Mamlakatimizda o`spirinlar mehnatini muhofaza qilishga katta e'tibor berilmoqda.O`smirlar 16 yoshdan va ba'zi paytlarda kasaba uyushma qo`mitalarining roziligi bilan istisno tarzda 14 yoshdan ishga qabul qilinadilar. 18 yoshdan kichik bo`lgan shaxslar ishga qabul qilinayotganda tibbiyot ko`rigidan o`tkazadilar, keyinchalik ular 18 yoshga to`lganga qadar xar yili ana shunday ko`rikdan o`tkazilib turiladi. Balog`atga yetmagan ishchilar uchun qisqartirilgan ish xaftasi belgilangan 16-18 yoshgacha - 36 soat, 14-16 yoshgacha 24 soatlik. Bular tungi va xizmatdan tashqari bajariladigan ishlarga, zararli va xavfli ishlarga ishlashga ruxsat berilmaydi. O`smirlarning yuk ko`tarish normasi o`g`il bolalar - 16 kg, qizlar uchun - 10 kg.
Do'stlaringiz bilan baham: |