Qadimdan muayyan hududlar o’rtasidagi o’zaro aloqalarning yo’lga qo’yilishi mazkur hududlarning taraqqiyotiga ijobiy tasir o’tkazib kelgan.
O’rta Osiyoning qadimgi davlatlari va qadimgi sharqning boshqa davlatlari o’rtasida savdo va madaniy aloqalar yo’lga qo’yilgan edi. Aloqalar o’z navbatida Xalqaro savdo yo’llarining shakllanishiga olib keldi. Bunday yo’llardan biri bu-“Buyuk Ipak yo’li edi”.
Buyuk ipak yo’li Xitoydan boshlanib O’rtayer dengiziga qadar bo’lgan hududlarni o’zaro bog’lagan va uning uzunligi taxminan 7 ming kmni tashkil etar edi.
Buyuk ipak yo’li mil.avv.II asrdan boshlab shakllangan va milodiy XVI asrga qadar faol karvonlar qatnovi mavjud bo’lib turgan xalqaro savdo va madaniy aloqalar yo’li hisoblanar edi.
1-rasm. Buyuk ipak yo’li karvonlari https://www.google.com/imgres?imgurl=https%3A%2F%2Fsvidok.info%2Fsites%2Fdefault%2Ffiles%2F1b45f4415d7fd3c65a170d27dd93bb72.jpg&imgrefurl=https%3A%2F%2Fsvidok.info%2Fru%2Fnews%2F48841&tbnid=JjG-otbtLY5i8M&vet=1&docid=7PvWGnQBaxMk8M&w=1000&h=750&itg=1&hl=ru-RU&source=sh%2Fx%2Fim
Buyuk ipak yo’li nomi qadimdan mavjud bo’lmagan. Bu yo’l avvallari turli nomlar bilan atalib kelingan. Ammo 1877-yilga kelib nemis olimi F.Rixtgofen tomonidan ilk marotaba bu yo’lga “Buyuk Ipak yo’li” deb nom berilgan.
Bu tarzda nomlanishi dastlab bu yo’ldan eng qimmatli tovar hisoblangan ipakning eksport qilinganligi, buyuk so’zi esa Yo’lning uzoq masofalarga cho’zilganligi va ulug’vorligini ifodalashi ko’zda tutilgan edi.
Buyuk ipak yo’lining shakllanishida ham o’ziga xos tarix yashiringan. Buyuk Xitoy imperatori U-Di o’sha davrda Xitoyga tashqi xavf vujudga kelgan davrda ya’ni Xunn qabilalaridan himoyalanish maqsadida o’ziga ittifoqchi qidiradi va o’z amaldori bo’lgan Chjan Syanni O’rta Osiyo hududlariga yuboradi.
Chjan Syan mil.avv. 138-126-yillarda O’rta Osiyoga sayohat qiladi va bu yerda Davan davlati hukmdori bilan uchrashadi. Chjan Syan Xitoyga qaytayotib o’zi bilan Farg’onaning “Samoviy ” otlaridan va beda urug’ini olib ketadi.Shu tariqa uning yurgan yo’li negizida Buyuk Ipak yo’li shakllanadi.
Buyuk ipak yo’li bo’ylab Xitoydan O’rta Osiyoga va O’rta Osiyodan Xitoyga turli tovarlar olib borilgan. O’zaro Tovar ayirboshlash jarayonida Xitoydan metall idishlar, choy, guruch va turli bo’yoqlar olib kelingan, O’rta Osiyodan esa oltin, kumush, qimmatbaho toshlar shuningdek, turli meva mahsulotlari ham olib borilgan.
Bu yo’l nafaqat Tovar ayirboshlashda balki, madaniy aloqalarda – turli musiqa, raqs, arxitektura; texnologiyalar va diniy qarashlarning ham keng hududlarga yoyilishiga o’zining ijobiy tasirini o’tkazganligi bilan muhim hisoblangan.