Go‘zallikning sifatlari tug‘yoniylik, maftunkorlik, foydalilik, mo‘jizaviylik singari tushunchalar orqali izohlanadi.
Go‘zallikning xususiyatlari qulaylik, manfaatdorlik, yoqimli- lik, chiroylilik tushunchalari bilan belgilanadi. Elementlar, sifat- lar va xususiyatlar uyg‘un bo‘lgan narsa-hodisalargina chinakam go‘zallikni aks ettirishi mumkin.
Shaxsning ijtimoiy jarayonlar bilan bo‘ladigan munosabatla- rida go‘zallik nisbiylik xususiyatiga ega bo'ladi. Bu holat ayniqsa, go‘zallikning moddiy va ma’naviy qadriyatlar tizimidagi o‘rnida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki, go‘zallikning har qanday tahli- li shaxs va jamiyat munosabatlari bilan muqoyasa qilingandagina uning ijtimoiy-ma’naviy xususiyatlari yanada oydinlashadi. Shu bois go‘zallikning ma'naviy va moddiy qadriyatlar tizimidagi o‘rniga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |