Bu Konstitutsiyaning IX bobi iqtisodiy va ijtimoiy xuquqlarni himoyasiga qaratilgan. 37-moddada «Xar bir shaxs qonunda ko`rsatilgan tartibda mehnat qilish, erkin kasb tanlash, odilona sharoitlarda mehnat qilish va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» deyilgan va uning davomida «Sud xukmi bilan tayinlangan jazoni o`tash tartibidan yoki qonunda ko`rsatilgan boshqa hollarda (xarbiy xizmat chog`ida, favkulotda holat sharoitida va xokazo) tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi «deyilishi avvalgi Konstitutsiyadagi takror umumiy jumlalar asosida berilgan va ishyoqmas, dangasa shaxslar uchun asosiy istexkom bazasi bo`lib xizmat qiladigan «barcha fukarolar ish bilan ta'minlanadi» degan qonundan tubdan fark qilishi ko`rinib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |