111
ning takrorlanishi, zamonda orqaga qaytishlar ham sodir bo£lib turadi. Ba’zida taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida oldingi bosib o‘tilgan davr takrorlangandek bo‘ladi, ammo bu ilgarigidan farq qiladigan, boshqacharoq tarzdagi takrorlanishdir.
Hech qachon bir xil tong otmaydi, deb bejiz aytmaydilar. Hol- buki, har kuni tongda o‘sha quyosh chiqadi, o‘sha tog‘u toshlarni, bog‘u biyobonlarni, biz yashayotgan zaminni yoritadi. Odamlar ham, ish va tashvishlar ham hamon o‘sha-o‘shadek. Kimdir ishga shoshadi, kimdir o‘qishga, kimdir yana ilgarigi kundek bekor- chilikdan zerikadi... Ammo dunyo o‘zgarmadimi bu bir kunning ichida? Unda minglab bolalar tug‘ilmadimi, son-sanoqsiz jara- yonlar ro‘y berib, Yer sayyorasining turli burchaklaridan boshqa joylarga qanchadan-qancha axborotlar tarqatilmadimi? Ona za- min o‘z o‘qi va quyosh atrofida aylanishini davom ettirmadimi? Bularning barchasi bir kunu-tunda ro‘y bergan botiniy va zohiriy o‘zgarishlarning namoyon bolishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |