Davlat krediti



Download 14,92 Kb.
Sana21.06.2022
Hajmi14,92 Kb.
#686680
Bog'liq
moliya123


Davlat krediti
Davlat krediti hokimiyat va boshqaruv organlari orqali, bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, jismoniy va yuridik shaxslar oʼrtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iborat boʼlib, unda davlat qarz oluvchi, kreditor (qarz beruvchi) va kafil sifatlarida maydonga chiqadi.
Bunday iqtisodiy (kredit) munosabatlarning klassik shaklida davlat, odatda, mablagʼlarni qarz oluvchi boʼlib hisoblanadi.Аgar davlat yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarish va haq asosida mablagʼlarni taqdim etib, kreditor sanalsa, unda amalga oshirilishi lozim boʼlgan operatsiyalar hajmi ancha kamayadi.Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan olingan qarzlarni uzish yoki ularning boshqa majburiyatlarini bajarish javobgarligini davlat oʼz zimmasiga olgan holatda, u kafilga aylanadi. Markazlashtirilgan pul fondlarining oʼlchamiga bevosita taʼsir koʼrsatuvchi kredit munosabatlarining dastlabki ikki koʼrinishidan (qarz oluvchi va kreditor) farq qilgan holda davlat tomonidan kafolatning berilishi oʼsha markazlashtirilgan pul fondining, albatta, oʼzgarishiga olib kelmasligi mumkin. Аgar qarzdor oʼzining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar boʼyicha toʼliq hajmda va oʼz vaqtida hisob-kitob qilishni uddalay olsa, kafil hech qanday qoʼshimcha xarajatlarni amalga oshirmaydi. Biroq amaliyotda yetarli darajada ishonchli boʼlgan qarz oluvchilar davlat kafolatiga muhtoj boʼlmaydi. Ular mustaqil ravishda kredit bozoridan mablagʼlarni jalb qilishga qodirdir. Odatda, davlat kafolatlari yetarli darajada ishonchli boʼlmagan qarz oluvchilarga nisbatan qoʼllaniladi va bu narsa shunga mos ravishda, markazlashtirilgan pul fondidan xarajatlarning oʼsishiga olib keladi.
Davlat krediti iqtisodiy kategoriya sifatida ikki koʼrinishdagi – moliya va kredit – pul munosabatlarining oʼrtasida joylashgan boʼlib, shunga mos ravishda, u ham moliyaga va ham kreditga tegishli boʼlgan xususiyatlarga egadir. Moliya tizimining alohida olingan boʼgʼini sifatida esa davlat krediti davlatning markazlashtirilgan pul fondlarini (byudjet va byudjetdan tashqari fondlarni) shakllantirish va ulardan foydalanish jarayoniga xizmat qiladi.
Davlat krediti iqtisodiy kategoriya sifatida ikki koʼrinishdagi – moliya va kredit – pul munosabatlarining oʼrtasida joylashgan boʼlib, shunga mos ravishda, u ham moliyaga va ham kreditga tegishli boʼlgan xususiyatlarga egadir. Moliya tizimining alohida olingan boʼgʼini sifatida esa davlat krediti davlatning markazlashtirilgan pul fondlarini (byudjet va byudjetdan tashqari fondlarni) shakllantirish va ulardan foydalanish jarayoniga xizmat qiladi.
Davlat qimmatli qogʼozlarini sotish-sotib olish yoki ularning garovi asosida kreditlar berish boʼyicha Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar mamlakat tijorat banklari likvidligini tartibga solishning muhim instrumentlaridan biri boʼlib hisoblanadi.
Moliyaviy bozorda qarz oluvchi sifatida maydonga chiqib, davlat qarziy mablagʼlarga boʼlgan talabni oshiradi va buning hisobidan kredit baholarining ortishiga oʼz taʼsirini koʼrsatadi. Davlatning talabi qancha yuqori boʼlsa, boshqa sharoitlar teng boʼlgan taqdirda, ssuda foizining darajasi shuncha yuqori boʼladi va tadbirkorlar uchun kredit shunchaga qimmatlashadi. Qarziy mablagʼlarning qimmat ekanligi ishlab chiqarish sohasiga tadbirkorlar investitsiyalarining qisqarishiga majbur qiladi va bir vaqtning oʼzida, u davlat qimmatli qogʼozlarini sotib olish koʼrinishidagi fondlarni ragʼbatlantiradi.Maʼlum chegaraga yetgunga qadar bu jarayon ishlab chiqarishga keskin salbiy taʼsir koʼrsatmaydi. Аgar mamlakatda erkin kapitallar yetarli darajada boʼlsa, ular toʼliq qoʼshib olingunga qadar salbiy taʼsir darajasi nolьga teng boʼlib qolaveradi. Faqat shundan keyingina moliyaviy bozordagi davlatning faolligi ssuda foizining oʼsishida oʼz ifodasini topadi, pul fondlari katta qismining nounumli foydalanilishga jalb qilinishi esa iqtisodiy oʼsish surʼatlarini susaytiradi.
Davlat kreditini boshqarishni keng va tor maʼnolarda koʼrib chiqish mumkin. Keng maʼnoda davlat kreditini boshqarish deyilganda qarzdor, kreditor va garant (kafil) sifatida davlatning faoliyati bilan bogʼliq boʼlgan uning moliyaviy siyosati yoʼnalishlaridan birini shakllantirish tushuniladi. Moliyaviy siyosatning yoʼnalishlaridan biri sifatidagi davlat kreditini boshqarish davlatning boshqaruv va hokimiyat organlari qoʼlidadir. Faqat ular byudjet defitsitining umumiy hajmini va demak, uni moliyalashtirish uchun zarur boʼlgan qarzlarning hajmini, pul muomalasi, kredit, ishlab chiqarish, aholi bandligiga taʼsir qilishning asosiy yoʼnalishlari va maqsadlarini hamda kichik biznes va mamlakat ayrim mintaqalarini qoʼllab-quvvatlash boʼyicha umumdavlat dasturlarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini aniqlaydi. Davlat byudjetining doimiy yoki xronologik tarzda defitsitliligi va yuqori darajadagi davlat qarzlarining mavjudligi hozirgi sharoitda sanoati rivojlangan barcha davlatlarga xosdir. Davlatning kredit ekspansiyasi natijasida boshqa qarz oluvchilar moliyaviy bozordan siqib chiqarilayapti, kreditga nisbatan boʼlgan yuqori foiz stavkalari hamon saqlanib qolmoqda. Davlat qarzlariga xizmat qilish boʼyicha katta xarajatlar soliq tushumlarining katta qismini oʼziga tortayapti. Shuning uchun ham byudjet defitsiti va davlat qarzini qisqartirish sanoati rivojlangan mamlakatlar boshqaruv organlari tomonidan eng dolzarb masalalardan biri sifatida eʼtirof etilayapti. Tor maʼnoda davlat kreditini boshqarish deyilganda davlat qarziy majburiyatlarini muomalaga chiqarish va joylashtirish, davlat qimmatli qogʼozlar bozorini tartibga solish, davlat qarziga xizmat koʼrsatish va uni qaytarish (uzish), ssuda va garantiyalar taqdim etish bilan bogʼliq boʼlgan harakatlar majmui tushuniladi.
Davlat kreditini boshqarish jarayonida quyidagi vazifalarni yechish koʼzda tutiladi:
1.qarzdorning qarzi qiymatini minimallashtirish;
2.bozorni davlatning qarziy majburiyatlari bilan ortiqcha toʼlib ketishiga va ular kursining keskin tebranishiga yoʼl qoʼymaslik;
3.jalb qilingan mablagʼlardan samarali foydalanish va ajratilgan kreditlarning maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
4.kreditlarning oʼz vaqtida qaytrilishini taʼminlash;
5.moliyaviy siyosat bilan aniqlangan vazifalarni maksimal yechish.
Davlat kreditini boshqarishni boshqaruv organlari, moliya va kredit institutlari amalga oshiradi. Uni operativ boshqarish esa mamlakat hukumatining rahbarligi ostida Moliya vazirligining Markaziy bank bilan hamkorligida taʼminlanadi.
Download 14,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish