Ba'zi bir soxalarda zararli ish sharoiti bo`lgan joylar uchrab turadi. Mehnat qonuniyatiga asosan bunday joylarda ishlovchilar uchun ustama xaq to`lanadi yoki ish soati qisqartiriladi. Ish soatining qisqartirilishi natijasida ishchi zararli moddalar bo`lgan zonada kamroq bo`ladi va bu bilan kamroq zaxarlanadi. Zararli moddalar ajralishi mumkin sexlarda ishlovchi ish kunlarida 0,5 litr miqdorda sut yoki shunga yarasha boshqa extiyot chora sifatida maxsulotlarni oladi. Sut olish zarur bo`lgan kasblarni FZKU bilan kelishilgan xolda korxonaning raxbar xodimlari belgilaydi. Bunga O`zbekiston sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan ilmiy xulosalar asos qilib olinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |