«Ma’naviyat» so’zi qanchalik purma’no ekani, uning ko’p qirraliligi to’g’risida Islom Karimov shunday yozadi: «Er, oila,
ota-ona, bolalar, qarindosh-urug’lar, qo’ni-qo’shnilar, xalq, vijdon, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch,
xotira, erkinlik – ma’naviyatning ana shunday ma’nosi keng»
21
.
Falsafiy tizimlar va adabiyotlarda keng qo’llaniladigan tushunchalar ichida «ma’naviyat»ga eng yaqin turadigani
«ong» tushunchasidir. Ular o’rtasidagi munosabatlar shunday yaqinki, ma’naviyatsiz ong yoki ongsiz ma’naviyat
bo’lishi to’g’risida gap ham yuritib bo’lmaydi. Lekin, bundan «ma’naviyat» va «ong» aynan bir tushuncha, degan
xulosa chiqmaydi.
Ma’naviyat va ong o’rtasidagi munosabatlarni o’rganish ong tarkibiga kiruvchi bir qator hodisalar bilan ma’naviyat
munosabatini alohida-alohida tahlil qilishga zarurat qoldirmaydi. Shuning uchun ong tushunchasining ko’lamini va
mazmunini aniqlab olish zarur.
Ijtimoiy ongning turli shakllari, nomidan ham ko’rinib turganidek, shakl vazifasini bajarsa, ularning mazmuni
ma’naviyatni tashkil qiladi. Bizningcha, ba’zi izohlar bilan, ong shakl va ma’naviyatning mazmuni, deb qabul qilish
mumkin. Shu bilan birga, ma’naviyat ham o’z tarkibidagi hodisalarga nisbatan shakl vazifasini bajarishi mumkin.
Ong bilan ma’naviyat o’rtasidagi munosabatlarni shakl va mazmunga qiyosan aniqlash ma’naviyat mohiyatini o’rganishdagi
dastlabki qadam, xolos. Navbatdagi vazifa esa, mazmunga qiyoslanayotgan ma’naviyatning tarkibini aniqlashdir. Bu masalaning
muhimligi shundaki, ma’naviyatning ijtimoiy hayotdagi o’rni va ahamiyati ko’p jihatdan uning tarkibiga bog’liq. Shunisi ham
borki, ma’naviyat tarkibi, shu tarkibdagi hodisalar salmog’i turli xalqlar, turli millatlar ma’naviyatida turlicha bo’lishi mumkin.
Xuddi shuning uchun ham turli xalq va millatlar o’z milliy ma’naviyatiga ega ekani, aytiladi. Milliy xususiyatlarni
o’rganishni milliy ma’naviyatning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishdan boshlashning sabablari ham, bizningcha, xuddi
shundadir. Keltirilgan jumlada ma’naviyatning funktsiyalaridan tashqari uning tarkibiga kiruvchi unsurlardan asosiylari
ham sanab o’tilgan. Ular iymon-iroda va vijdon kabilardir. Iymon to’g’risida shuni aytish lozimki, u musulmon Sharqi
falsafasiga xos tushuncha bo’lib, uning boshqa tillardagi ekvivalentini topish ancha mushkul. Bu so’z keng ma’noli bo’lib,
u o’z ichiga e’tiqod, ishonch, poklik singari axloqiy jihatlardan tashqari, iroda va sadoqat singari ruhiy sifatlarni ham
qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: