FALSAFA VA TIBBIYOT DIALEKTIKASI.
Xolboyev Voxid BS fakulteti 2-bosqich talabasi
Ushbu maqola tibbiyot — kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmuining kelib chiqishi tarixi, falsafa va tibbiyot fanining birgalikdagi ahamiyati haqida.
Kirish: Zamonaviy Tibbiyotning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichi koʻhna tarixning turli davrlaridagi dunyoqarashlarni oʻz ichiga oladi. Maʼlumki, turli kasalliklar, ularni davolash va oldini olish haqidagi bilimlar asosi qadimdan kishilarning tajriba va kuzatishlariga bogʻliq boʻlgan.
Tibbiyotning xalq tabobatidan mustaqil fan darajasiga koʻtarilishida qad. Misr, Bobil tibbiyoti, Gippokrat va Lmenning muhim oʻrni bor. Gippokrat kasalliklarni aniklash, bemorning hayoti va faoliyatiga tashqi muhitning taʼsirini oʻrganish, xastalikning kelib chiqish sabablarini topish va davolashda bemor organizmining oʻziga xos xususiyatlarini bilish kabi masalalar bilan shugʻullangan. Galen esa birinchi boʻlib organizmdagi aʼzo va sistemalarning tuzilishi hamda funksiyalarini, asosan, hayvonlar (maymunlar) organizmida tajriba qilib oʻrgangan. Uning anatomiya va fiziologiyaga doyr asarlari to 16-asrgacha Tibbiyotning asosi boʻlib xizmat qildi.
Oʻrta Osiyo va umuman Sharqda tabobat ayniqsa, rivoj topdi. Shu davrda yunon, sanskrit va boshqa qad. Sharq tillarida yozilgan tibbiyotga doyr asarlarning koʻpchiligi, jumladan, Aristotel, Dioskorid va Galenning dorishunoslikka oid asarlari suryoniy va arab tillariga tarjima qilindi. Galenning "Qivo aladviya al mufrada" ("Sodda dorilarning quvvatlari") va Badigʻursning "AlAbdal aladviya al mufrada" ("Sodda dorilarning oʻrniga oʻtuvchilar") kabi kitoblari ilk bor mashhur tabib va tarjimon Hunayn ibn Ishoq alIbodiy (809— 877) tomonidan tarjima qilindi. Sharqda Abu Hanifa adDinavoriy (815 yil tugʻilgan) "Kitob finnabot" ("Oʻsimliklar qaqida kitob")ni yaratib, unda 482 xil oʻsimlikning dorilik xususiyatlarini bayon etdi. Abu Rayhon Beruniyning "Kitob assaydana fittib" ("Tibbiyotda dorishunoslik") asari oʻsha davr Tibbiyotining eng katta yutugʻi hisoblanib, Oʻrta Osiyoda dorishunoslik ilmi — saydanaga asos boʻldi. Abu BakrarRoziyning tabobat sohasidagi asarlari umuman jahon tibbiyotining rivojlanishi, boyishida gʻoyat ulkan ahamiyat kasb etdi. Olimning tibbiyot ensiklopediyasi xisoblangan 25 jildli "AlJomiʼ alkabir va qad urifa bilHoviy" ("AlHoviy nomi bilan tanilgan katta toʻplam") asari shu davrgacha Gʻarb va Sharq Tibbiyotida qadrli boʻlib keldi; 10 jildli "Tabobat kitobi" hamda "Chechak va qizamiq haqida"gi kitobi ham Tibbiyotda mashhur edi.Oʻrta asrda Abu Ali ibn Sino Tibbiyotning rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi. Uning "al Qonun fittib" (qarang "Tib qonunlari") asari asrlar osha jahon tabobatida asosiy qoʻllanma boʻlib keldi. Bu asar Tibbiyotning asosiy sohalari: anatomiya, fiziologiya, patologiya, terapiya, dorishunoslik, gigiyena va boshqalarni qamrab olgan. Isitma, oʻlat, chechak, qizamiq kabi yuqumli kasalliklarni qandaydir koʻzga koʻrinmas jonivorlar qoʻzgʻatishi toʻgʻrisida fikr yuritgan. U buyrak toshlarini operatsiya qilib olib tashlash, traxeotomiya qilish, jarohatlarni davolash usullari haqida yozadi. Ibn Sinoning bizgacha yetib kelgan eng muhim asarlaridan yana biri "alAdviya alqalbiya" ("Yurak dorilari")dir. Unda olim yurak kasalligida qoʻllanadigan (oʻzi topgan) dorilar haqida yozadi.Taniqli tabib Abu Mansur tibga oid "Majmuʼayi kabir dar adviyat mufrada" ("Sodda dorilar haqida katta toʻplam"), "Risola dar iloji amrozi sadr" ("Koʻkrak kasalliklarining davosi haqida risola"), "Kitob gʻuno va muno" ("Maqsadlarni mukammal bayon qilgan kitob") kabi asarlar yozgan. Bularda ichki kasalliklar, teri kasalliklari, isitmabezgak kasalligi, ularga qarshi dorilar va davolash usullari bayon etilgan. Sharafutdin Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Iloqiy ham kasalliklarning kelib chiqishi, sabablari, belgilari, ularni aniklash va davolashga oid koʻp bilimlar sohibi boʻlgan.Yevropada Uygʻonish davrida Tibbiyot yangidan ravnaq topdi. Xirurgiyada, ayniqsa, jarohatlarni davolashda yangi usullar joriy qilindi. Anatomiyaning asoschisi A. Vezaliy murdani yorib tekshirish bilan odam organizmining tuzilishi va organlar faoliyatini ilmiy jihatdan aniq asoslab berdi. Ingliz vrachi V. Garvey qon aylanish sistemasi haqida asar yaratib, Tibbiyotda yangi boʻlim — fiziologiyaga poydevor qoʻydi. Fizikaning taraqqiyoti natijasida bu davrda mikroskop kashf etiddi va undan Tibbiyotda foydalanila boshlandi. Gollandiyalik olim Antoni Levenguk tomonidan mikroskopiyaning rivojlantirilishi mikrobiologiya sohasining shakllanishiga sabab boʻldi.19-asrning 2 yarmida mikrobiologiya sohasida bir qancha yangiliklar yaratildi. Epidemik kasalliklardan vabo, oʻlatnit qoʻzgʻatuvchilari va kasallik epidemiologiyasi oʻrganildi, chechak mikrobi aniklandi va unga karshi vaksina tayyorlandi (E. Jenner). Mahoratli vrachlar yordamida butun dunyoda chechakka qarshi emlash rasm boʻldi. Shu davrda Yevropada bezgak, toshmali terlama (toshmali tif), qaytalama terlama va boshqa yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroblar topildi. I.I. Mechnikov immunitet haqidagi taʼlimotni yaratdi. Mikrobiologik kashfiyotlar asosida gigiyena fani shakllandi va yuksala bordi. Oʻsha davrda Rossiya va boshqa davlatlarda tashqi muhitning — havo, suv va tuproqning inson organizmiga, shuningdek, ijtimoiy omillar — mehnat, turmush tarzi va ovqatlanish sharoitlarining ishchilar sogʻligʻiga taʼsirini oʻrganish tufayli ijtimoiy gigiyena muammosi ilmiy asoslab berildi.Umuman bu davrda eksperimental Tibbiyot tobora rivojlanib bordi, fransuz olimi K. Bernar va rus patofiziologi V.V. Pashutinning bu borada olib borgan ilmiy ishlari umumiy patologiya (keyinchalik A. A. Bogomolets va S.S. Xalatov asoslagan patologik fiziologiya)ning fan sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Anatomiya va topografik anatomiyalarni chuqur oʻrganish xirurgiyada operatsiyalarning muvaffaqiyatini taʼminladi.
Xulosa:Falsafa va tibbiyot - ilm-fan, o'rganish bilan chambarchas bog'liq mavzu, odam. ruhi, aqli, oldingi harakatlar - falsafiy tadqiqot maqsadi. Tibbiyot - yana aniq fan, sezilarli darajada inson kasallik davolash uchun mo'ljallangan .Faylasuflar, o'z navbatida, kasalliklarning asl manbalarini aniqlash uchun izlab, tibbiyot sohasini rivojlantirishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |