Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo`lg`usi pedagoglarda o`qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati


XVIII asr Yevropa falsafasining ma’rifiy xususiyati



Download 158,01 Kb.
bet30/83
Sana14.01.2022
Hajmi158,01 Kb.
#363667
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83
Bog'liq
1-mavzu Falsafa fanining asosiy maqsadi va bolgusi pedagoglarda oqitilishining nazariy-amaliy ahamiyati

XVIII asr Yevropa falsafasining ma’rifiy xususiyati. Yevropada XVIII asr falsafasi XVII asr g’oyalarini davom ettiradi va rivojlantiradi. Bu davrda falsafiy tafakkur fan va ijtimoiy amaliyot sohasida erishilgan yutuqlarni umumlashtiradi. Falsafiy g’oyalar yanada kengroq targ’ib qilinadi, chunki XVII asrda falsafiy asarlar faqat lotin tilida yozilgan va ular bilan tanishish imkoniyatiga ega kishilar doirasi ancha tor bo’lgan; XVIII asrda faylasuflarning asarlari ular qaysi mamlakatda yashasa, shu mamlakat tilida yozilgan va nashr etilgan.

XVIII asr falsafasida tabiat hodisalarini tushuntirishga nisbatan qarashlarda materializm sezilarli darajada rivojlanadi. Frantsuz materializmi olamshumul tarixiy ahamiyat kasb etadi: u o’rta asrlar sxolastikasiga qarshi chiqibgina qolmasdan, balki o’z dunyoqarashi va dunyoviy manfaatlarini ham asoslashga harakat qiladi.

Albatta, XVIII asr falsafasi bir jinsli emas: unda materialistik dunyoqarash mo’ljallari ham, idealistik dunyoqarash mo’ljallari ham, ateistik va deistik qarashlar ham mavjud. Aksariyat hollarda idealizm va materializm, din va fan yonma-yon turadi.

SHuni qayd etish lozimki, XVIII asr falsafasi avvalo ma’rifat falsafasi sifatida rivojlangan; qomuslar va lug’atlar, pamfletlar va boshqa nashrlarda ilmiy va falsafiy g’oyalar keng ommaga tushunarli tarzda atroflicha bayon etilgan.

Ma’rifat davri falsafasiga P.Gassendi (1592-1655) asarlari, uning atomistik materializmi, Epikur g’oyalari, shuningdek uning etikasi targ’iboti, sxolastikaning tanqidi, R.Dekart asarlari, P.Beyl (1647-1706) asarlarida diniy dogmatizm tanqidi zamin yaratdi.

XVII-XVIII asrlar Yevropa Ma’rifat falsafasiga ingliz ma’rifatchilari J.Lokk va D.YUm, XVII asr nemis ma’rifatchisi G.Leybnits, shuningdek buyuk olim I.Nyuton falsafasi ham kuchli ta’sir ko’rsatdi. XVIII asr Ma’rifat falsafasida ikki yo’nalish: Volter, Russo, Volf, Monteske va boshqalarning deistik materializmi hamda Mele, Didro, Golbax, Gelvetsiy, Lametri kabi olimlarning asarlarida Nyuton, Galiley, Dekartning materialistik tabiatshunosligi negizida deizm nazariy asoslarining tanqidi farqlanadi.

Fransua Mari (Arue) Volter (1694-1778) frantsuz ma’rifatchilarining atoqli namoyandasi falsafa tarixidan otashin publitsist, Nyuton fizikasi va mexanikasi hamda Angliyadagi konstitutsiyaviy tartib va muassasalarning targ’ibotchisi, cherkov, iezuitlar, inkvizitsiya tajovuzlaridan shaxs erkinligining himoyachisi sifatida o’rin oldi. Uning «Kandid», «Orlean qizi» asarlari, «Falsafiy lug’at», «Ensiklopediya»dagi maqolalari butun Yevropada keng tarqaldi.

Jan Jak Russo (1712-1778) Yevropa inqilobiy mafkurasining vujudga kelishiga mashhur «Ijtimoiy shartnoma» asari bilan ulkan ta’sir ko’rsatdi. Erkinlik hamda yuridik huquqlarning so’zsiz tengligiga asoslangan fuqarolik jamiyatining nazariy asosi hisoblangan bu asar Buyuk frantsuz inqilobi davrida yakobinchilar uchun o’ziga xos dasturilamal bo’lib xizmat qildi.


Download 158,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish