Falsafa asoslari



Download 428,67 Kb.
bet5/435
Sana07.03.2021
Hajmi428,67 Kb.
#61049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   435
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

6








BIRINCHI BO‘LIM. FALSAFA

  1. mavzu. Falsafa fanining mazmnn-mohiyati,
    mavzulari va jamiyatdagi o‘rni


«Falsafa» atamasining kelib chiqishi va ushbu fanning maz- mun-mohiyati. «Falsafa» tushunchasining asoslari bayon qilin- gan aksariyat darsliklarda ushbu atama qadimgi yunon tilidagi «filosofiya» so‘zidan olingani va u «donishmandlikni sevish» («filo» — sevaman, «sofiya» — donolik) degan ma’noni anglati- shi ta’kidlanadi.

Shu ma’noda, falsafa barcha fanlar rivojlanishiga asos bo‘ladigan va ulardan oziqlanadigan, ayni paytda ularning rivojlanish yo‘llarini belgilab beradigan umuminsoniy va uni- versal ilm sohasidir. U qadim zamonlardayoq «barcha ilmlar- ning otasi» deb ta’riflangan. Uning hayotiyligi xalq tabiatiga, turmush va tafakkur tarziga nechog‘liq mos ekani, jamiyat manfaatlari va ezgu intilishlarini qay darajada aks ettira oli- shiga bog‘liq.

«Falsafa» atamasi «filosofiya» so‘zining Sharq ijtimoiy tafak- kuridagi shaklidir. Sharqning atoqli faylasufi, mashhur muta- fakkir Abu Nasr Forobiy filosofiya so‘zini «Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «do- nishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida ishlatilgan.

Hayot qonuniyatlarini yaxshi biladigan, umrning o'tkinchi ekani, abadiyat insonga emas, olamga xosligini yaxshi anglab yetgan, o‘zi va o‘zgalar qadrini to‘g‘ri tushunadigan kishi hech qachon «Men — donishmandman» deya ochiq e’tirof etmaydi. Ayniqsa, Sharq xalqlari hayotida bu hol yaqqol ko‘zga tashla-- nadi. Ammo, Forobiy ta’kidlaganidek, hikmatni qadrlash, olam va odam hamda hayotning qadriga yetish — boshqa gap. Shu ma’noda, bizda qadim zamonlarda faylasuf deganda, ko‘pdan- ko‘p ilm sohalarini egallagan, ustoz va muallim sifatida shuhrat qozongan alloma va mutafakkir kishilar tushunilgan.


7





«Filosofiya» atamasini dastlab, matematika fani orqali bar- chamizga yaxshi ma’lum bo‘lgan, alloma Pifagor ishlatgan. Yev- ropa madaniyatiga esa, u yunon faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan. Asrlar davomida filosofiyaga nisbatan xilma-xil qa- rashlar shakllangan, uning jamiyat, inson va fanlar tizimidagi o‘rniga nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar dunyoga kelgan, bu atamaning mohiyat-mazmuni ham o‘zgarib borgan. Shu tariqa, u avvalo, qadimgi Yunonistonda alohida bilim soha- siga, to‘g‘rirog‘i, «fanlarning otasi», ya’ni asosiy fanga aylangan.


Qadimgi Yunonistonda fanlarning barchasini, ular qanday ilmiy masalalar bilan shug‘ullanishidan qat’i nazar, filosofiya deb ataganlar. U ham ijtimoiy borliq, ham tabiat to‘g‘risidagi ilm hisoblanar edi. Shu ma’noda, dastlabki filosofiya olam va unda insonning tutgan o‘rni haqidagi qarashlar tizimi bo‘lib, dunyoni ilmiy bilish zaruratidan vujudga kelgan edi. Uning eng asosiy qadriyati erkinlik tushunchasi ekanini, ana shu erkin hayot to‘g‘risidagi qarashlar buyuk madaniy yuksalishga asos bo'lganini aksariyat olimlar alohida ta’kidlaydilar.

Ushbu fanning shakllanishini faqatgina qadimgi Yunoniston va Rim bilan bog‘lash ham bu borada yetarli tasavvur bermay- di. Chunki ushbu hududning dastlabki faylasufi Fales ko‘p yil- lar Osiyoda bilim olib qaytganidan so‘ng falsafiy fikrlarni alo- hida ilm sohasi sifatida talqin eta boshlagani ma’lum. Alloma Beruniyning «Hindiston» asarida hindlarning dastlabki qarash- lari qadimgi yunonlarniki bilan o‘xshash edi, degan fikri ham bejiz aytilmagan, albatta. Bu o‘z navbatida, falsafiy dunyoqarash- ning qadimgi shakllari barcha xalqlar tarixiga tegishli umumiy hodisa ekanini isbotlaydi.

Aslida esa, Qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan avvalgi VII—III asrlarda ushbu fan endigina shakllanib kelayotgan nazariy fikrning ifodasi, olamni yaxlit va bir butun holda tushunish mujas- samiga aylangan edi. Ushbu fan dastlab saroy ilmi sifatida shakl- langan va asosan mulozimlarning tafakkur tarzini ifodalagan. Bu fan bilan ko‘proq aslzodalar shug‘ullangan, uning asosan ular uchun tushunarli bo‘lgan muayyan tushunchalari va atamalari, o‘ziga xos fikrlash uslublari va bayon qilish tili ham shakllangan.



Download 428,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish