Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni


Onglilik va maqsadga muvofiqlik



Download 1,79 Mb.
bet429/489
Sana16.01.2022
Hajmi1,79 Mb.
#376882
1   ...   425   426   427   428   429   430   431   432   ...   489
Bog'liq
falsafa

Onglilik va maqsadga muvofiqlik. Inson faoliyati oqilona, ongli va maqsadga muvofiq bo‘ladi. «Oqilonalik – inson faoliyatining barcha turlariga amalda xos bo‘lgan jihat»204[204], deb qayd etadi E.Kassirer. Oqilonalik insonning o‘z faoliyati maqsadlarini aqlga muvofiq tarzda belgilash va ularni erkin va ongli boshqarish qobiliyatini anglatadi. I.G.Fixte inson tabiat kabi zaruriyat taqozosiga ko‘ra emas, balki ongli niyat bilan ish ko‘rishini ta'kidlaydi. Ayni shu sababli tabiat va jamiyatni o‘zgartirish insoniyatning ma'naviy burchidir205[205].

Onglilik va maqsadga muvofiqlik – inson faoliyatini hayvonlar faolligidan farqlash imkonini beruvchi muhim xossalardir. Ammo ular «sof ko‘rinish»da mavjud bo‘lmaydi. Shu sababli onglilik va maqsadga muvofiqlikka zid bo‘lgan xossalarni inson faoliyatining talqini doirasidan chiqarish o‘rinli bo‘lmaydi. Xususan, insonning barcha faoliyati ham ongli bo‘ladimi, degan savol ustida mulohaza yuritib ko‘raylik. Amalda faoliyat ayrim ko‘nikmalar shakllanishini nazarda tutadi (kasbiy mahorat esa aksariyat ko‘nikmalarni avtomatizm darajasiga ko‘taradi); faoliyatda anglanmaydigan mayllar, mo‘ljallar, tajriba, o‘tmishda (aksariyat hollarda – bolalikda) olingan taassurotlar o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Faoliyat «onglilik – ongsizlik» qarama-qarshiligining birligidir, deb aytish uchun asoslar mavjud. Ziddiyatli vaziyatlar – mutlaqo ongsiz va ongga butunlay bo‘ysungan faoliyatni hayotda juda kam uchraydigan muayyan abstraksiya sifatidagina tasavvur qilish mumkin. Shuningdek, ongga to‘la bo‘ysunadigan harakat ko‘pincha samarasiz bo‘ladi.



Onglilik faoliyatning maqsadga muvofiqligini belgilaydi, chunki maqsadni qo‘yish o‘z ehtiyojlarini hamda mavjud vaziyatni bu ehtiyojlarni qondirish sharti sifatida anglashni nazarda tutadi. Maqsadga muvofiq faoliyat oldindan mo‘ljallangan muayyan natijaga qarab mo‘ljal oladi. Entoni Giddens o‘zining «Jamiyat tuzilishi» asarida inson faoliyati mo‘ljallanmagan natijasining ahamiyatiga e'tiborni qaratadi. Ammo faoliyat maqsadsiz bo‘lishi, ya'ni jarayonning o‘ziga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga qaratilishi ham mumkin. Albatta, ongsiz faoliyat mantiqsizdir, chunki hyech qanday maqsadni ko‘zlamaydi, lekin uning natijasi maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Masalan, suzishni bilmagan, lekin suvda oyoq-qo‘llari bilan tinimsiz harakat qilayotgan odam cho‘kmaydi. Ammo har qanday maqsadsiz faoliyat ham ongsiz bo‘lavermaydi (masalan, o‘yin).


Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   425   426   427   428   429   430   431   432   ...   489




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish