364
hayotiy tajriba, tabiati va ehtirosi ta’siri ostida u yoki bu estetik qadriyatlar tabiat hodisalari, inson moddiy faoliyati mahsulotlari, badiiy qiymatlarga ko‘proq moyillik vujudga keladi. Estetik ong bilan badiiy ongni tenglashtirib bo‘lmaganidek, estetik did bilan badiiy didni ham tenglashtirish mumkin emas. Estetik did badiiy ■ rd bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘p jihatdan uning ustiga quriladi, lekin bilan qo‘shilib ketmaydi. Badiiy va estetik did o‘rtasidagi tafo- at ularning turlicha idrok etish obyektlariga ega bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Ikki did o‘rtasidagi farqni hisobga olish bilan birga, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo ymaslik lozim. Badiiy did hamma vaqt estetik didga asoslanadi, undan kelib chiqadi.
Xuddi Shuningdek, estetik did axloqiy did bilan mutanosib- likda rivojlanib boradi. Zero, insonning qalb nafosati va ezgu ax- loqiy qiyofasi uyg‘unlikda uning go‘zalligini yaxlitlikda namoyon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |