B.B.B. usuli asosida bilimlarni sinash uchun tarqatma materiallar
№
Tushuncha
Bilaman “+”, Bilmayman “-”.
Bildim “+”, Bila olmadim “-”.
G‘oya
Ilmiy g‘oya
Ijtimoiy-siyosiy g‘oya
Milliy g‘oya
Milliy istiqlol g‘oyasi
G‘oya turlari
Badiiy g‘oya
Umuminsoniy g‘oyalar
Bunyodkor g‘oyalar
G‘oyasizlik
G‘oyaviy bo‘shliq
G‘oyaviy immunitet
G‘oya ijodkori
Nosog‘lom g‘oya
G‘oyalar 1-rasm
7-mavzu
TARIXNI IDEOLOGIK TUSHUNISH, G‘OYA VA MAFKURALARNING TARAQQIYOTGA BOG‘LIQLIGI
Seminar mashg‘ulotini o‘qitish texnologiyasi
Vaqti - 2 soat
Talabalar soni: 25-30 nafar
O‘quv mashg‘ulotining shakli
Bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha seminar mashg‘uloti
Seminar mashg‘ulotining rejasi
Umumijtimoiy o‘zgarishlarning umumideologik o‘zgarishlar bilan aloqadorligi
G‘oyalarning o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar
Inkor va yangilanishning asosiy tamoyillari
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: g‘oyalarning o‘zgarishini tushunishga nisbatan tasavvurlarini boyitish, g‘oyalar o‘zgarishi va ijtimoiy jarayonlarning o‘zaro aloqadorligi to‘g‘risida o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni tartibga solish, faollashtirish va ularni mustaqil rivojlantirishga yo‘naltirish.
Pedagogik vazifalar:
Dunyoda yangicha g‘oyaviy uyg‘o-nish jarayonlarini muhokama qilish orqali talabalar tahliliy qobiliyatlarini shakllantirish;
G‘oyalarning o‘zgarishini asl mohiyatini ochib berish;
Talabalarning g‘oyalar va madaniy jarayonlar dialektikasiga doir bilimlarini tizimlashtirish;
Talabalarni mavzu yuzasidan qo‘shimcha adabiyotlar topish va mustaqil o‘qishga yo‘naltirish;
Ma’ruzadan o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash, kengaytirish va tarkiblashtirish.
O‘quv faoliyatining natijalari: Talaba:
Dunyoda yangicha g‘oyaviy uyg‘onish jarayonlarini muhokama qilish orqali o‘zlarining tahliliy qobiliyatlarini o‘stiradi;
G‘oyalarning o‘zgarishini asl mohiyatini tushunib yetadi;
Ma’ruzadan olgan va yangi o‘zlashtirgan bilimlariga tayanib g‘oyalar va madaniy jarayonlar dialektikasiga doir bilimlarini tizimlashtiradi;
Muhokama jarayonida tahlil qilish malaka va ko‘nikmalarni namoyish etadi;
mavzu yuzasidan mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilayotgan qo‘shimcha adabiyotlar haqida ma’lumotga ega bo‘ladi.
O‘qitish uslubi va texnikasi
Bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha seminar mashg‘uloti
O‘qitish vositalari
Proektor, loyiha topshirig‘i, uslubiy ko‘rsatmalar, kompyuter texnologiyalari
O‘qitish shakli
Jamoa, guruh va juftlikda ishlash
O‘qitish shart-sharoiti
Maxsus texnika vositalari bilan jihozlangan,
guruhli shakllarda ishlashga mo‘ljallangan xonalar
SEMINAR MASHG‘ULOTINING TEXNOLOGIK KARTASI
Bosqichlar, vaqti
Faoliyat mazmuni
O‘qituvchi
talaba
1 - bosqich Tayyorgarlik (10 min.)
1.1. Mashg‘ulot mavzu va rejasi bilan tanishtiradi.
1.2. Ushbu seminar mashg‘ulotini o‘tishda “Aqliy xujum” usulidan foydalanishini e’lon qiladi va uning tartib-qoidalari bilan tanishtiradi.
1.3. O‘quv mashg‘ulotida aqliy hujum o‘rnini aniqlaydi, uning maqsadini shakllantiradi, muammoni va uni yechish bo‘yicha taklif etilayotgan g‘oyalarni baholash mezonlarini tushuntiradi
1.1. Mashg‘ulot mavzusi va rejasini yozib oladi. 1.2. Ushbu mashg‘ulotni o‘tishda qo‘llaniladigan “Aqliy xujum” usulining qoidalari bilan tanishadi. Qo‘shimcha savollar berib aniqlik kiritadi. 1.3. Baholash mezonlarin tushunib oladi.
2 - bosqich Kirish (30 min.)
2.1. Mavzuga doir asosiy tushuncha va iboralarni batafsil izohlab beradi. Bu boradagi talabalarning savollariga javob qaytaradi.
2.2. Tarixni ideologik tushunish to‘g‘risida qisqa savol-javob o‘tkazadi. (1-ilova)
2.3. G‘oyalarning taraqqiyotga bog‘liqligi masalasini muhokamaga qo‘yadi. Jamoaviy ishlash sharoiti va ahloq qoidasini yana bir eslatadi. Talabalarni 3-4 guruhga bo‘ladi hamda ularni munozaraga ruhiy tayyorlash uchun mavzuga to‘g‘ri borish bilan bog‘liq bo‘lmagan, balki yaqinroq mavzudan olingan kutilmagan, qiziq savollarga tez javoblar izlash mashqini o‘tkazadi. Berilgan muammoni eslatadi va boshlashga ruxsat beradi.
2.1. Mavzuga tegishli tayanch tushuncha va iboralar izohini tinglaydi hamda ularni o‘ziga qayd etadi. 2.2. Tarixni ideologik tushunishga doir o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytaradi. 2.3. Aqliy xujumda ishtirok etish uchun guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruh baho va maqbul g‘oyalarni qayd etib borishi uchun ekspert tanlaydi. Guruh a’zolari hamkorlikda ishlashlari mumkin bo‘lgan holda o‘tiradilar
3 - bosqich Asosiy (30 min.)
3.1. Munozara jarayonini diqqat bilan kuzatib boradi va fikrlarni to‘g‘ri yo‘naltirib turadi.
3.2. O‘zini tortishuvga aralashishini, o‘zini nuqtai-nazarini aytishga yo‘l qo‘ymaydi. Chidash, chidamlilik, hayron bo‘lmaslikni namoyon qiladi. Kerak bo‘lganda guruhni xayrixohlik bilan ish holatiga qaytaradi
3.3. Aytilgan g‘oyalarni ekspertlar bilan muhokama qilishni, ularni taklif etilgan mezonlarga mos holda baholash va tanlashni tashkillashtiradi. Muammoni yechish uchun tanlangan g‘oyalarni ekspertlar guruhi taqdimotini va ularning muhokamasini tashkillashtiradi.
3.1. G‘oyalarning tarqqiyotga bog‘liqligi masalasi bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildiradilar. Ekspertlar esa, ularni yozib boradi. Ekspertlar ishlayotgan paytda, boshqa barcha ishtirokchilar mavzular bosqichi bo‘yicha krossvord yechadilar, o‘quv holatini muhokama qiladilar.