Falsafa ma’ruzalar matni



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/250
Sana20.08.2021
Hajmi1,02 Mb.
#152458
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   250
Bog'liq
falsafa

Ma’naviyat tarkibi rang-barang va juda boy. Bu tarkibiy qismlarning barchasini tahlil qilish uchun juda ko’p vaqt va 
kuch talab qilinadi. Bundan tashqari, ma’naviyat tarkibiga kiruvchi ong, tafakkur, san’at, axloq, adabiyot, din, e’tiqod kabi 
ko’plab tushunchalar falsafa, ruhshunoslik, etika, san’atshunoslik, estetika, adabiyotshunoslik kabi fanlarda tahlil qilingan. 
Shu bilan birga ma’naviyatning tarkibiy qismlarini alohida-alohida tahlil qilish bu murakkab hodisa to’g’risida to’la 
tasavvur bera olmaydi. Chunki har qanday butunlik alohida-alohida qismlarning mexanik jamlanmasi emas, balki u 
ularning o’zaro ta’sirga kirishi natijasida vujudga keladi. Ma’naviyat ham o’z tarkibiga kiruvchi ko’plab unsurlarning 
o’zaro ta’sirga kirishi oqibatida shakllanadi. 
Ma’naviyat tarkibidagi muhim bir qatlam bilimlardir. Ma’naviyat bilimlar negizida shakllanadi. Ma’no so’zning 
mag’zi bo’lgani kabi ilmning mag’zi bilimdir. Insonda yoki jamiyatda bilim qancha ko’p bo’lsa, ma’naviy yuksalish 
uchun shunchalik mustahkam poydevor yaratilgan bo’ladi. Ammo poydevor o’rnatish uyning bitganini bildirmaganday, 
bilimlar miqdori ham o’z-o’zidan yuksak ma’naviyatni bildirmaydi. Bilim — ma’naviyatning asosi, xolos. 
Bilimlarning ma’naviyatga ta’siri shundaki, ular ma’naviyatni yuksaltirishga xizmat qilish bilan birga, 
ma’naviyatga qarshi qaratilishi, ma’naviyatga putur etkazishi ham mumkin. Masalan, insoniyatga juda katta ofat 
keltirgan fashistlar orasida ham juda bilimli, fanlarni yaxshi egallaganlari talaygina edi. Lekin ular o’z bilimlaridan 
insonlar va ularning ma’naviyatini, hayotini yuksaklikka ko’tarish uchun emas, ularni erga urib chilparchin qilish 
yo’lida foydalandilar. Ularni bilimdon odam, deyish mumkin, lekin ma’naviyatli insonlar deyish mumkin emas. Aytish 
mumkinki, ilm va bilim insoniy qadriyatlar va insoniy axloq bilan uyg’unlashgandagina, yuksak ma’naviyatga asos 
bo’ladi. 
Yoshlarga bilim berganda, ta’lim jarayonini tarbiya bilan uyg’un olib borish yuksak ma’naviyatni shakllantirishdagi 
bosh yo’nalishdir.  
Ma’naviyat tarkibidagi muhim tarkibiy qismlardan biri axloqdir. U tom ma’noda inson 
bilimlarini, aql-zakovatini, kuch-quvvatini, butun faoliyatini yo’naltiruvchi kuchdir. Aslida axloq faqat xulqni emas, 
tafakkurni, aqlni va faoliyatni tartibga solibgina qolmay, muayyan tomonga, maqsadga yo’naltirib ham turadi. 
Kishining xulqi, faoliyati ma’lum axloqiy me’yorlardan chetga chiqsa yoki ulardan quyiroq bo’lsa, bunday shaxs 
ma’naviyatsiz shaxs hisoblanadi. 
Kishi xulqini faqat axloq emas, urf-odatlar, rasm-rusumlar, an’analar kabi hodisalar ham boshqaradi. Ular esa axloq 
tarkibiga kirmaydilar. Bu hodisalar axloq tarkibiga kirmasa ham, ma’naviyat tarkibida sezilarli o’rin tutadi. 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish