1. “Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi



Download 88,25 Kb.
bet1/10
Sana21.09.2022
Hajmi88,25 Kb.
#849798
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9мавзу


9-MAVZU: ETIKA



  1. “Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi. Ахлоқий тафаккурнинг тараққиёт босқичлари.Gedonizm va evdemonizm ta’limotining axloqiy ahamiyati.

  2. Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlarining shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon bo‘lishi.

  3. Nikoh - eng qadimgi axloqiy munosabat shakli

  4. Nikohning qonuniy va diniy jihatlari.

5.Asosiy axloqiy qadriyatlar. Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg‘unligi.
6.Bioetika – amaliy etikaning nazariy asosi.


Tayanch tushunchalar: Axloqshunoslik, Etika, Axloq, Xulq, Odob, Falsafa, Milliy g‘oya, Noosfera, Etosfera, Biosfera. Muhabbat va nafrat, Ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, Adolat, Vijdon, Burch, Nomus, Ideal, Insonparvarlik, Erkparvarlik, Vatanparvarlik, Millatparvarlik, Tinchlikparvarlik, Jo‘mardlik, Xalollik, Rostgo‘ylik, xushmuomalalik, Kamtarlik. Nikoh, oila, er-xotin, poligam, monogam, mahr farzand tarbiyasi, oila shartnomasi, axloqiy qadriyatlar, nomus, Oila kodeksi, shariy nikoh. Axloqiy madaniyat, Muomala odobi, Suhbat, Imo-ishora, Etiket,Kasbiy odob, Axloqiy tarbiya, Axloqiylik, Tarbiyalanuvchi, Komil inson, Namunaviylik, ommaviy madaniyat, bioetika.


1. “Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel o‘z davrida mavjud fanlarni ta’riflarkan, ularni uchta guruhga ajratadi: nazariy fanlarga falsafa, matematika, fizikani; ijodiy fanlarga san’at, badiiy hunarmandchilikni; amaliy fanlarga esa etika va siyosatni kiritadi. SHu tariqa Etika falsafa doirasidan ajralib chiqadi va mustaqil fan sifatida shakllana boshlaydi. Hozirgi vaqtda «Etika» ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan fandir. «Etika» (axloqshunoslik)–axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqidagi fandir. U boshqa ijtimoiy fanlar singari o‘z qonunlari va kategoriyalariga ega bo‘lib, ular orqali o‘z xulosalarini bayon qiladi. «Axloq» so‘zi aslida arabcha so‘z bo‘lib, xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya degan ma’nolarni anglatadi. Hozirgi vaqtda bu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarning majmuini aks ettiradi. Jamiyatning axloqiy hayoti deb kishilarning ijtimoiy, siyosiy va xuquqiy faoliyatida, oilasida va kundalik turmushida yuzaga keladigan o‘ziga xos munosabatlari shakliga aytiladi. Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko‘rish mumkin: axloq umumiy tushuncha sifatida etikaning tadqiqot ob’ektini anglatsa, yakka tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining o‘ziga xos ko‘rinishini anglatadi.
Xususan «odob», «xulq-atvor» ma’nolarida ham ishlatiladi. Aslida «axloq» va «odob» tushunchalari bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi.
A. Sher «Axloqshunoslik» kitobida ko‘rsatishicha, «Odob-inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Axloq esa–jamiyat, zamon insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisidir».1
Axloq inson va jamiyat o‘rtasidagi ob’ektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, har bir shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan prinsip va normalar majmuidir.
Axloq ijtimoiy xodisa sifatida insoniyat jamiyati vujudga kelishi bilan bir vaqtda jamoalar bilan shaxslar o‘rtasidagi ehtiyoj va manfaatlarga xizmat qiluvchi aloqa tarzida vujudga kelib, o‘zining tarixiy taraqqiyotida:

  • insonning tabiiy xislatlarini o‘zgartiruvchi, yaratuvchi faoliyati shaklida umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi;

  • jamiyatda yashovchi har bir shaxsni har tomonlama kamol toptiruvchi ma’naviy-ijtimoiy omil asoslaridan biri;

  • kishilarning ichki tuyg‘ularini, hissiyotlarini o‘stirib, umuminsoniy moddiy va ma’naviy qadriyatlarini anglab etish, ularni asrash va kelgusi avlodlarga etkazib berish yo‘llaridan eng afzali;

  • oila va kundalik turmushda mavjud bo‘lgan oilaviy burch, o‘zaro hurmat, sadoqat, or-nomus kabi an’analarni nasldan-naslga, avloddan-avlodga o‘tkazish asosida davom ettirish vositasi;

  • adolatli jamiyat qurish va unda boy-badavlat, tinch-totuv, baxtli yashash g‘oyasi sifatida muntazam ravishda rivojlanib kelgan va rivojlanadi.

Axloqning negizini jamiyatning tarkibiy tuzilishi, xususan, undagi mulkiy munosabatlar, mehnat taqsimoti, aholining yoshi va ularning ehtiyoj va manfaatlari belgilaydi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosini xilma-xil shakllardagi mulklar tashkil etayotgan bir vaqtda, uni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini:

  • umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

  • xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

  • insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

  • vatanparvarlikni tashkil qiladi. SHubhasizki, ana shu negizlar asosida O‘zbekiston xalqlarining yangicha mazmundagi ma’naviy-axloqiy dunyosi shakllanadi va qaror topadi. Bu esa, o‘z navbatida xalqimiz axloqining negizini belgilab beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Axloqning jamiyat xayotida tutgan o‘rni u bajaradigan funksiyalar bilan belgilanadi.

Regulyativ funksiyasi – axloqning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Regulyativ funksiya shaxs, xizmat jamoasi, davlat va jamoat institutlari faoliyatini jamiyatda mavjud bo‘lgan axloqiy normalar asosida boshqarib turishni anglatadi. SHu maqsadda bir qancha vositalarga tayanadi: axloqiy prinsiplar, jamoatchilik fikri, axloqiy avtoritet, an’analar, urf-odatlar va hokazo. Axloq nafaqat alohida shaxs, balki butun jamiyatning ham hulq-atvorini boshqaradi.
Aksiologik funksiyasi (baholash) – yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday axloqiy xatti-harakat u yoki bu qadriyatlar sistemasi orqali baholanadi. «Axloqiy-axloqsiz», «yaxshi-yomon» nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda xatti-harakatlar, munosabatlar, motivlar, qarashlar, shaxsiy sifatlar baholanadi. Axloq inson tomonidan qadriyatlarni o‘zlashtirish, ularni rivojlantirishni ham nazorat qiladi.
Informatsion (bilish) funksiyasi- axloqiy bilimlar hosil qilishga qaratilgan bo‘lib, axloqiy prinsiplar, normalar, kodekslar ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar haqidagi informatsiya manbai hisoblanadi. SHu bilan birga odatiy va ekstremal vaziyatlarda, konfliktli va tang holatlarda axloqiy tanlov masalasiga e’tibor qaratiladi. Demak, axloq olamni, insonni, uning mohiyatini, hayotining ma’nosini anglashga yordam beradi.
Tarbiyaviy funksiyasi–har qanday tarbiya tizimi – bu eng avvalo axloqiy tarbiya tizimi hisoblanadi. Axloqiy tarbiya axloqiy norma, odat, an’ana, umumiy xulq-atvor namunalarini aniq tashkiliy tizim holiga keltiradi, axloqiy bilimlarni axloqiy ishonch-e’tiqodga aylantiradi, konkret vaziyatlarda axloqiy bilim va ishonch-e’tiqodni qo‘llashda ijodiy yondashuvga o‘rgatadi. Demak, axloq nafaqat norma va qoidalarga rioya qilishni, balki o‘z-o‘zini nazorat qilishga o‘rgatadi.
SHu erda, axloqning alohida funksiyalarini ajratish shartli xarakterga ega ekanligini qayd qilish lozim. Chunki real hayotda ular bir-biri bilan uyg‘un holda namoyon bo‘ladi. Axloq bir vaqtning o‘zida boshqaradi, tarbiyalaydi, yo‘naltiradi va hokazo.
“Etika”ning boshqa ijtimoiy-falsafiy fanlardan farqi shundaki, u aksiologik xususiyatga ega. Ya’ni, axloqiy bilimlar insoniy munosabatlar va ijtimoiy voqelik hodisalarini baholash asosida vujudga keladi. Bu baholashning asosiy mezoni kishilarning «nima yaxshi-yu nima yomonligi» haqidagi tasavvurlari hisoblanadi. Bunday baholash ham jamiyatga, ham alohida shaxsga xosdir. Shu tariqa axloqiy qadriyatlardan ijtimoiy va individual tizimlar vujudga keladi. Bu tizimlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, har bir insonda turlicha namoyon bo‘ladi. Shaxs faoliyatida ijtimoiy qadriyatlar tizimi ustun bo‘lsa, u ijtimoiy hayotda faol ishtirok etadi, uning dunyoqarashida jamoatchilik tamoyili ustun bo‘ladi. Aksincha bo‘lsa, inson o‘zining shaxsiy manfaatlarini ustun qo‘yadi, dunyoqarashida individualizm prinsipi ustun bo‘ladi.
Aslida axloqiy ideallar, tamoyillar va normalar kishilarning adolat, insoniylik, ezgulik, yovuzlik, ijtimoiy farovonlik haqidagi tasavvurlaridan kelib chiqqan. Bu tasavvurlarga mos keluvchi xatti-harakatlar axloqiy deb, zid keladigan xatti-harakatlar axloqsizlik deb e’lon qilingan.
Boshqacha qilib aytganda, kishilar fikricha jamiyat va shaxs manfaatlariga mos keladigan, insonlar uchun foydali bo‘lgan xatti-harakatlar axloqiydir. Albatta, bu tasavvurlar tarixiy taraqqiyot davomida o‘zgarib borgan, turli sinflar, ijtimoiy guruhlarda turlicha bo‘lgan.
SHuningdek, atoqli faylasuf Erkin Yusupovning: «Umuman, axloq ijtimoiy munosabatlar zaminida alohida shaxs sifatida mavjud bo‘lgan insonlarning o‘z-o‘zini idora qilish shakllari va me’yori, o‘zaro muloqot va munosabatlarda ularga xos bo‘lgan ma’naviy kamolot darajasining namoyon bo‘lishidir»-degan ta’rifi ham diqqatga sazovor.2
Axloqshunoslik qadimda fizika, metafizika va mantiq bilan birgalikda falsafaning uzviy (uchinchi) qismi hisoblanar edi. Keyinchalik (Arastudan so‘ng) u alohida falsafiy yo‘nalishdagi fan maqomini oldi. Bu fikrni quyidagicha kengaytiribroq talqin etish mumkin. Ma’lumki, falsafaning fanlar podshosi sifatidagi vazifasi barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, insoniyatni haqiqatga olib borishdir. Shundan kelib chiqqan holda, falsafaning predmetini tafakkur deb belgilash maqsadga muvofiq. Axloqshunoslik axloqiy tafakkur taraqqiyotini, uning nazariy muammolarini tadqiq etadi va amaliyotda insonni ezgulik orqali haqiqatga olib borishga xizmat qiladi. Shu bois uni axloq falsafasi yoxud ezgulik falsafasi deb ham atash mumkin.
Bugungi kunda falsafiy fan sifatida uch yo‘nalishda ish olib boradi, ya’ni axloqshunoslik axloqni: 1) bayon qiladi; 2) tushuntiradi; 3) o‘rgatadi. Shunga ko‘ra, u tajribaviy-bayoniy, falsafiy-nazariy va mezoniy-me’yoriy tabiatga ega. Qadimgilar uni amaliy falsafa deb ataganlar. Zero, sof nazariy axloqshunoslikning bo‘lishi mumkin emas. U insoniyat o‘z tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikmatlar, naqllar, matal-maqollar tarzida bayon etadi, kishilarni axloqiy qonun-qoidalarga o‘rgatadi, ularga axloqning mohiyatini tushuntiradi va falsafiy xulosalar chiqaradi. Ya’ni axloqshunoslik fanida Aflotun, Arastu, Epikur, Sitseron, Seneka, Avgustin, Forobiy, Ibn Sino, G‘azzoliy , Nasafiy, Spinoza, Kant, Hegel, Shopenhauer, Foyerbax, Kirkegaard, Nitsshe, Vl. Solovyov, Losskiy singari buyuk faylasuflar yaratgan axloq nazariyasiga doir ta’limotlar bilan birgalikda «Panchatantra», «Qutadg‘u bilik», «Qobusnoma», Sa’diyning «Guliston», Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Montenning «Tajribanoma», Laroshfukoning «Hikmatlar», Gulxaniyning «Zarbulmasal» kabi amaliy axloqqa bag‘ishlangan asarlari ham o‘z mustahkam o‘rniga ega. Axloqshunoslikning boshqa falsafiy fanlardan farqi ham, o‘ziga xosligi ham undagi nazariya bilan amaliyotning ana shunday omuxtaligidadir.
Axloqshunoslik va estetika. Axloqshunoslik boshqa ijtimoiy va falsafiy fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning estetika bilan aloqasi qadimiy va o‘ziga xos.
Avvalo, insonning har bir xatti-harakati va niyati ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo‘ladi, ya’ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik (ichki go‘zallik), ham nafosat (tashqi go‘zallik) xususiyatlarini mujassam qiladi. Shu bois Suqrot, Aflotun, Forobiy singari qadimgi faylasuflar ko‘p hollarda axloqiylikni ichki go‘zallik, nafosatni tashqi go‘zallik tarzida talqin etganlar. Bundan tashqari, ma’lumki, san’at nafosatshunoslikning asosiy tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Har bir san’at asarida esa axloqning dolzarb muammolari ko‘tariladi hamda san’atkor doimo o‘zi yashayotgan zamonda erishilgan eng yuksak axloqiy daraja va unga munosabatni badiiy qiyofalar orqali bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi. Ayni paytda, bu ikki fanda ba’zan bir tushunchaning ikki xil ko‘rinishini uchratish mumkin. Chunonchi, estetikasidagi ulug‘vorlik tushunchasi, axloqshunoslikda qahramonlik tarzida tavsiflanadi. SHuningdek, estetikada ildizi axloqshunoslikka borib taqaladigan inson axloqiyligi darajasi bilan bog‘liq xulqiy go‘zallik degan tushuncha ham mavjud. Demak, estetika o‘rganayotgan har bir badiiy asar ayni paytda, ma’lum ma’noda, axloqshunoslik nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan bo‘ladi.
Axloqshunoslik va dinshunoslik. Axloqshunoslikning dinshunoslik bilan aloqasi shundaki, har ikkala fan ham bir xil muammo - axloqiy mezon muammosini hal etishga qaratilgan. CHunki umumjahoniy dinlar vujudga kelguniga qadar mavjud bo‘lgan ma’lum urf-odatlar va qadriyatlar muayyan diniy qonun-qoidalarga, muqaddas diniy kitoblarga katta ta’sir ko‘rsatgan. Ayni paytda, dinlar ham axloqqa ana shunday ta’sir o‘tkazganlar.
CHunonchi, islom dinini oladigan bo‘lsak, Qur’oni karim, Hadisi sharif, Ijmo’ va muayyan fatvolardagi mezonlar hamda talablar musulmon Sharqi millatlari axloqiy darajasining shakllanishida katta ahamiyat kasb etgan. Tasavvuf ta’limotini esa rosmana islomiy axloq falsafasi deyish mumkin. Shuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi. Farq shundaki, axloqshunoslik bu muammoga zamonaviy tarbiya nuqtai nazaridan yondashadi.
Axloqshunoslik va huquqshunoslik. Axloqshunoslikning huquqshunoslik bilan aloqasi uzoq tarixga ega. Ma’lumki, juda ko‘p hollarda axloq me’yorlari bilan huquq me’yorlari mohiyatan va mazmunan bir xil bo‘ladi. SHunga ko‘ra, axloqni jamoatchilik asosidagi huquq, huquqni esa qonuniylashtirilgan axloq deb atash mumkin. Zero, axloqshunoslik bilan huquqshunoslikning tadqiqot ob’ektlari ko‘p jihatdan o‘xshash, ular faqat yondashuv usuli nuqtai nazaridan farq qiladi, ya’ni huquq me’yorlarining bajarilishi, odatda, maxsus adliya idoralaridagi lavozimli kishilar orqali, majburiy sanksiyalar vositasida yo‘lga qo‘yiladi; axloq me’yorlari esa umumiy qabul qilingan milliy urf-odatlar, jamoatchilik fikri yordamida, alohida belgilangan kishilar tomonidan emas, balki muayyan ijtimoiy guruh, jamiyat tomonidan amalga oshiriladi.
SHuningdek, huquqshunoslik kasbi uchun muhim bo‘lgan amaliy axloq jihatlarini axloqshunoslikning huquqshunos odobi deb ataladigan maxsus sohasi tadqiq qiladi va tavsiya etadi.
Axloqshunoslik va pedagogika. Axloqshunoslik pedagogika bilan ham chambarchas aloqada. Pedagogikadagi shaxsni shakllantirish, tarbiyalash, ta’lim berish jarayonlarini pand-nasihatlarsiz, odobnoma darslarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu bois axloqshunoslik o‘zining nazariy va, ayniqsa, amaliy jihatlari bilan pedagogikaning asosi hisoblanadi. Zero, maorif tizimidagi ta’lim-tarbiya o‘zini har bir qadamda axloqiy tarbiya sifatida namoyon qiladi.
Axloqshunoslik va ruhshunoslik. Qadimdayoq axloqshunoslikning ruhshunoslik (psixologiya) bilan aloqasi alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Zotan, bu ikkala fan kishilar xatti-harakati, fe’l-atvori va mayl-istaklarini o‘rganadi. Lekin bu o‘rganish ikki xil nuqtai nazardan olib boriladi: ruhshunoslik u yoki bu xatti-harakat, fe’l-atvor, sababiy asos (motiv)larning ruhiy tabiati va shakllanish shart-sharoitlarini ochib beradi, axloqshunoslik esa ruhshunoslik tadqiq etgan hodisalarning axloqiy ahamiyatini tushuntiradi. Ruhshunoslik hissiyotlar sifatida o‘rganadigan insondagi ko‘pgina ma’naviy hodisalar axloqshunoslik tomonidan falsafiy-axloqiy tushunchalar tarzida tadqiq etiladi.
Axloqshunoslik va sotsiologiya. Axloqshunoslikning ijtimoiyshunoslik (sotsiologiya) bilan aloqasi o‘ziga xos. Bu ikkala fan inson faoliyatini boshqarishning ijtimoiy murvatlaridan bo‘lmish axloqni o‘rganadi. Lekin axloqshunoslikning miqyosi bu borada keng. Ma’lumki, sotsiologiya insonlarning ommaviy xatti-harakati va ularning qonuniyatlarini faqat muayyan ijtimoiy tuzum doirasidagina tadqiq etadi. Axloqshunoslik esa, o‘z mohiyatiga ko‘ra, lozim bo‘lganda, muayyan ijtimoiy tuzum yoki davr doirasidan chiqib, inson axloqining yuksak yutug‘i sifatida kelgusi davrlar uchun ham tarixiy va axloqiy ahamiyat kasb etgan shaxsiy, istisnoli xatti-harakatlarni hamda ularning sababiy asoslarini o‘rganadi.
Axloqshunoslik va ekologiya. Keyingi paytlarda axloqshunoslikning ekologiya bilan aloqasi tobora mustahkamlanib bormoqda. Tarixan axloqshunoslik ko‘proq insonning o‘zi, o‘zgalar va jamiyat oldidagi majburiyatlarini tahlil etish bilan shug‘ullangan, uning tabiatga bo‘lgan munosabati diqqat markazidan chetda qolib kelgan. Lekin keyingi davrlarda, ayniqsa, XX va XXI asrda tabiatga nisbatan tor manfaatparastlik doirasidagi yondashuvlar oqibatida paydo bo‘lgan ekologik buhron manzarani o‘zgartirdi. Endilikda global ekologik muammolar ko‘proq odamlarning ijtimoiy-axloqiy nuqtai nazarlariga bog‘liq ekani ma’lum bo‘lib qoldi.
Shunday qilib, hozirgi kundagi ekologik muammolarni hal etishning ko‘p jihatlari axloqshunoslik ko‘magiga borib taqalmoqda. XX asrda ekologik axloqshunoslik degan maxsus soha ham yuzaga keldi. Lekin, bu-axloqshunoslik ekologiyani to‘liq o‘z ichiga oladi, degan so‘z emas. Chunki axloqshunoslikda axloqiy baholash va boshqarish ob’ekti sifatida tabiatning o‘zi emas, balki odamning tabiatga bo‘lgan munosabati maydonga chiqadi.
Axloqshunoslik va milliy g‘oyalar falsafasi. Garchand o‘quv fani sifatida milliy g‘oya oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida yaqinda joriy etilgan bo‘lsa-da, uning ildizlari qadimiy ma’naviyat tariximizga borib taqaladi. Zero, har bir milliy mafkura tizimida axloqiy g‘oyalar albatta o‘z o‘rniga ega bo‘ladi, ko‘pgina axloqiy g‘oyalar zamirida esa milliy mafkura unsurlari yotadi. Shu sababli, axloqshunoslik tarixini milliy g‘oya, mafkura tushunchalarisiz va tarixiy davrlarning axloqiy-falsafiy tadqiqini ularning tahliliy in’ikosisiz tasavvur qilish mumkin emas.
Axloqshunoslik fani jamiyat a’zolari va har bir fuqaroga milliy g‘oyani singdirish vositasi sifatida ham diqqatga sazovor. Chunki milliy g‘oya ezgulikka muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat-e’tibor, vatanparvarlik, millatparvarlik, fidoyilik, ziyolilik tamoyillarini siyosiy anglash ishtirokida talqin etilgan tushunchalar tizimi tarzida taqdim qilsa, axloqshunoslik ularni axloqiy anglash vositasida ro‘yobga chiqadigan tamoyillar sifatida olib qaraydi. Xullas, axloqshunoslik bilan milliy g‘oya o‘rtasida, xalqona til bilan aytadigan bo‘lsak, et bilan tirnoq darajasidagi yaqinlik mavjud.
Jamiyatimizdagi hozirgi yangilanish jarayonida axloqshunoslikning o‘z o‘rni bor. Uning oldida yangi demokratik va huquqiy davlat barpo etishga kirishgan mamlakatimiz fuqarolarining, ayniqsa, yoshlarning axloqiy darajasiga mas’ullik va har tomonlama kamol topgan zamon kishisi tarbiyasini nazariy asoslashdek ulkan vazifalar turibdi. Ularni faqat qadimiy va har doim zamonaviy bo‘lib kelgan axloqqa yangicha yondashuvlar asosidagina amalga oshirsa bo‘ladi.
Yangicha yondashuvlardan biri-axloqshunoslikda milliy g‘oya va mustaqillik mafkurasiga e’tiborni kuchaytirish bilan bog‘liq. CHunki zamonaviy komil inson an’anaviy axloqiy qadriyatlar bilan yo‘g‘rilgan yangicha mafkuramizni o‘zida mujassam etgan, milliy g‘oyani o‘z ruhiy olamiga singdirgan etuk shaxs bo‘lmog‘i lozim. Uning qalbida axloq mafkuraviylikni va mafkura axloqiylikni o‘zida uyg‘unlashtirgan ma’naviy hodisalarga aylanmog‘i kerak. CHunki mafkura bir yoqlama, mahdud, o‘ta siyosiylashtirilgan g‘oyalar tizimi emas, u ham xuddi axloq kabi, axloq bilan yonma-yon turib, insonni yuksak ma’naviy parvozlarga da’vat etuvchi botiniy kuchdir. Islom Karimov buni teran mantiqiylik bilan shunday ifodalaydi: «U insonga faqat moddiy boyliklar va moddiy ne’matlar uchun emas, avvalo, Alloh taolo ato etgan aql-zakovat, iymon-e’tiqod tufayli yuksak ma’naviyatga erishish uchun intilib yashash lozimligini anglatadigan, bu murakkab va tahlikali dunyoda uning taraqqiyot yo‘lini yoritadigan mayoqdir»3.
Zero, milliy g‘oya bilan umumbashariy qadriyatlar muvozanatini barqaror saqlashni yashash sharti deb bilgan mustaqillik mafkurasi axloqni to‘ldiruvchi va boyituvchi hodisa sifatida o‘zining bosh maqsadini axloqiy vazifalarga hamohang tarzda amalga oshiradi. SHu bois Islom Karimov: «Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas’uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo‘lishiga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish - milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir», - deganida mutlaqo haqdir.4
Bundan tashqari axloqshunoslikning sof «ichki» vazifalari ham mavjudki, ular haqida to‘xtalib o‘tmaslik mumkin emas. Eng avvalo milliy-mintaqaviy axloqiy tafakkurning tizimli, ilmiy xolislik bilan yo‘g‘irilgan tarixini yaratish va sho‘rolar tuzumi ta’qiqlagan yoki unitilgan axloqiy qadriyatlarni tiklash muhim. Ayni paytda axloq nazariyasining dolzarb masalalarini hal etish, chunonchi, axloqiy tushunchalarni tasniflashtirish, turkumlashtirish, axloqiy madaniyatning nazariy jihatlarini ishlab chiqish, kasbiy odobning zamonaviy nazariy asoslarini yaratish kabi murakkab vazifalar ham echimini kutmoqda.

Download 88,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish