Falsafa va fanning o'zaro mutanosibligi va farqi



Download 39,68 Kb.
bet5/11
Sana14.01.2022
Hajmi39,68 Kb.
#360932
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
FALSAFA VA FANNING O'ZARO MUTANOSIBLIGI VA FARQI

Muayyan ilmiy fanlar, masalan, fizika, kimyo, biologiya, tarix, matematikani ifodalash uchun ««fan» tushunchasiga torroq, binobarin, izchilroq ma’no yuklanadi. Bu erda fanga aniq ta’rif berilgan, olim esa tor mutaxassis, muayyan bilim ifodachisi hisoblanadi. U shunchaki olim emas, balki doim va albatta yo fizik, yo ximik, yo tarixchi, yo boshqa fan vakilidir. Ayni holda fan muqarrar tarzda tabiat, jamiyat, tafakkurning u yoki bu ob’ekti (hodisasi) haqidagi ilmiy bilimlarning qat’iy tartibga solingan, izchil tizimidan tashkil topadi.

Bunday fanlarning har biri faqat ularning o’zigagina xos bo’lgan maxsus qonunlar va metodlarga, mazkur fan uchun yagona bo’lgan til, kategoriyalar apparati va hokazolarga ega bo’ladiki, bu yuz bergan jarayonlarni to’g’ri tavsiflash va tushuntirish, hozirgi davrni to’g’ri tushunish va bilimlarning tegishli sohasida albatta yuz beradigan yoki muayyan sharoitda yuz berishi mumkin bo’lgan voqealar yoki jarayonlarni ma’lum darajada aniq bashorat qilish imkonini beradi. U yoki bu fanning mazmuni ham, u erishgan natijalar ham barcha madaniyatlar va xalqlar uchun yagona bo’lib, ayrim olimning yondashuvi, nuqtai nazari yoki dunyoqarashiga mutlaqo bog’liq emas. Ular mazkur sohada olg’a siljish uchun o’zlashtirish lozim bo’lgan, vaqt va amaliyot sinovidan o’tgan bilimlar yig’indisi sifatida avloddan-avlodga o’tadi.



Falsafada esa qadimda donishmandlik muxlislarining son-sanoqsiz savollariga tajriba yo’li bilan olingan ba’zi bir oqilona javoblar mavjud bo’lgan. Bu javoblarni haqqoniy, ya’ni amaliyot sinovidan o’tgan, kundalik hayotda o’z tasdig’ini topgan, aniq bilim deb nomlash mumkin. Bunday javoblar masala ««yopilishi», kun tartibidan chiqarilishiga sabab bo’lgan, boshqacha aytganda, aniq ta’riflangan va boshqa javoblarni istisno etgan.

Agar bizning quyoshimiz o’rtacha kattalikdagi yulduz bo’lsa, unga o’xshagan milliardlab yulduzlarning hech bo’lmasa ayrimlari bizning Erimizdagiga o’xshash hayot mavjud bo’lgan yo’ldoshlarga ega bo’lishi mumkinmi? Inson hatto eng yaqin yulduzlarga etishi uchun nafaqat inson hayoti, balki uning sivilizasiyasi tarixidan ham ko’proq vaqt talab etilar ekan, buni qanday qilib isbotlash yoki rad etish mumkin? Nihoyat, biz kuzata oladigan olam kengayib borayotgan bo’lsa, bu harakat zamirida qanday sabablar va kuchlar yotadi? Bu va boshqa ko’pgina shunga o’xshash muammolar odamlarni falsafaga qayta va qayta murojaat etishga majbur qiladi, chunki fan hozircha bunday savollarga aniq javob berishga qodir emas. Aksildunyolar va aksilgravitasiya, qora materiya va qora energiya, boshqa makon va vaqt o’lchovlaridagi dunyolar haqidagi har xil falsafiy g’oyalarning mavjudligi ayni shu hol bilan izohlanadi.

Shunga qaramay, fan va falsafaning roliga baho berishda ayrim qarama-qarshiliklar mavjud. Xususan, ba’zi bir ilmiy va falsafiy davralarda fanning roli va ahamiyatini mutlaqlashtiruvchi yondashuv mavjud bo’lib, u “ijobiy”, “foydali” bilim sifatida fanni “mavhum” va “tajribaga asoslanmagan” falsafaga qarshi qo’yadi. Bunday qarashlar ssientistik deb, nazariy tafakkur yo’nalishi esa – ssientizm(lot. scientia va ingl. science – fan, bilim) deb ataladi. Csientizm fan texnika taraqqiyotining ijobiy jihatlarini mutlaqlashtiradi. Antissientizmfalsafiy bilishni ilmiy bilishdan ajratadi, uni ilmiy bilish bilan muvofiq emas, deb e’lon qiladi, u oqilonalikni kamsitadi va mistika, intuisiya, iroda va shu kabilarni mutlaqlashtiradi.

Falsafa va fanning umumiy jihatlari shundaki, ular:

-avvalo aqlga tayanadi va oqilona bilimni yaratishga harakat qiladi;

-o’rganilayotgan ob’ektlar va hodisalarning qonunlari va qonuniyatlarini aniqlashga qarab mo’ljal oladi;

-kategoriyalar apparatini (o’z tilini) yaratadi, o’zlari ilgari surgan qoidalarni asoslaydi, ularga dalil-isbot keltiradi va yaxlit tizimlarni yaratishga harakat qiladi.



Falsafa va fan o’rtasidagi farq shunda namoyon bo’ladiki:

falsafa doim u yoki bu faylasuf nomi bilan bog’lanadi, bunda uning g’oyalari, asarlari bo’lishi va ularga boshqa faylasuflar qo’shilishi yoki qo’shilmasligiga bog’liq bo’lmasligi mumkin. Fan esa, mohiyat e’tibori bilan, jamoa mehnati mahsulidir;

-falsafada (muayyan fanlardan farqli o’laroq) yagona til va yagona

tizim mavjud emas. Bu erda fikrlar rang-barangligi me’yor sanaladi. Fanda esa monizm mulohaza suradi, chunki hech bo’lmasa fanning u yoki bu muayyan sohasidagi asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi (til)ga nisbatan yondashuvlar birligi albatta mavjud bo’ladi;

-falsafa ilmiy bilimlar va dalillardan keng foydalanadi, biroq uning uzil-kesil xulosalari ishonchli deb hisoblanishi mumkin emas, zero ular asosan faylasuflarning sub’ektiv fikrlari va mulohazalariga asoslanadi. Fan esa mohiyat e’tibori bilan isbotlangan va sinashta bilimlar olishga harakat qiladi, bunda olingan bilimlarni tekshirish yoki rad etish imkoniyatining mavjudligi bu bilimlar haqiqiyligi va ilmiy jihatdan asosliligining muqarrar sharti hisoblanadi;

-falsafiy bilimlarni tajribada sinash mumkin emas (aks holda ular ilmiy bilimlarga aylanadi);

-falsafa aniq prognoz bera olmaydi, ya’ni u ishonchli bilimlarni kelajakka tatbiq etishga qodir emas, zero unda bunday bilimlar yo’q. Ayrim faylasuf falsafiy qarashlarning muayyan tizimi yordamida faqat bashorat qilishi mumkin, lekin u olim kabi prognoz qilish yoki modellashtirishga qodir emas.

Falsafaga milliylik xos, fan esa jamoa mehnati mahsuli sifatida dunyoviy ahamiyatga ega.




Download 39,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish