Falsafa matbua Ahmedova umumiy tahriri ostida



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana27.11.2019
Hajmi1 Mb.
#27353
1   2   3   4
Bog'liq
Xan V. S. Falsafa mavzusi tuzilishi vazi


"VO  UHliSiliHr 

*

i



i

i

\



 





J 



muammosi va boshqalar)ga munosabat, usul, mavzu asosi,

klassik meros va boshqalarga munosabat bo'yicha guruhlashtirish mumkin.

Falsafiy yo'nalishlar dunyo ibtidosining tabiati to ‘g‘risidagi masalada u 

moddiy yoki g'oyaviy yagona substansiya — 

rnonizm, teng huquqli mustaqil 

(moddiy va ruhiy) -  



dualism, ko‘pchilik substansiyalardan iborat plyuralizm 

deb e’tirof etiladiganlarga bo'linadi. Falsafa tarixida dualizmning eng tnashhur 

vakili fransuz faylasufi R.Dekart (1596-1650), plyuralizmniki nemis faylasufi 

G  Lcybnits (1646  -1716)  bo'lgan.

Monizm falsafa tarixida ikki:  materialistik va idealistik shaklda mavjud. 



M aterializm   ruhiy  ibtidoga  qadar  ham  va  unga  bog'liq  bo‘lmagan  holda 

mavjud bo'lgan tabiat,  moddiy substansiya  birlamchiligidan kelib  chiqadi. 

Materializmning o'zi turli xususiy tarixiy shakl va oqimlaiga bo'linadi: qadimgi, 

hamma narsa tabiiy “unsurlar”dan biri, ya’ni suv (Fales), havo (Anaksimen), 

olov (Geraklit) yoxud ularning qatori suv, havo, olov va tuproq (chorvaklaming 

qadimgi  hind  maktabi,  Empedokl),  suv,  havo,  olov,  tuproq  va  metallga 

(qadimgi Xitoy falsafasida) asoslangan deb tushunuvchi 

oddiym aterializm , 

Yangi davr 



m etafizik m aterializm i (Gobbs, Lokk); antropologik materializm 

(L.  Feyerbax,  N.  Chemishevskiy); 



dialektik  m aterializm   (K.  Marks,  F. 

Engels); 



ilm iy m aterializm  (G.  Feygl, J.  Smart);  em erjentistik materializm

22


(J.  Margolis,  M.Bunge)  va  hokazolar.  Izchil  materializm  (materialistik 

monizm),  materializmning  u  yoki  bu  shaklda  ilohiv  turtki  — 



deizm  yoki 

tabiat  bilan  Olloh  avnan  bir  — 



panteizm   degan  g‘oyani  ilgari  suruvchi 

shakllar to‘g‘risida ham gapirish mumkin.



Idealizm  ruh va ong birlamchiligidan,  shaxsiy ong (subyektiv idealizm ) 

yoki  shaxsdan  tashqari  ruhning  mutlaq  g'oyaligi 



(obyektiv idealizm )dan 

kelib chiqadi.  Xitoy faylasufl 



Van  Yan-M in (1472-1528),  ingliz yepiskopi 

D.  B erkti(1685—1753),  “esse-percipl”  (lat. mavjud bo‘lmoq — demak, idrok 

ailinadi) prinsipini ilgari surgan nemis faylasufl 



I.F ixte( 1762—1814) subyektiv 

idealizmning yirik namoyandalari edilar.  Empiriokrititsizm, neopozitivizm. 

neokantchilik  va  boshqa  qator  falsafiy  maktablar  subyektiv  idealizm 

prinsiplariga asoslangan. Qadimgi hind faisafasidagi 



braxmanizm va  vedantizm

yunon faylasufl Aflotun (eramizdan awalgi 427-347-villar), xitoy faylasufl 



Chju 5/(1130-1200), nemis faylasuflari  Shelling(1775—1854),  G e g e l(\ll§ - 

1831),  neotomizm  kabilarning falsafiy tizimlari 



obyektiv idealizm gz  man- 

subdir.


Agar dunyoni bilish mumkinligi to‘g‘risidagi masalani oladigan bo‘lsak, 

undagi faylasuflar haqiqiv bilimga erishish mumkinligini e'tirof etuvchi va 

uni inkor qiluvchilarga bo‘linadi. Uni inkor qiluvchilar vo‘nalishi 

agnostitsizm 

degan  nom  oldi  va  D.Yum  (1711-1776)  hamda  I.Kant  (1724—1804)  bu 

yo‘nalishning taniqli vakillaridir. .Agnostitsizm clementlari hozirgi tizimlar 

(neopozitivizm,  kritik  realizm)da  ham   uchraydi.  Haqiqatga  erishish 

mumkinligini e'tirof etuvchilar orasida bilish (

sensuaUzm), idrok (.ratsionalizm). 

diniv vahiy yoki  soTiv  his  qilish 



(irratsionalizm )  kabi yo‘nalishlami  ham 

ajratish  mumkin.  Sensualizm va ratsionalizmning  ham materialistik,  ham 

idealistik shakllari mavjud.

Falsafiy vo‘nalishlami bilish usullariga ko‘ra, 



empirizm,  ratsionalizm  va 

irratsionalizmga bo‘lish mumkin.

Dialektika (tafakkur metodini narsa va hodisalami o‘zaro bogiiqlikda va 

rivojlanishda deb qarovchi)yoki 

metafizika (tafakkur metodini narsa va hodisalar 

umumiv bog'liqlikdan tashqarida,  o‘z-o‘zidan sifat jihatidan rivojlanmaydi 

deb qarovchi) mavqeiga ega faylasuflar ham farqlanadi.

Falsafiy yo‘nalishlar asosiy mavzusi bo‘yicha nisbatan tor ixtisoslashishga, 

masalan, gnoseologiva, antropologiya, aksiologiya,  ontologiya muammolari 

kabilarga mo‘ljallangan oqim va maktablarga bo‘linadi.  Masalan, “lingvistik 

falsafa" tabiiy tilni tahlil qilishga (J.Ostin, J.Uizdom,  P.Stroson).  “texnika 

falsafasi” hozirgi dunyodagi texnika fenomeniga (AXuning,  F.Rapp),  “istoH- 

tsizm” maktabi esa (V.  Diltey,  R.  Kollingvud) tarixiy bilim muammolariga 

yo‘naltirilgan va hokazolar.

Falsafiy vo‘na!ish!ar klassik merosga munosabat bo‘yieha ilgarigi klassik

23


tizim g‘oyalarini tiklab,  rivojlantirishga yo'naltirilgan 

neoklassik oqim (ne- 

okantchihk, neotomizm, neogegelchilik va boshqalar), ulami to'liq qaytadan 

ko‘rib chiqish va ulami rad etishga asoslangan 

antiklassikoqim (pozitivizm, 

nitsshcanchilik, tasawuf) va tanqidni sintezlash va klassik meros an’analarini 

davom  ettirishga yo‘naltirilgan 

neoklassik oqim (marksi/m, ekzistensializm 

va boshqalar)ga bo‘linadi.



2-§.  Falsafiy  bilish  metodlari

Falsafaning asosiy metodi (vositasi) 



nazariy tafakkurhisoblanadi.  Falsafa 

na kimyoviy reaktivlarga,  na  mikroskop,  na  teleskop,  na boshqa  biror bir 

texnikaga  ega  emas;  uning  asosiy  quroli  -   abstraksiya  kuchidir.  Falsafiy 

bilishda qo'llanadigan vositalaming o‘ziga xosligi ham shu holat bilan bog‘liq.

Falsafa  Yangi  davrga  qadar  o‘zining  asosiy  maqsadi  hisoblangan  keng 

nazariy  xulosalari,  umumlashtirishlari  uehun  yetarlicha  faktologik  va 

eksperimental  bazaga1  ega  emas  edi.  Shu  bois  falsafada  naqd  tajriba 

ma’lumotlarisiz tafakkurlashga imkon beruvchi nazariy fikr yuritishning asosiy 

usuli 

mushohada  bo‘lib  qolgan  edi.  Empirik  bazasining  sayozligi  tufayli 

falsafiy mushohada ko‘pincha kuzatish va eksperimentning ilmiy aniqlangan 

dalillari  bilan  bog‘liq  bo'lmagan  mantiqiy  tuzilishga  asoslangan.  Falsafiy 

mushohada doirasida 



fikriy eksperiment,  ckstrapolyatsiya, idealizatsiya kabi 

usullar rivojlandi.  Mushohada vositasida  moddaning  atom  va  molekulyar 

tuzilishi va uning o‘zidan o‘zi rivojlanishi to‘g‘risida muhim farazlar shakllandi.

Falsafiy  bilishning  boshqa  vositasi  —  intuitsiyadir.  Uning  bilishdagi 

ahamiyatini Xitoy mutafakkiri 

Van  Yanmin, fransuz faylasufi A. Bergson va 

boshqalar  ta ’kidlagan.  M antiqiy  tuzilish  hali  o‘z-o‘zidan  kashfiyotni 

ta’minlamaydi.  Shunga bog‘lab,  taniqli kanadalik faylasuf M.Bunge yozgan 

edi:  “Faqat  bitta  grammatikaning  o‘zi  hech  kimni  poyema,  garmonika 

nazariyasi esa simfoniya yaratishga ilhomlantirmaganidek, mantiqning o'zigina 

hech kimni yangi g‘oyaga olib kela olmaydi.  Mantiq, grammatika va musiqa 

nazariyasi bizga formal xatoliklar va muvofiq fikrlami topish imkonini beradi, 

biroq ular bizni “tub mohiyat” (“substansiya”)  porloq g'oyalar, yangi nuqtayi 

nazar bilan ta’minlamaydi”2.  Bunday g‘oya va nuqtayi nazarlami intuitsiya 

orqali  hosil  qilish  mumkin.

Falsafiy bilishning  muhim  vositasi  bo'lib, 

interpretatsiya (talqin,  sharh- 

lash) hisoblanadi.  Falsafa muayyan fanlardan farq qiUb, u bevosita narsalar, 

tuproq, o'simlik, inson organizmi yoki yulduzl^r bilan bog‘liq emas.  U narsalar

1.  Birinchi  rivojlangan  tabiiy  ilmiy  fan  (mexanika)  faqatgina  XVII  asrda  vujudga  kelgan. 

Boshqa  tabiiy  va  ijtimoiy  fanlarning  shakllanishi  XVIH—XIX  asrlarga  to'g'ri  keladi.

2.  Бунге  М.  Интуиция  и  наука.  М.,  1967.  С.  109.  Пер.  с  англ.

24


va narsalar to ‘g‘risidagi bilim,  talqin qilinadigan bilim bilan ish ko'radi.  Ay­

nan interpretatsiya — matnni boshqacha o‘qish, m a’noni boshqacha tasawur 

qilish, boshqacha so'roqlash -  falsafiy  g‘oya va kashfiyotlaming asosi hisoblanadi.

3-bob.  FA L SA F A N IN G   JAMIYATDAGI  0 ‘RNI

l-§.  Falsafa  madaniyat  tizimida

Falsafa  va  fan 

Falsafa va 

aniqfanlaro'zmmg dastlabki qadamlaridanoq 

bir-biriga chambarchas bog‘liqbo‘lib kelgan. Qadimgi jami- 

vatlarda  diniy-mifologik  (afsonaviy)  tasawurlar,  falsafiy g'oyalar va empirik 

ilmiy  bilimlar  bir-biridan  ajratilmagan,  sinkret  (qorishgan  holda)  yagona, 

birini boshqasidan ajratib bo'lmaydigan darajada edi.  Keyinchalik rivojlanish 

mobaynida  falsafa va  fan  hali  talaygina umumiylikni  saqlagan  holda  o'ziga 

xos xususiyatlarga  ega bo'la boshlaydi.

Fan o‘zining yetuk shakliga sanoat revolyntsiyasi davridan erisha boshlaydi, 

ba’zi  ilmiy  fanlar  esa  faqat  XIX-XX  asrlardangina  shakllana  boshladi.  Shu 

sababli, ko'pgina zamonaviy ilmiy g'oyalar o'zining dastlabki shaklida falsafiy 

qarashlar  ta’sirida  ishlab  chiqilgan.  Bu,  masalan,  atom,  Quyosh  tizimining 

tabiiy kelib chiqishi, sinergetika va boshqalar to‘g‘risidagi g'oyalarga tegishli.

Falsafa doirasida ilmiy bilishda qo'llaniladigan mantiqiy-metodologik vosita 

ishlab chiqildi. 



Arastu, Fornbiy, Ibn Sino, Bekon, Dekart,  Leybnits,  Gegel  kabi- 

lar mantiq qonunlari, induktiv, deduktiv, dialektik va boshqa metodlami bevosita 

ishlab  chiqqan  faylasuflardir.  Xususan,  dialektik  metod  eng  ilg'or  zamonaviy 

ilmiy fanlardan biri — 



sineigctikailing ko‘pgina qoidalarida o‘z aksini topdi.

Falsafa fanga nisbatan munosabatda faqat metodologik funksiyani bajarib 

qolmaydi. U dunyoqarash bo'lgani holda u yoki bu ilmiy g'oyaning shakllanishi 

(yoki to‘xtatish)ga ta’sir ko'rsatgan.  Masalan, Yevropa o‘rta asr davrida falsafa 

ilohiyotga bo‘ysungani holda, har qanday fikrga arastucha—xristiancha talqini 

nuqtayi nazaridan qarab, ilmiy fikming erkin rivojlanishini to*sib qo'ygan.

0 ‘z  navbatida,  falsafa  ham  aniq  fanlarning  kuchli  ta’siriga  uchragan  va 

uchramoqda.  Agar ilgari atrof-muhit to'g'risidagi ko'pgina g'oyalar,  odatda, 

mushohada-spekulyativ (quruq mulohazaga asoslangan)  shaklda naturfalsafa 

asosida vujudga kelgan bo'lsa, fanning rivojlanishi davomida empirik ma’lumotlar 

va  tabiiy  ilmiy-nazariy  xulosalaming  to'planishi  tufayli  fan  mushohadaviy 

mulohazalar va  quruq mulohazalartlan  qutulibgina  qolmay,  balki  o'zi  ham 

falsafaga ta’sir o'tkaza boshladi.  Falsafa fan doirasida olingan dalillami inobatga 

olmasligi mumkin emas.  Bundan tashqari,  falsafaning o'zi u yoki bu davrda 

tabiatshunoslikning u yoki bu ideallarini ko'zda tutadi.  Masalan, XVII—XVIII

25


asrlarda mexanikaning yetakchi ilmiy fan sifatida shakllanishi mazkur davrda 

Yevropa falsafasining 



m cxanistik shakliga sabab boidi.  Deyarli barcha,  hat- 

toki inson va jamiyatda yuz berayotgan jarayonlar ham mexanika qonunlari 

asosida  sharhlandi.  Bugungi  kunda  falsafa  o‘z  g’oyalarini  tabiat  va jamiyat 

to‘g‘risidagi fanlarda kechayotgan jarayonlarsiz rivojlantira olmaydi.

Falsafa va fanning o‘zaro munosabatlaridagi yana bir jihati falsafa ilmiy 

bilishdagi turli soha yutuqlarini muvofiqlashtiradi, umumlashtiradi va ulami 

imkon qadar umumlashtirgan falsafiy kategoriyalarda aks ettiradi.

Falsafa va  san’at 

Dunyoni bilish nafaqat qonunlami aks ettiruvchi kate- 

goriya va tushunchalar,  balki san’atda yaratiladigan obra- 

zlar,  oliy  shakllar,  ya’ni  badiiy obrazlar  orqali  ham  amalga  oshiriladi.  Har 

qanday bilish.  insonning  ikkita bilish  qobiliyati: 



ratsional (aqliy),  mavhum- 

mantiqiy  (abstrakt-mantiqiy)  va  his  etish, 



obrazli-ta’sirchanlik  (obrazli- 

emotsional)dan iborat.  Mantiq va psixologiyaning ilmiy ijod sohasidagi keyin- 

gi tadqiqotlari ko‘pgina asosiy ilmiy kashfiyotlar dastlab hissiy-obrazli shaklda 

mavjud bolishini ko‘rsatdi.  Faqat keyingina unga tafakkur ila ishlov berilgani- 

dan so‘ng qat’iy mantiqiy shaklni egallaydi. 

A.Eynshteyn,  N. Borya boshqa 

buyuk olimlar san’atning o‘z shaxsiy ilmiy ijodidagi ahamiyatini ta’kidlaganlar.

San’at  falsafadan  oldin. ibtidoiy,  diniy-afsonaviy  dunyoqarash  negizida 

paydo bo‘lgan va ibtidoiy amaliyotning bevosita ehtiyojlari bilan belgilangan. 

Qoyaga o‘yib yozilgan tasvirlar syujcti, diniy marosim qo‘shiqlari va raqslari 

amaliy yo‘nalishga ega boigan.  Ular ibtidoiy inson uchun hayotiy ahamiyatga 

ega vaziyatlami shunchaki obrazli shaklda aks ettirmasdan, balki  mana shu 

vaziyatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatish maqsadiga intilganlar.

Falsafa vujudga kelishi bilan u san’atning rivojlanishiga ta’sir ko'rsatuvchi 

kuchli  omilga aylandi.  Masalan,  Yaponiyaning rassomlik san’ati (“sumie” 

janri)ni dzen-buddizm falsafiy prinsiplarini bilmasdan turib tushunish mum­

kin emas.  Hattoki badiiy materiallar (yupqa qog‘oz va juda ko‘p miqdorda 

siyohni  sig‘diradigan  mo'yqalam)  va  chizish  texnikasi  (chiziqlar  imkoni 

boricha tez va kam miqdorda chizilishi kerak)  ham mana shu prinsiplarga 

bo‘ysungan. Qog‘oz va mo‘yqalam, chizish texnikasining tanlanishi ilhomning 

nihoyatda qisqa vaqtda aks etislii bilan aniqlanadi.  Hech qanday sustkashlik 

va qayta ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi.  Manzara o‘ylangan, oqilona mulohazali 

rejani  asta-sekin  m e’yoriga yetkazish bilan emas,  balki  deyarli  bir lahzada 

yaratilishi  kerak.  Mana  shuning  o ‘zi  bilan  dzen-buddizmning  eng  muhim 

prinsipi — 



satori (fikming oydinlashuvi) amalga oshadi, unga esa irratsional- 

izm,  intuitivizm,  bir lahzalilik xosdir.  Shuningdek,  dzen-buddizm prinsipla- 

ri yapon poyeziyasida (“xayku” janri)1  ham mujassamlashgan.

1.  Qarang:  Судзуки Д .  Дзэн-Буддизм.  Бишкек.  1993.  402—409-b.

26


Falsafaning Yevropa san’atiga ta’siri to‘g‘risida ham gapirish mumkin. 

Masalan, Yunoniston va Rim san’ati o‘zida koinotni tushunishga vo‘naltirilgan 

antik  dunvoqarash  xususiyatlarini  aks  ettirgan.  Shuningdek,  antik 

havkaltaroshlik  insonning  tashqi,  jismoniy,  tana  ko'rinishini  astoydil 

ifodalashga  uringan,  insonning  ichki  dunyosi  (mikrokosm)  esa  ikkinchi 

darajali  hisoblangan.  0 ‘rta  asr Yevropa  san’atida  diniy  dunyoqarashning 

izlari yorqin ifodalangan. Ikonalar chizish, psaltirdagi diniy qo‘shiq!ar, cherkov 

xor qo'shiqlari san’atdagi yetakchi yo'nalishlaiga aylanadi. Metafizik (dialektik 

bo‘lmagan) tafakkur xos bo‘lgan  Yangi  davrda,  shuningdek,  ushbu falsafiy 

paradigmaga xos xususivatlar san'atga ta’sir ko‘rsatgan.

Bugungi kunda rassomchilik,  adabiyot, teatr,  musiqa, kinematograflya, 

xoreografiva, arxitekturadagi barcha bir muncha ahamivatli vo‘nalishlarda u 

yoki  bu  falsafiy  dunyoqarashning  izlari  mavjud.  Masalan,  realizm  va 

svurrealizmning  farqi  faqat  ijro  texnikasida  emas.  Mazkur  yo'nalishlami 

shakllangan falsafiy-metodologik yo‘l-yo‘riqlami bilmasdan turib,  ulami tus- 

hunish mumkin emas.  0 ‘z navbatida, san’at dunyoni badiiv tasawur qilish 

sifatida falsafaga katta ta’sir ko'rsatadi.

Falsafa  va  din 

ham  falsafa  kabi  dunyoqarashlardan  biridir.  Shu

tufayli ulaming taqdiri awal boshdan chatishib ketgan.  Fal­

safa ham,  din ham dunyoning dunvoqarash ta’rifmi yaratadi, tafakkurning 

ma'lum usullari  va  qadriyatlar  tizimini  shakllantiradi.  Diniy ongni  tash- 

vishga solgan voqea-hodisalar ko‘pincha falsafiy tafakkur sohasiga ham daxl- 

dor.  Bulaming hammasi  falsafa va dinni birlashtiradi.  Biroq ular o'rtasida 

prinsipiai farqlar ham mavjud.

Mantiqiy  ratsional  asoslarga  suyanadigan  falsafadan  farqli  o'laroq  din 

с 

'tiqfxiga asoslanadi. Dinning mana shu prinsipiai xususiyatini xristian cherkovi 

otalaridan bixi Avgustin quvidagi postulatni ifodalaganda qavd etgan: “Tushunish 

uchun ishonaman".  E’tiqod prinsipining haddan zivod ifodasini Tertullan 

bergan:  “Ishonaman, chunki bema’ni  (absurd)dir'’.

Har qanday din aqida (dogma)larga asoslangan.  Ulaming asosida Xudo 

tomonidan yuborilgan vahiy — o‘gitlar, tamoyillar va muqaddas ilohiy matnlar 

yotadi.  0 ‘zining “ilohiv’' tusdaligi tufayli muqaddas matnlar o‘zgarmasdir, 

ularga shubhali  qarash esa Xudoga shak keltirishdir.  Falsafiy tafakkur hech 

qachon u yoki bu darajada aqidaparast bo‘lmagan desak, xatolikka yo‘l qo‘ygan 

bo‘Iamiz.  Biroq u ko‘pincha hur fikrli bolgan.

Din bilan falsafa o'rtasidagi munosabat turli davr va har xil mintaqalarda 

turlicha tushunilgan hamda ifodalangan.  Bir xil ta ’limotlarda falsafa -  bu 

^cinning vo‘ldoshi va emishgan opa-singlisidir":  ikkalasi ham bitta, yagona 

bilish  mavzusiga  ega,  biroq mulohaza usuli  bilan  farqlanadi  (Ibn  Rushd); 

-'cshaasida  u  -   o‘z  bekasi  ilohiyotning  vaivosh  xizmatkori  (P.Damiani),

27


uchinchi ta’limotlarda esa haqiqiy falsafa — dinning  muxolifi va batamom 

qarama-qarshisidir deyiladi (K.Marks,  F.Nitsshe,  B.Rassel).  Olrta asr Yevro- 

pasida falsafiy hur fikrlikka  qarshi katolik cherkovi tomonidan inkvizitsiya 

qollanilgan, XX asrda esa sobiq Iltifoqda falsafiy ateizm diniy dunyoqarash- 

ga qarshi urush e’lon qildi.

Har qanday rivojlangan diniy tizim hamisha o‘z aqidalarini tasdiqlash uchun 

falsafaning mantiqiy-metodologik vositasidan foydalangan va foydalanmoqda. 

Shu  bois  katolitsizm,  islom,  buddaviy  va  boshqalaming  falsafiy  doktrina, 

ta’limotlari to‘g‘risida gapirish mumkin.  Diniy g’oyalarga asoslangan tomizm 

va neotomizm, tasawuf, teyyardizm kabi falsafiy yo‘nalishlar ham mavjud.

2-§.  F a lsa fa   va  ja m iy a t

J a m i y a t n i n g  

Falsafani  o‘zining  vujudga  kelishi  qadimgi  zamon 

falsafaga  ta ’siri  urug‘doshlik  tuzumining inqirozi natijasida shakllangan 

jamiyatning  ehtiyojlari  bilan bog‘liq.  Aqliy va jismoniy 

mehnatning bo'linishi,  davlatchilikning paydo bo‘lishi,  ijtimoiy tabaqalan- 

ish,  ishlab  chiqarishning  murakkab  turlarining vujudga  kelishi,  fanlarning 

yuzaga kelishi, bilish va ijtimoiy amaliyotda sifat jihatidan yangi ehtiyojning 

tug'ilishi -  bularning  hammasi obyektiv borliqda yangi yondashuv -  falsa- 

fani shakllanishiga  olib keldi.

Keyinchalik ijtimoiy-tarixiy transformatsiya falsafiy mulohazalar rivojiga 

sezilarli  ta ’sir  ko'rsatdi.  Masalan,  G'arbiy  Yevropada  cherkov  va  din 

ahamiyatining  o ‘rta  asrda  kuchayishi  bu  davrda  falsafaning  ilohiyotni 

xizmatkoriga aylanishiga olib keldi. Yangi davrda esa tabiiy fanlar va sanoatning 

rivojlanishiga  talab  falsafadagi  mantiqiy-metodologik  hamda  gnoseologik 

muammolarning keskin kuehayishiga sabab bo‘ldi,

Bu borada sobiq Ittifoqdagi ijtimoiy tizimning falsafa taqdiriga ta’sirini 

ko‘rsatish mumkin.  Kommunistik partiyaning monopoliyasi va totalitarligi 

falsafaning  siyosiy  mafkuraga  bo ‘ysundirilishi,  sxolastik  va  sofistika 

elementlarining rivojlanishiga olib keldi.  Sotsializm mamlakatlaridagi falsafiy 

qoidalaming ma’lum to'plami  (stalinizm,  maoizm,  chuchxe va boshqalar) 

rasmiy tasdiqlangan davlat mafkurasi maqomini oldi va m a’muriy vositaga 

aylandi;  bularning  funksiyasiga  mavjud  tuzumni  madh  etish,  boshqacha 

fikrlash  bilan  kurashish,  ijtimoiy  va  xususiy  ong  rivojini  senzor-politsiya 

nazoratiga olish, rahbar shaxslarga sodiqlikni tekshirish va hokazolar kiradi.

Har qanday falsafa,  u xoh Arastuniki,  xoh  Foma Akvinskiyniki,  Marks 

yoki Nitssheniki bo‘lsin,  agar u aqidalar to‘plamining mutlaqlashtirilgan va 

qonunlashtirilgan darajasiga ko‘tarilsa,  ijtimoiy va xususiy ongga ommaviy 

singdirilsa, mutaassib hamda dogmatik tafakkuming shakllanishiga olib keladi.

28


Falsafaning  jam iyat 

Falsafa o‘z funksiyalari (dunyoqarash,  tanqidiy, 

rivojlanishida  tu tgan  metodologik,  aksiologik,  bashoratlash,  sintetik)ni 

o ‘rn i 


amalga oshirishdajamiyatda muhim ahamiyatga ega

bo‘lib, ijtimoiy-tarixiyjarayonlaming rivojlanishiga

ta’sir ko‘rsatadi.

Falsafa  jamlama  —  umumlashgan  shaklda  bilish  jarayoni  va  ijtimoiy 

amaliyot  rivoji  yo‘nalishiga  ta ’sir  etadigan  paradigmalarni  shakllantiradi. 

Yaqin  va  0 ‘rta  Sharqda  falsafaning  rivojlanishi  ilk  o‘rta  asr  musulmon 

sivilizatsiyasining taraqqiyotiga rag‘batlantiruvchi omil bo‘ldi.  Uyg‘onish va 

Yangi  davrlar  falsafasidagi  insonparvarlik  va  ma’rifat  g‘oyalari  cherkov 

hukmronligi  va  mutlaqlashtirishni  cheklashga,  tabaqalarning  maqomini 

o‘zgarishiga,  fuqarolik jamiyatining  shakllanishiga  imkon  yaratdi,  nemis 

klassik  falsafasining  g‘oyalari  esa  qator  fanlar:  geologiya,  biologiya, 

jamiyatshunoslikdagi tasawurlaming tubdan o‘zgarishiga olib keldi.  “Amaliy 

fanlar” falsafasining g'oyalari  Uzoq Sharq mamlakatlarida jamiyat siyosiy va 

ijtimoiy tizimi, iqtisodiyot, ta ’lim sohasida muhim islohotlarga sabab bo‘ldi. 

Shu bilan bir qatorda falsafa totalitar jamiyatlarda mafkura,  apologetika va 

senzuraning quroliga aylanib,  taraqqiyot  rivojini to‘xtatib qo'yishi mumkin. 

Stalinizm falsafasining genetika va kibemetikani buijuaziyaning soxta fanlad 

deb e’lon qilganligini  misol keltirishning o‘zi yetarlidir.

Falsafiy paradigmalar ijtimoiy hayotning barcha tomonlari:  iqtisodiyot, 

sivosat, fan,  madaniyat va hokazolarga ta’sir ko‘rsatadi.

Bugungi kunda bashariyat nafaqat yangi ming-yillikka, balki yangi chegara

yangi  tarixiy  davrga  ham  qadam  qo‘ydi.  Mavjud  zamonaviy  sivilizatsiya 

turlarini belgilagan o‘tgan asrlar, jumladan, XX asr paradigmalari kelajagimiz 

uchun  qadriy  yo‘nalish,  m oijal  bo‘la  olmaydi.  Bashariyat  oldida  turgan 

bugungi masalalar ijtimoiy hayotning barcha tomonlariga va uning mavjudligi 

asoslarining  o'ziga  ham  daxldor.  Bashariyat  bir  butun  sifatida  o'/ining 

yashab  qolishi va keyingi rivoji  uchun  yangi  paradigmalar:  yangi  tafakkur, 

yangi  xulq modellari,  yangi  qadriy yo'nalishlarga  ehtiyoj  sezadi.  Va  yangi 

paradigmalaming shakllanishida falsafaning tutgan o‘rni muhimdir.

4-bob.  H OZIRGI  Z A M O N ,  0 ‘Z B E K I S T 0 N   VA 


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish