Optimizm. Skuptitsizm. Аgnostittsizm. Bilish jarayoni rivojlanish qonuniyatlarining shakllari, haqiqatning tagiga etish imkoniyatlari nuqtai nazaridan oʼrganiladi. Uning har xil modellari, yondashuvlari mavjud.
Materialistik modellar zamirida dunyoning inson ongida aks etish tamoyillari: Demokritda – obrazlar (eydoslar), Yangi davr faylasuflarida – sensor signallari, Berklida – subʼektning sezgilari yotadi. Leybnitts bilishni ilohiylashtirilgan gʼoyaning inson tugʼma tushunchalariga taʼsiri deb hisoblagan. Gegel taklif qilgan modelning zamirida mutlaq gʼoyani anglash yotadi. Max, Аvenarius va boshqa subʼektiv idealistlarda (XIX asr oxiri – XX asr boshlari) bilish jarayoni – bu sezgilarning boʼsh va tejamli aloqasini amalga oshirishdir.
Gnoseologik relyativizm – borliq hodisalari va voqealarini bilish oʼzgaruvchanligi, oʼtkinchiligini mutlaqlashtiruvchi agnostitsizmning yoʼnalishlaridan biridir. Brelyativizm tarafdorlari dunyoda hamma narsa oʼtkinchi, haqiqiy Dunyoviy darajada ham, hattoki ilmiy darajada ham bizning olam hodisalari haqida olgan faqat shu paytdagi bilimlarimizni ifodalaydi, kecha haqiqat deb hisoblangan narsa bugun ishtiboh, xato sifatida tan olinadi: xuddi dori kabi, haqiqatning ham saqlanish muddati bor. Nisbiy mushohadalar bundan ham omonatroq. Bu ijtimoiy hayotda, axloq normalari va estetik didlarda ayniqsa yaqqol seziladi.
Bu yerda masalaning ikki tomonini: sezgilar manbasi nimaligi va ularning psixofiziologik mexanizmi qandayligini farqlash lozim.
Obrazning sifat jihatidan aniqligi predmetning sifat jihatidan aniqligini aks ettiradi. Jismning tebranishi yoki ayni shu elektromagnit nurlarni tarqatishi jism tuzilishi, uning harorati va boshqa xossalariga bogʼliq boʼladi. Masalan, har bir metall olovni oʼz rangiga boʼyaydi; har bir modda u yonayotgan gazga aylanganida oʼz rangini kasb etadi. Qor koʼzimizga oq boʼlib koʼringani uchun oq emas, balki u amalda oq boʼlgani uchun ham biz uni shunday koʼramiz. Mexanitsistlar va subʼektivistlarning narsa unga qarayotganimizdagina rangga va uni hidlayotganimizdagina hidga ega boʼladi, degan fikriga qoʼshilib boʼlmaydi. Koʼz oʼzining rang sezadigan apparati bilan oʼzi idrok etuvchi rang mavjud boʼlgani tufayli yuzaga kelgan va mavjud.
Idrok. Sezgi aʼzolariga bevosita taʼsir koʼrsatuvchi predmetlar, ularning xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi yaxlit obrazni idrok etish deb ataladi. Insonning idrok etishi narsalar, ularning xossalari va munosabatlarini tushunish va anglab etishni oʼz ichiga oladi. Bunda inson oʼzining har bir yangi taassurotini mavjud bilimlar tizimiga kiritadi. Sezish va idrok etish inson tashqi dunyoga amaliy taʼsir koʼrsatishi jarayonida, mehnatda, sezgi aʼzolari faol ishlashi natijasida amalga oshadi va rivojlanadi; masalan, harakatsiz koʼz narsalar rangini farqlashga qodir emas.
Organizmning makroskopik, yaxlit narsalar va jarayonlar olamida moʼljal olishga boʼlgan ehtiyoji bizning sezgi aʼzolarimizni shunday tashkil qilganki, biz narsalarni yaxlit holda idrok etamiz. Аks holda hamma narsa harakatlanayotgan zarralar, molekulalar pardasiga aylangan va biz narsalarlarning chegaralarini koʼrmagan boʼlur edik. Koʼrish aʼzosi organizm hayotida muhim rol oʼynaydigan borliqdagi yorugʼlik hodisalarini mumkin qadar yaxshiroq aks ettirish yoʼnalishida rivojlangan. Shu sababli koʼz tabiatda mavjud yorugʼlik taʼsirida yorugʼlikni qabul qilish, quloq - ovoz tebranishlarini farqlash uchun moslashgan va h.k. Sezgi aʼzolarining oʼziga xosligi, «fiziologik» idealistlar fikridan farqli, tashqi dunyoni toʼgʼri bilishga nafaqat monelik qilmaydi, balki, aksincha, narsalarning obʼektiv xossalari aniqroq va toʼliqroq aks etishini taʼminlaydi.
Xotira oʼtmish va hozirgi zamonni birlashtiradi, ularning bir-biriga oʼtishini taʼminlaydi. “Tovushlar va soʼzlar soni koʼpaygandan keyin, odamga uning xotirasi yordamga keladi... Yozuv ham xotira bilan birga inson imkoniyatlarini oshiradi”. Аgar obrazlar miyada unga predmet taʼsir koʼrsatgan paytda paydo boʼlib, bu taʼsir toʼxtaganidan keyin darhol gʼoyib boʼlganida, inson narsalarni har safar mutlaqo notanish narsalar sifatida qabul qilgan, u mazkur narsalarni tanimagan, demak, ularni anglamagan boʼlar edi. Biror narsani anglash uchun aqlning ishlashi – hozirgi holatni oldingi holat bilan taqqoslashi talab etiladi. Tashqi taʼsirlarning idrok etilishi va ularning vaqtda saqlanishi natijasida xotirada tasavvurlar uygʼonadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |