Falsafa fani Guruh: bxa 05-20



Download 236,38 Kb.
Sana01.02.2022
Hajmi236,38 Kb.
#421537
Bog'liq
Ismoilova Gulnoza borliq falsafasi

Falsafa fani

Guruh: BXA 05-20

Tayyorladi: Ismoilova Gulnoza

Mavzu: Borliq falsafasi.

  • Reja:
  • 1. Borliq falsafaning predmeti.
  • 2. Borliq va uning mavjudlik shakllari.
  • 3. Оlаmning паydо bo’lishi vа evоlyutsiyasi.
  • 4. Olamning xilma xilligi va murakkabligi.

Olam va odam muammolarining tarixiy ildizlari. Bu mavzuga oid masalalar olamda odamning mavjudligi va yashashi, hayoti va faoliyati bilan bog’liq holda shakllangan. Olam tug’risidagi qarashlar odamzodning tarixi qanchalik qadimiy bo’lsa, shunchalik qadimiydir.
Siz bilan biz yashayotgan shu dunyo o’zining barcha murakkabligi va muammolari, jozibadorligi va butun go’zalligi bilan yagona olamni tashkil etadi. Olam tushunchasi, eng avvalo, odam va uning faoliyati kechadigan makonni aks ettiradi
Agar odam bo’lmaganida edi, bu olam haqidagi tasavvurlar ham bo’lmas edi. Demak, olam odam bilan mazmundordir. Olam uni tashkil etuvchi narsalar bilan birgalikda namoyon bo’ladi. Hech narsasi yo’q olam yo’qlikdir. U mavhum tushuncha, ya`ni abstraksiyadir.
Qadimgi davrlardan buyon odam o’zini anglagach, olamning tarkibiy qismi ekanligini tushuna boshladi
Dastlab, uning hayotini ta`minlovchi tirikchilik vositalarining ahamiyatini tushunib etdi va ularni e`zozlash, avaylab-asrash tuyg’usi shakllana boshladi.
Shu tufayli, olam asosida yotuvchi to’rt elementni: havoni, suvni, tuproqni va olovni muqaddaslashtirish singari G’oyalar vujudga keldi hamda olam tug’risidagi sodda kosmologik qarashlar paydo bo’lgan
Umuman, Siz olam deganda nimani tushunasiz?
Olam, eng avvalo, tor ma`noda bu odam yashaydigan joy. Aslida odamzod va hayvonot olami, o’simlik va hasharotlar dunyosi, jismoniy, ruhiy, ma`naviy olam va boshqa shu singari ko’plab tushunchalar bor. Ular dunyoda mavjud bo’lgan narsa va hodisalar nomi bilan ataladi.
Masalan, odamning ruhiy olami uning bilim, tajriba va hayolotini o’z ichiga oluvchi o’ta keng qamrovli tushunchadir. Bunda biz olam odam yashaydigan joy, degan ma`noga qaraganda yanada kengroq mazmunga ega bo’lamiz
Substansiya deganda nimani tushunasiz?
Substansiya – muayyan narsalar, hodisalar, voqealar va jarayonlarning hilma-hil ko’rinishlari ichki birligini ifoda etuvchi va ular orqali namoyon bo’luvchi mohiyatdir. Olamning asosida bitta mohiyat — substansiya yotadi, deb hisoblovchi ta`limotni monizm deb atashadi. Faylasuflar substansiya sifatida biror jismni, hodisani, materiyani, G’oyani yoki ruhni olishgan. Substansiya sifatida moddiy jismlarni, materiyani oluvchilar — materialistik monizm tarafdorlari. G’oyani, ruhni oluvchilar esa – idealistik monizm tarafdorlari hisoblanadilar.
Olamning asosida yotuvchi mohiyatni ahtarish tarixi ham fanning uzoq o’tmishiga borib taqaladi. Masalan, Qadimgi Hindiston va Hitoyda, Misr va Bobilda, Qadimgi O’rta Osiyo va Yunonistonda ba`zi faylasuflar olamning asosida qandaydir modda yoki muayyan unsur yotadi, deb hisoblashgan. Ularning ba`zilari bu unsurni olov, boshqalari suv yoki havo, ayrimlari esa — tuproqdan iborat deb hisoblashgan. Ba`zi bir falsafiy ta`limotlarda esa, olamning asosida — olov, havo, suv va tuproq yotadi, barcha narsalar ana shu to’rtta unsurning birikishidan hosil bo’lgan, deyilgan.
Borliq tushunchasini Siz qanday tushunasiz?
Faylasuflar qadim zamonlardan buyon «borliq» va «yo’qlik» haqida bahs yuritishgan. Ular borliqning vujudga kelishi, mohiyati, hususiyatlari va shakllari haqida ko’plab asarlar yozishgan. Ho’sh, borliq nima? Bu savol bir qarashda juda oddiy ko’ringani bilan unga shu choqqacha barcha kishilarni birday qanoatlantiradigan javob topilgani yo’q. Bu holat borliqqa turlicha nuqtai nazarlardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, ayrim faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan bog’lab tushuntirishadi. Ularning nuqtai nazarlaricha, borliq – ob`yektiv realliknigina qamrab oluvchi tushunchadir.
Yo’qlik hech nima demakdir. Hamma narsani hech narsaga aylantiruvchi, hamma narsaning ibtidosi ham, intihosi ham yo’qlikdir. Bu ma`noda yo’qlik cheksizlik, nihoyasizlik va mangulik bilan birdir. Yo’qlik chekingan joyda borliq paydo bo’ladi. Demak, borliqning bunyodkori ham, kushandasi ham yo’qlikdir. Borliq yo’qlikdan yo’qlikkacha bo’lgan mavjudlikdir. Yo’qlikni hech narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi. Fanda yo’qlik nima, degan savolga javob yo’q.
Islom ta`limotida esa borliq bu ilohiy voqelikdir. Ya`ni u Olloh yaratgan mavjudlikdir. Bu borada vahdati vujud va vahdati mavjud ta`limotlari bo’lgan.
Islom diniga mansub mutafakkirlar borliq haqidagi ta`limotni har taraflama rivojlantirganlar. Masalan, Forobiy fikricha, ilk borliq azaliy Ollohning o’zidir. Beruniy fikricha, borliq shunday umumiylikki, u hamma narsaning asosida yotadi, demak, borliq hamma narsaning asosidir. Yevropada o’tgan olimlar David Yum va Jorj Berkli borliqni sezgilarimiz majmuasi deb talqin etishgan.
Aslida, borliq keng falsafiy tushuncha bo’lib o’ziga butun mavjudlikni, uning o’tmishi, hozir va kelajagini ham qamrab oladi. Faylasuflar borliqni tushuntirish uchun yo’qlik tushunchasini unga antipod qilib olishgan va shu asosda borliqning zaruriy mohiyatini ochishga intilganlar. Materialistik adabiyotlarda borliqni ob`yektiv reallik bilan, materiya bilan aynanlashtirib tushuntirishadi.
Borliq o’ziga ob`yektiv va sub`yektiv reallikni, mavjud bo’lgan va mavjud bo’ladigan olamlarni, moddiylik va ma`naviylikni, o’tmish va kelajakni, o’limni va hayotni, ruh va jismni qamrab oluvchi umumiy tushunchadir.
Borliqning moddiy shakli materiya o’ziga barcha jismlarni, hodisalarni, jarayonlarni va ularning hususiyatlarini qamrab oladi. Bundan tashqari u tafakkurni ham, olamda mavjud bo’lgan barcha aloqadorliklarni va munosabatlarni ham qamrab oluvchi umumiy falsafiy tushunchadir. Borliqning moddiy shakliga hos umumiylikni ahtarishning bir yo’nalishi moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni ahtarish yo’li bo’lib, yuqorida qayd etganimizdek, substansiyani aniqlash yo’lidir.
XX asrning o’rtalariga kelib, kvant mehanikasi, nisbiylik nazariyasi va hozirgi zamon kosmologiyasi sohalaridagi ilmiy yutuqlar kishilarning ob`yektiv olam hakidagi tasavvurlarini tubdan o’zgartirib yubordi. Natijada, tabiatshunos olimlar sezgilarimizga bevosita ta`sir etishining imkoni bo’lmaydigan realliklar haqida ham tadqiqotlar olib bora boshladi.
Olamning klassik mehanika nuqtai nazaridan kelib chiqib, nisbatan kichik tezlikda harakatlanuvchi sistemalar haqidagi ilmiy manzarasi o’rnini yangicha ilmiy manzaralar egallay boshladi. Bu esa materiya haqidagi tasavvurlarning yanada rivojlanishiga sharoit tug’dirdi. Bu o’zgarishlarni hisobga olib, marksist-faylasuflar bu ta`rifga sezgilarimizga bevosita yoki bilvosita (ya`ni turli asboblar; qurilmalar vositasida) ta`sir etuvchi, degan qo’shimcha kiritishdi. Shunday qilib, bu ta`rif go’yo materiyaning moddaviy va nomoddaviy shakllarini, ya`ni modda va antimodda ko’rinishlarini qamrab oluvchi ta`rifga aylandi.
Xulosa : Insoniyat borliqning bir qismidir. Borliqning yaratuvchisi Allohdir! Biz tuproqdan yaraldik va tuproqqa aylanamiz!
E'tiboringiz uchun raxmat!!!
Download 236,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish