Dezintegratsiya – butunning ayrim qismlarga parchalanishi.
Deizm – Xudo dunyoni yaratgach, unda ishtirok etmaydi va uning voqealari tabiiy kechishiga aralashmaydi, deb hisoblaydigan falsafiy nuqtai nazar.
Determinizm – barcha voqealar va hodisalarning qonuniyligi va sababiy bog’langanligi haqidagi falsafiy ta’limot.
Dialektika – harakat, rivojlanish, o’zgarish haqidagi falsafiy ta’limot.
Diskret – uzlukli.
Differentsiatsiya – butunning turli-tuman qismlar, bosqichlar, shakllarga bo’linishi, parchalanishi, ajralishi.
Empiriokrititsizm (yun. empeiria-tajriba, kritike-tanqid)- falsafiy yo’nalishlardan biri bo’lib, unga shveytsariyalik R. Avenarius (1843-1896) va avstriyalik E. Max (1838-1916) asos solgan. Empiriokrititsizmning boshlang’ich nuqtasi “sof tajriba” bo’lib, u eng so’nggi neytral (betaraf), ya’ni sezgilar kompleksi (majmui)dan iboratdir.
Ekzistentsializm ("ekzistentsiya" so’zi lotincha-mavjudlik) hozirgi zamon
falsafasining asosiy oqimlaridan biri bo’lib, uning diqqat markazida inson muammosi, inson qadri va haq-huquqlari, insonning betakror borlig’ini tushunish turadi.
Ekologiya - organizm bilan tabiiy muhitning aloqasini o’rganuvchi va tabiatni muhofaza qilish haqidagi fan.
Element- murakkab buyum, hodisa, jarayonlarning mayda bo’laklargabo’linmaydigan komponenti.
Do'stlaringiz bilan baham: |