Zamonaviy shaharsozlik estetikasi inson kamolotida muhim o‘rinni egallaydi. Har bir viloyat, shaharnin; o‘ziga xos shahar- sozlik an’analari mavjud bo‘lib, ular davrlar mobaynida takomil- lashib, milliy va zamonaviy an’analarni uyg‘unlashtirib boradi.
349
Mustaqillik yillarida shaharsozlik beqiyos o‘zgarishlarga, taraqqiyotga yuz tutdi. Shaharlarda nafaqat tarixiy obidalar qayta tiklandi, balki ziyoratgohlar obodonlashtirildi, qator zamonaviy kasb-hunar kollejlari, maktablar, zavodlar, fabrikalar, sport may- donlari, shifoxonalar, mehmonxonalar, istirohat bog‘lari, xiyo- bonlar, bozorlar, yo‘llar, ko‘priklar, savdo majmualari, favvoralar, gulzorlar barpo etildi.
Ayniqsa keyingi yillarda bu sohada muhim o‘zgarishlar bo‘ldi. Turar-joylarni takomillashtirish, badiiy loyihasini mu- handis, dizayner mutaxassislar yordamida qulay, chiroyli, shinam bolishiga erishish uchun maxsus loyihalar qabul qilinmoqda. Zamonaviy shaharsozlik dizaynini takomillashtirish uchun «Dav- lat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tizimini tubdan qayta tashkil etish, shaharsozlikning eskirgan metodologiya va normativlari, kapital qurilishdagi nomutanosiblik va muammolarni bartaraf etish, Shuningdek, loyiha institutlarining samarasiz faoliyatini qayta ko‘rib chiqish»! taqozo etiladi.
Bugun 0‘zbekistonning barcha shaharlarida katta hajmda- gi qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Viloyat markazlari Nukus, Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand, Buxoro, Guliston, Qarshi, Termiz kabi shaharlarni zamonaviy me'morlik talablari asosida tubdan qayta qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Ana shunday keng ko‘lamli ishlar natijasida Sa- marqand shahri jahondagi inson o‘z umri davomida albatta borib ko‘rishi zarur bo‘lgan 50 shaharning biriga aylandi. Buyuk Britaniyaning «Ekonomist» jurnalida e’lon qilinishicha Tosh- kent shahar obodligi va yashash uchun qulayligi jihatidan dun- yo reytingida 140 ta shahar orasida 58 o‘rinni egalladi. Bu mi- sollarning barchasi madaniy makonda dizaynning o‘rni va roli ortib borayotganini ko‘rsatadi. Nafaqat Toshkent, balki butun 0‘zbekistonning go‘zalligi dunyoga namoyon qilinmoqda. Bunda funksionallik va badiiylik, foydalilik va go‘zallik, tejamkorlik 1
1 Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. — T.: 0‘zbekiston, 2017.-B. 22-23.
350
va ta’sirchanlik, qulaylik va shinamlik kabi dizayn paradigma- lari madaniy makonni shakllantirishning asosiy omili boladi va dizaynning insonparvarlik maqsadini namoyon etadi. Bu milliy- lik va umuminsoniylik uyg‘unligi, urf-odat va an'analar, tarixiy tajribaga asoslangan holda soglom turmush tarzi va qulay sharoit yaratib berish, bir so‘z bilan aytganda yurtimizdagi obodlik va farovonlik bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |