«fаlsаfа» modulidan oʼquv-uslubiy mаjmuа


Subʼektiv idealizm vakillari



Download 481,06 Kb.
bet28/153
Sana13.11.2022
Hajmi481,06 Kb.
#864845
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   153
Bog'liq
FAlsafa UMK 2022-yil 11 ta mavzu\' LOTINCHASI

Subʼektiv idealizm vakillari (Berkli, Yum, Max va boshqalar) makon va vaqtga individual ong shakllari sifatida yondashadi. Xususan, D.Yum (1711-1776) uchun ular faqat idrokda mavjuddir. Falsafadagi butun subʼektiv-idealistik yoʼnalish uchun makon va vaqt – tasavvurlarning joylashuv usuli, binobarin, ular oʼz kelib chiqishining psixologik manbaiga ega. Berklidan Maxga qadar makon va vaqt - sezgilarning tartibga solingan qatorlari shakllaridir, degan yondashuvni asoslovchi dalillar majmui amal qildi. Ingliz faylasufi Pirson fikriga koʼra, makon va vaqt amalda mavjud emas, ular narsalarni idrok etishning subʼektiv usuli, xolos. Makon – narsalarni idrok etish tartibi yoki kategoriyasi boʼlsa, vaqt voqealarni idrok etish kategoriyasidir. А.А.Bogdanov makon va vaqtni tashkil etuvchi va uygʼunlashtiruvchi inson tafakkuri mahsuli deb hisoblaydi. I.Kant (1724-1804) ham makon va vaqtga subʼektiv deb qaraydi, ammo ularni aprior, yaʼni insonga tajribaga qadar berilgan hissiy mushohada shakllari sifatida tushunadi. I.Kant makon va vaqtni inson hissiyoti shakli – kuzatish shakli sifatida talqin qiladi. Unga koʼra, aynan dunyoni bilishga harakat qilayotgan subʼekt oʼziga berilgan dunyoning muayyan makon va vaqtdagi shakl-shamoyilini yaratadi.
Materialistik yondashuv makon va vaqtni ongdan tashqarida va undan qatʼiy nazar mavjud deb hisoblaydi, yaʼni ular mavjudligining obʼektiv xususiyatini qayd etadi. Mazkur yondashuv asosan tabiatshunoslikning I.Nyuton (1643-1727) va А.Eynshteyn (1879-1955) kabi atoqli namoyandalari ilgari surgan gʼoyalarga tayanadi.
Makon va vaqt tabiati haqidagi metafizik yondashuvlarni rad etuvchi tabiiy ilmiy dalillar XIX asr oxirida fizikada elektromagnit nazariyasi yuzaga kelishi bilan shakllana boshladi. Uning rivojlanishi faylasuflarni boʼshliq haqidagi tasavvurlardan voz kechishga majbur qildi. Dastlab u “efir” toʼgʼrisidagi gʼoya bilan almashtirildi. efir hamma joyda toʼliq, lekin mutlaq va hech narsaga bogʼliq boʼlmagan makonning shakli vazifasini bajardi. Keyinchalik bu tasavvurlardan ham voz kechildi.

Download 481,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish