Oldingi Konstitutsiyalarda ijtimoiy ta'minlanish masalasi xal qilingan bilan uning miqdori xech kimni qiziqtirmas edi.Bu Konstitutsiyada qushimcha ravishda tirikchilik uchun yetarli miqdorda belgilanishi, albatta keyingi nafaqa xaqidagi qonuniyatlarda uning miqdorini oshirish imkoniyatini beradi.
40-Moddada «Xar bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish xuquqiga ega» deb belgilangan.
Ilgari qabul qilingan Konstitutsiyalarda bepul tibbiyot xizmatidan foydalaniladi deyilgan edi.Ammo unday tibbiyot xizmatidan bepul foydalanish imkoniyatlari yaratilmagani sababli bu qonun tibbiyot soxasini inqiroziy tanglikka olib keldi. Xozir belgilangan modda buyicha tibbiyot xizmati korxonalari tashkil etilishi va jumladan malakali tibbiyot xodimlari o`z shaxsiy davolash muassasalariga ega bo`lishi shu bilan esa davolash soxasida raqobat vujudga kelishi bilan Respublikamizda yashovchilar malakali tibbiyot xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladilar.