Tafovut - avvalgi holatdan saqlanib qolgan xossalar ustunlik qilgani holda, ayni bir predmet xossalarining mos kelmasligidir. «Tafovut» - har xillik, o‘z-o‘ziga, boshqa narsalar, hodisalar, jihatlarga mos kelmaslik munosabati. Tafovut kuchli yoki ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Kuchli tafovut – predmetning o‘z-o‘zi bilan ziddiyatga kirishish omili. Bu qarama-qarshilik bosqichi bo‘lib, uning echilishi predmetning butunlay o‘zgarishiga olib keladi. Shunday qilib, ziddiyatlarning kuchayishi va o‘z echimini topishi rivojlanish manbai hisoblanadi. Rivojlanish manbai va rivojlanishni harakatlantiruvchi kuchni farqlash lozim. Rivojlanish manbai – ichki hodisa, predmetning ichki ziddiyatlaridir. Vaholanki, tashqi ziddiyat ham rivojlanishni harakatlantiruvchi kuch bo‘lishi mumkin. Masalan, siz shamollab qoldingiz. Ayni holda tashqi muhit sizning holatingiz o‘zgarishini harakatlantiruvchi kuch bo‘ldi. Dialektik ziddiyat tarkibida asosiy tomon manfiy xususiyatga ega, chunki u mazkur ziddiyatni bartaraf etish, inkor qilishga qaratilgan. Musbat tomon mazkur ziddiyatni saqlashga qaratilgan.
“Ayniyat” tushunchasi ziddiyat tarqalishining dastlabki bosqichini anglatadi. Bu bir xillik, narsa, hodisa, jihatning o‘z-o‘ziga yoki boshqa narsalar, hodisalar, jihatlarga o‘xshashlik munosabati. Ziddiyatning vujudga kelishi yagonaning ikkilanishi sifatida, yagonaning o‘z-o‘zini qarama-qarshiliklarga differensiatsiya qilishi sifatida yuz beradi. Ikkilanish chog‘ida bir vaqtning o‘zida ayni shu munosabatda qarama-qarshiliklar birligi ham, ularning kurashi ham vujudga keladi.
Sifat narsalarga xos va ularning borlig‘i bilan ayniy bo‘lgan hamda ularni muayyan aloqalar tizimidagi boshqa narsalardan farqlash imkonini beradigan o‘ziga xos xususiyatni aks ettiradi.
Xossa-predmetning jihati bo‘lib, uning boshqa predmetlardan farqi yoki ular bilan o‘xshashligini belgilaydi va ular bilan o‘zaro aloqada namoyon bo‘ladi.
Miqdor-predmet muayyan xossasining namoyon bo‘lishi, intensivligi darajasi
Me’yor-predmet borlig‘ining chegarasi. U predmet xossalari miqdor va sifat o‘zgarishlarining xususiyati bilan belgilanadi. Me’yor – bu miqdor va sifatning shunday bir birligiki, bunda muayyan sifat faqat muayyan miqdor bilan bog‘liq. Me’yor – bu miqdor ko‘rsatkichlari yoki o‘zgarishlarining tegishli sifat mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan muayyan oralig‘i hamdir Me’yor – bu shunday bir chegaraki, unda miqdor o‘zgarishlari narsaning sifatiga putur etkazmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |