Xavfsiz ishlash sharoitini yaratish borasida yo`l qo`yilgan xar qanday kamchilik yoki xavfsiz ishlash sharoitini tashkil qilmaslik natijasida ishchining baxtsiz xodisaga uchrashi sanoat korxonasining yoki raxbar xodimlarning aybi xisoblanadi. Moddiy yo`qotishni qoplash miqdori va tartibi maxsus qoidalar asosida olib boriladi. Mehnatni muhofaza qilish qoida va normalarini buzganlik uchun javobgarlik.Ba'zi bir raxbar shaxslarning o`z ishiga sovuqqonlik va loqaydlik bilan qarashi natijasida mehnatni muhofaza qilish tartib qoidalari buzilib, baxtsiz xodisa yuz bersa, bu baxtsiz xodisaning og`ir-yengilligi va oqibatini xisobga olib, javobgarlik chora-tadbirlari belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |