Kasb estetikasi estetik madaniyatning eng yuksak shakllaridan biridir. Har bir kasb o‘ziga xos axloqiy me’yorlariga ega bolgani kabi, o‘z mehnat faoliyati taqozo etadigan estetik me’yorlarga ham egadir. Kasb etikasi kabi kasb estetikasi xususida Kaykovus, Alisher Navoiy, Umar Xayyom kabi mutafakkirlarimiz o‘z qarash- larini bayon etishgan. Xususan, Kaykovus «Qobusnoma» asarida bir qancha kasblar xususida fikr bildiradi. «Hofiz va sozandalik zikrida» bobida «Ey farzand, agar hofiz bo‘lsang, xushfe’l, quvnoq bo‘l, hamisha pok, mutayyab va xushzabon bo‘lg‘il va o‘z ishing- ga mashg‘ul bo‘lgil, yaramas xulq qo‘pol bashara bo‘lmag‘il» deb ta’kidlaydi.
Inson voyaga yetib, bir kasbning boshini tutgach, o‘z kasbi doirasida kishilar bilan muntazam munosabatda bo‘ladi. Bu mu- nosabat, bir tomondan hamkasblar davrasida ro‘y bersa, ikkin- chi jihatdan, u kasb talabiga binoan uchrashadigan turli toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi. Mana shu vaziyatda kasb esteti- kasi muhim rol o'ynaydi. Kasb etikasi va kasb estetikasi o‘zaro
Do'stlaringiz bilan baham: |