqarilgan amaliy dasturlar
paketlari uchun quyidagi tasniflarni aytib o’tish mumkin:
• matn muharrirlari, matnli prosessorlar va noshirlik tizimlari;
• grafika muharrirlari va tadbirkorlik grafika vositalari;
• katta o’lchamli elektron jadvallar, jadval prosessorlari;
• telekommunikasion tizimlarni boshqarish amaliy dasturlar paketlari;
• berilganlar bazasini boshqarish tizimi;
• ma’lumotli-qidirish tizimlari;
• su’niy intellekt tizimlari, shu jumladan ekspert tizimlari;
• avtomatlashtirilgan o’qitish tizimlari;
• ma’lumotlarni statistik qayta ishlash paketlari;
• matematik dasturlashtirish amaliy dasturlar paketlari;
• avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari;
• tarkibiga muammoga mo’ljallangan paketlarning bir nechta turini oladigan
integrallashgan amaliy dasturlar paketi.
Matnli, jadvalli va grafik axborotlarni avtomatlashtirilgan holda ishlab chiqishni amaliy dasturlar paketi ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |