Intizomiy javobgarlik. Xozirgi zamon mashinasozlik va metallurgiya sanoati fan va texnika taraqqiyotining hamma yutuqlarini o`zida jamlagan murakkab dargox xisoblanadi. Unda oddiy tokarlik stanogidan tortib zamonaviy programmalashtirilgan agregat stanoklarigacha, oddiy yig`ish maydonidan boshlab, mukammallashtirilgan konveyer liniyalari ishlab turib, bir necha minggacha ishchilar ishlashi mumkin. Bunday katta sanoat korxonasida mehnat intizomini saqlash, xavfsiz ish olib borishning asosi xisoblanadi. Chunki bu yerda mehnat qilayotgan ishchining vazifasi va bajaradigan ishi mutaxassisligi bo`yicha normalarini buzgan shaxslarga ma'muriy javobgarlik tartibida ogohlantirish, jamoat tartibidagi choralar va jarima to`lash belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |