«fаlsаfа» modulidan oʼquv-uslubiy mаjmuа



Download 481,06 Kb.
bet101/153
Sana13.11.2022
Hajmi481,06 Kb.
#864845
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   153
Bog'liq
FAlsafa UMK 2022-yil 11 ta mavzu\' LOTINCHASI

Mifologik dunyoqarash - Ijtimoiy tarakkiyotning boshlangich boskichlariga xos bulib, dunyoni tushunishning oddiy usuli, xayoliy inʼikosidir.
Din - arabcha - ishonch, ishonmok demakdir. Borlikni yaratuvchi va boshkaruvchi, adolatning yuksak namunasi, moddiy olamga xos bulmagan va ayni vaktda barkamollikning oliy kurinishi sifatida tushuniluvchi oliy mavjudotga, yaʼni Xudoga nisbatan munosabat, tasavvur, urf-odat va marosimlar majmuidir.
Diniy dunyoqarash - Olamdagi vokea va xodisalar sabablarini iloxiy kuchlar, oldindan belgilangan maksadlar bilan boglab tushunishdir.
Takrorlash uchun savollar
1. «Falsafa» tushunchasining mohiyatini siz qanday tushunasiz?
2. Falsafaning bahs mavzusi nima?
3. Falsafa milliy boʼlishi mumkinmi?
4. Falsafaning umuminsoniyligi deganda nimani tushunasiz?
5. Dunyoqarash nima?
6. Falsafiy dunyoqarashning gʼoyaviy ildizlari nimalarda namoyon boʼladi?
Аdabiyotlar
1.Madaeva va b. Falsafa. –Toshkent: OʼzMU nashiryoti, 2019.
2.Q.Nazarov va b. Falsafa asoslari: o‘quv qollanma. - Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2018. - 380 b.
3.Falsafa. Аxmedova M. tahriri ostida. -Toshkent: Oʼzbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2006.
4.Izzetova E., Poʼlatova D. Filosofiya. -Toshkent: Sharqshunoslik, 2012. 340-b
2-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi
Reja:
1.Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo boʼlishi.
2.Ilk oʼrta asr Sharq falsafasi va uygʼonish davri.
3.Temuriylar davri falsafasi.
4.XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilgʼor falsafiy, ijtimoiy–siyosiy fikrlar.

Sharq qadimiy madaniyat oʼchogʼi va jahon sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz taʼriflanmagan. Gʼarb madaniyati tarixini oʼrganish jarayonida yevropatsentrizm nazariyasiga ogʼib ketish gʼayriilmiy boʼlgani kabi, masalaning Sharq bilan bogʼliq jihatini tahlil etganda ham osiyotsentrizm gʼoyalari taʼsiriga tushmaslik lozim.


Shu bilan birga, Sharqning oʼziga xosligi, unga mansub boʼlgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qoʼshilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan eʼtirof etiladi. Qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining Sharq sivilizatsiyasi quchogʼida voyaga etgani va uning qadriyatlarini oʼzida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan taʼsir koʼrsatganini doimo esda tutish darkor.
Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, koʼpgina mutaxassislar bizning Vatanimiz oʼtmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri boʼlgan Shumer davrlarini esga oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining oʼziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon boʼlishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat oʼchoqlari haqida maktab taʼlimi jarayonida «Eng qadimgi tarix» darsliklari orqali maʼlumot berilgan. Zukko talabalar oʼsha davrlarda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar boʼlganini yaxshi biladi. Biz bugun oʼsha davrlardagi falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-mulohazalari, oʼziga xos taʼlimotlarining asosiy tamoyillari bilan yaqinroq tanishmoqchimiz. Koʼhna Sharq sivilizatsiyasining beshiklaridan biri boʼlgan Misr, qadimgi zamonda ilk oʼtroq hayot va oʼziga xos dehqonchilik anʼanalari boshlangan Nil daryosi boʼylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi.
Qadimgi Misr va Bobil falsafasi. eramizdan avvalgi toʼrtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, yaʼni astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar birmuncha rivoj topgan. Tabiiy-ilmiy, diniy-falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi ikki yoʼnalishda borgan. Birinchi yoʼnalish olam haqidagi tasavvurlarning astronomiya, kosmologiya, riyoziyot fanlari rivoji bilan bogʼliq ekanini, ikkinchi yoʼnalish esa, bu tasavvurlarning mifologiya bilan bogʼliq boʼlganini koʼrsatadi.
Birinchi holda, asosan, tabiiy bilimlarga tayanilgan, kundalik hayotda duch kelinadigan voqea-hodisalar aniq dalillar asosida tahlil etilgan, oʼrganilgan, ulardan tegishli xulosalar chiqarilgan. Bu - oʼsha davr uchun tabiiy hol edi, yaʼni u - davrning inson ongida aks etishi, kundalik turmush hodisalarining oddiy bir tarzda ifodalanishi edi. Аynan ana shu hol tabiiy bilimlar rivojiga, garchand sodda tarzda boʼlsa-da, aksariyat hodisalarning falsafiy asosda izohlanishiga sabab boʼlgan.
Ikkinchi holatda esa, hali tabiat kuchlarining qarshisida nihoyatda ojiz boʼlgan odamzod, albatta, tevarak atrofdagi voqea-hodisalarni mifologik izohlashi tabiiy bir hol edi. Shu bilan birga, odamning mavjudlik xossalarini va olam qonuniyatlarini ilmiy tushunish koʼnikmasi hali shakllanib ulgurmagan oʼsha qadim zamonlarda, afsona hamda rivoyatlarga asoslanib fikr yuritmaslikning imkoni ham yoʼq edi. Bu - oʼsha davrlardan qolgan yozma manbalarda, xususan, «Xoʼjayinning oʼz quli bilan hayotining mazmuni haqida suhbati», «Аrfist qoʼshigʼi», «Oʼz hayotidan hafsalasi pir boʼlgan kishining oʼz joni bilan suhbati» kabi bitiklarda yaqqol namoyon boʼlgan. ularda hayotning, umrning mazmuni, oʼsha davrdagi odamlarga xos tuygʼular bayon qilingan.

Download 481,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish