O`qituvchi: O`quvchilar bugungi darsdan maqsadimiz algebraik kasrlar, kasrlar ustida asosiy amallarni bajarish va ularni qisqartirishni o`rganish, algebraik ifodalarni ko`paytuvchilarga ajratishning har xil yo`llarini egallash va ularni qo`llay olishga o`rgatishdan iborat edi. Darsimiz davomida yechilgan misollardan ayon bo`ldiki, ko`zlagan maqsadimizga erishdik.
Aziz o`quvchilar sizlardan albatta, kelajakda yurtimiz, vatanimiz ravnaqi yo`lida o`z bilimini ayamaydigan ajoyib tadbirkorlar, bank xodimlari va muhandislar chiqadi degan umiddaman.
Uyga vazifa: 458-misol va 456-misolning 1, 3 lari.
Dars so`ngida o`quvchilar baholandi va baholar kundalikka qo`yildi.
Sana : ______
Fan : Algebra
Sinf : ______
Mavzu: Algebraik kasr. Kasrlarni qisqartirish.
Darsning shiori:
A`lo mamlakatning a`lo farzandi.
Bilib qo`yki seni Vatan kutadi.
(G`. G`ulom)
Darsning maqsadi:
Tarbiyaviy: O`quvchilarni o`zaro hamkorlik, hurmat, faollik, ishchanlik, tartiblilik va madaniyatlilikka o`rgatish;
Ta`limiy maqsad: Algebraik kasr. Kasrlar ustida asosiy amallarni, bajarish va ularni qisqartirishni o`rgatish, algebraik ifodalarni ko`paytuvchilarga ajratishning har xil yo`llarini egallash va ularni qo`llay olish to`g`risida bilim, ko`nikma, malaka hosil qilish;
Rivojlantiruvchi: Tafakkur, xotira, idrok mashqi qiziqishini rivojlantirish, muloqot madaniyatiga o`rgatish;
Kasbga yo`llovchi: Tadbirkor, vositachi, hisobchi kasblarining ayrim qirralari bilan tanishtirish;
Milliy va mafkuraviy : Milliy qadriyatlar , san`at, ulug` mutafakkirlarni matematika rivojiga qo`shgan hissalaridan g`ururlanish, vatanni sevish va o`z yurtidan g`ururlanish tuyg`usini shakllantirishdan iborat.
Dars jihozi: Darslik , dars uchun zarur ko`rgazmali qurollar, testlar, tarqatma materiallar, kompyuter, plakatlar, doska, bo`r.
Dars usuli: Interfaol.
Dars tipi: Yangi bilim va tushunchalarni hosil qilish.
Darsning bosqichlari va vaqt taqsimoti:
1
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
2
|
Yangi mavzuni yoritish
a) Tayyorgarlik
b) Guruglarda ishlash
d) Xulosa
|
15 daqiqa
10 daqiqa
3 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
4
|
Darsga yakun yasash va baholash
|
3 daqiqa
|
5
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashish. Davomatni tekshirish. Zarur va ko`rgazmali qurollarni va jihozlarni darsga hozirlash. O`quvchilarni guruhlarga ajratish.
O`tilganlarni takrorlash va yangi mavzuga hozirlik ko`rish.
O`qituvchi: O`quvchilar har bir guruhga o`tilgan mavzu yuzasidan savol beraman, bir o`quvchi og`zaki ta`rifni aytadi, guruhdagi qolgan o`quvchilar esa misol yozadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |