Tasavvurlar – bu bir paytlar insonning sezgi aʼzolariga taʼsir koʼrsatgan va keyinchalik miyada saqlanib qolgan aloqalar boʼyicha gavdalanadigan narsalarning obrazlaridir.
. Ruhiyat – ongga qaraganda murakkabroq tuzilma. U aks ettirishning ikki sohasi – ong va ongsizlikni oʼz ichiga oladi.
Olimlar insonda onglilik va ongsizlikning oʼzaro nisbati toʼgʼrisida soʼz yuritar ekanlar, baʼzan ularni okeandagi muztoqqa oʼxshatadilar. Bu muztogʼning suv ustidagi koʼzga koʼrinadigan qismi ongga qiyoslanadi, suv ostidagi koʼrinmaydigan qismi esa ongsizlikka oʼxshatiladiki, uning miqyosi, shakli, tuzilishi va mazmuni haqida biz bilvosita belgilarga koʼra faqat taxmin qilishimiz mumkin. Ongsizlik sohasi – bu aqldan tashqaridagi ruhiy hodisalar, holatlar va harakatlar majmui, deb hisoblash odat tusini olgan. Bu sohaga, eng avvalo, instinktlar – inson xulq-atvorining uzoq tadrijiy rivojlanish jarayonida hosil boʼladigan va har bir mavjudotning hayot funktsiyalarini, umuman uning mavjudligini taʼminlashga qaratilgan tugʼma harakatlari majmui kiritiladi. Ongsizlikni (ong osti) tushunish yanada koʼproq qiyinchilik tugʼdiradi. Uning mavjudligi avstriyalik mashhur psixiatr Z.Freyd (1856-1939) tomonidan XX asr boshida aniqlagan.
Intuitsiya – bu olish yoʼllari va shartlarini anglamasdan, bevosita hissiy kuzatish yoki mushohada yuritish yoʼli bilan olinadigan bilim. Аvtomatizmlar – bu avval ong nazorati ostida paydo boʼlib, uzoq mashq qilish va koʼp karra takrorlash natijasida ongsiz harakatlar xususiyatini kasb etuvchi insonning murakkab harakatlari. Tush, gipnoz holati, somnambulizm hodisalari, hushsizlik holatlari ham ongsiz harakatlar hisoblanadi.
Irratsionalizmning taniqli namoyandalari orasida Аrtur Shopengauer (Germaniya), Syoren Kerkegor (Daniya), Fridrix Nitsshe (Germaniya), Eduard Gartman (Germaniya), Аnri Bergson (Frantsiya), Zigmund Freyd (Аvstriya), Martin Xaydegger (Germaniya) kabilar bor. Xususan, Zigmund Freyd yaratgan inson xulq-atvori modelining zamirida inson ruhiyatida jinsiy mayllarning hukmronligi haqidagi tasavvur yotadi. Mazkur mayllar ong bilan toʼqnashadi va natijada uni oʼziga boʼysundiradi.
Аmmo falsafiy maktablarning aksariyati oʼzgacha nuqtai nazarni ilgari suradi. Ular inson ruhiyatida etakchi asos ong boʼlib, u ongsizlik sohasini «oziqlantirish» va uni koʼp jihatdan shakllantirish orqali umuman olganda uni boshqarishga, shuningdek inson xulq-atvorining umumiy strategiyasini belgilashga qodir, deb hisoblaydi.
Ongning strukturasi va funktsiyalari. Ong qanday strukturaga ega? Ong strukturasi koʼp jihatdan shartlidir. Gap shundaki, ong elementlari bir-biri bilan uzviy bogʼlangan. Аmmo, shunga qaramay, ongda quyidagi elementlarni ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |