Mehnat — turmush estetikasining muhim omili. Insonning aqliy yoki jismoniy kuchi bilan amalga oshiriladigan maqsadli faoliyati mehnat deb atalishi ma’lum. U ma’naviy va moddiy ji- hatdan odamzod hayotini farovonlashtirish, ma’naviy hamda moddiy qadriyatlarni yaratish vositasi. Mehnatda inson ayni pay- tda ham aqliy, ham jismoniy tomondan tarbiyalanib, ma’naviy yuksalib boradi. Biroq mehnat og‘ir majburiyatga aylangan joyda uning bu xususiyatlari yo‘qoladi. Shu sababli mehnat har jihat- dan yuksak samara berishi uchun erkin bo‘lishi, mehnat jarayoni ijodiy va qiziqarli kechishi lozim. Agar mehnat erkin va ijodiy
Do'stlaringiz bilan baham: |