Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo`lg`usi pedagoglarda o`qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati



Download 158,01 Kb.
bet33/83
Sana14.01.2022
Hajmi158,01 Kb.
#363667
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83
Bog'liq
1-mavzu Falsafa fanining asosiy maqsadi va bolgusi pedagoglarda oqitilishining nazariy-amaliy ahamiyati

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Reja
Immanuil Kant (1724-1804) nemis klassik falsafasining asoschisi. Uning falsafasi tushunish uchun qiyin bo’lib, falsafiy bilimning barcha jihatlarini o’z ichiga oluvchi keng tizimni tashkil etsada asosiy e’tibor ontologiya, gnoseologiya va axloq masalalariga qaratiladi.

Kant kontseptsiyasi: «Sof aql tanqidi» (1781), «Amaliy aql tanqidi» (1788), «Mulohaza yuritish qobiliyatining tanqidi» (1790)da, shuningdek faylasuf ijodining o’ziga xos sarhisobi sanaluvchi asar – «Sof aql chegaralarida din» (1793) kabi kitoblarida bayon etilgan. Kant bilish nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat. Kant fikricha bilish jarayoni uch bosqich: 1) sezgilar darajasida bilish, 2) idrok, 3) aqldan o’tadi.



Bilishning birinchi bosqichi -sezgilar darajasida inson narsaning mavjudligini biladi, idrok yordamida uni fikrlaydi. Narsani haqiqiy bilish aynan shu ikki bosqichni sintez qilishni talab etadi. Idrok darajasidagi bilishning quroli – kategoriyalar. Ular idrokka ichdan xos. Hodisalar rang-barangligi kategoriyalar tizimida aks etadi. Kategoriyalar yordamida inson bilimi tasodifiy empirik emas, balki umumiy zarur, ya’ni ilmiy xususiyat kasb etadi. Ilmiy bilim kategorial bilimdir. Biroq shundan so’ng Kant sub’ektiv idealist sifatida mulohaza yuritadi: idrok tabiat qonunlarini ochmaydi, balki ularni tabiat uchun belgilaydi. Kant fikriga ko’ra, kategoriyalar birligi va ularning bilish (sintez qilish) qobiliyati zamirida dunyoning ob’ektiv moddiy birligi emas, balki o’zlikni anglashning transtsendental birligi yotadi.

Idrok etish – bilishning ikkinchi bosqichi. Idrokning kuchi uning sintez qilish qobiliyatida namoyon bo’ladi. Biroq bu to’liq, cheksiz qobiliyat emas. Idrok tajriba chegarasidan tashqariga chiqa olmaydi. Biroq idrok o’z chegaralarini o’zi bilmaydi. U doim bu chegaralardan chetga chiqadi, ya’ni hodisalar dunyosidan o’zidagi narsalar dunyosiga kirishga harakat qiladi. Biroq tajriba chegaralarini tark etgach (shu tariqa idrok emas, balki aqlga aylangach), u echib bo’lmas ziddiyatlar sohasiga tushib qoladi, uning mulohazalari esa muqarrar tarzda xom xayolga aylanadi.

Aql – bilish jarayonining uchinchi, oliy bosqichi. U hissiyot bilan bevosita emas, balki bilvosita – idrok orqali bog’lanadi. Aql bilishning oliy bosqichi bo’lsa-da, idrokka ko’p jihatdan yutqizadi. U tajribaning mustahkam zaminidan ajralgach, dunyoqarash darajasidagi savollarning birortasiga ham uzil-kesil – ha yoki yo’q deb javob bera olmaydi. Dunyo vaqtda va makonda boshlanadimi yoki u cheksiz va boqiymi? Inson joni boqiymi yoki foniymi? Iroda erkinligi mavjudmi yoki dunyoda hech qanday erkinlik mavjud emas, hamma narsa tabiiy zarurat qonuniga ko’ra yuz beradimi? Xudo bormi yoki yo’qmi? Idrok bunday savollarni bera olmagan bo’lardi. Aql esa bunday savollarni beradi, biroq ularga javob topa olmaydi. Uning da’volari imkoniyat darajasida emas. Sof nazariy aql o’z mag’lubiyatini tan olishi lozim, chunki u o’zidagi narsalarni bila olmaydi.

Kant falsafada o’ziga xos to’ntarish yasadi va falsafani alohida fan sifatida tushunish asoslarini yaratdi. yangi bilish nazariyasini asoslashga harakat qilib, u XVII-XVIII asrlarning bilishni borliqdan ko’chirilgan andoza sifatida talqin qiluvchi empirik nazariyalarini tanqid qildi. Kant muammoni boshqa zaminga ko’chirdi va falsafada gnoseologiyaning bilish jarayoniga sub’ekt – ob’ekt munosabati sifatida qaraydigan yo’nalishiga asos soldi.

Biluvchi sub’ekt – bu muayyan individ emas, balki insonning bilish qobiliyatlari va bilim manbalarinigina o’zida mujassamlashtiruvchi qandaydir mavxum tasavvur. Inson ongida mavjud bo’lgan mazkur qobiliyatlar majmui unga o’zini qurshagan dunyoni sezgilar va aqlning aprior shakllari yordamida tartibga solishga yordam beradi. Bu inson individual, shaxsiy xususiyatlarga ega emas, degan ma’noni anglatmaydi, biroq ular bilish jarayonida etakchi rol o’ynamasligi kerak.

Sub’ekt qandaydir narsa, predmet yoki hodisaning ta’sirini sezgilar darajasida idrok etadi. Bu mushohada yuritishning aprior shakllari yordamida tartibga solinuvchi tuyg’ular rang-barangligini yuzaga keltiradi. Biroq bu bosqichda bilim sub’ektiv bo’lib qoladi. SHundan so’ng idrok ishga kirishadi va mavjud bilimlarni tushunchalar shakliga soladi, ya’ni ularda qandaydir umumiy jihatlarni aniqlaydi. SHu sababli pirovard natijada idrok va aqlni birlashtirgan biluvchi sub’ektgina bilim deb hisoblash mumkin bo’lgan birlikni yaratadi.

Binobarin, bilimning turli shakllariga muayyan tavsif berish mumkin. Masalan, matematika hissiylikning makon va vaqt kabi aprior (ya’ni tajribada ko’rilmagan) shakllariga tayanadi. Boshqacha aytganda, biluvchi sub’ekt dunyoga makon va vaqtda mavjudlik nuqtayi nazaridan qaraydi. Ayni holda makon – tashqi sezgining aprior shakli, vaqt esa – ichki sezgining aprior shakli. Bunday apriorlik matematik haqiqatlarning, demak, fan sifatidagi matematikaning ham mavjudlik imkoniyatini belgilaydi.
3-mavzu: Ontologiya, gnoseologiya va ong falsafasi

Reja:
1. Falsafa tarixida borliq muammosi.
2. Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig'i va ma'naviy borliq, ijtimoiy borliq va inson borlig'i.
3. Falsafada substantsiya va materiya muammosi.
4. Falsafada makon, vaqt, harakat va rivojlanish masalalari.



Download 158,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish