Tayanch tushunchalar: axloq, odob, xulq, kategoriya, axloqiy me’yorlar, tamoyillar, ezgulik, yovuzlik, yaxshilik, yomonlik, muhabbat, nafrat, burch, vijdon, or-nomus, hayotning ma’nosi, mardlik, ochiqko‘ngillilik, halollik, hasad, hayo, kamtarlik, mil- latparvarlik, insonparvarlik, adolat, muruvvat, qadriyat, vatan- parvarlik.
Takrorlash uchun savollar:
Etika fanining tadqiqot doirasini izohlang.
Shaxs hayotida axloqiy me’yorlar qanday o‘rin tutadi?
Etika fanining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
1 BepHancKHH B.H. Hanajjo h BeHHOCTb xh3hh. — M.: Cob. Pocchh, 1989. C. 186 - 187.
2 JIopeHH K. BoceMb CMepTHbix rpexoB HHBHJiH30BaHHoro qejio- BeHecTBa.//«Bonpocbi <1)hjiococ1)HH». Ne 3, 1992 — 42 c.
291
Etika boshqa qaysi ijtimoiy fanlar bilan aloqadorlikda ish olib boradi?
Etikaning asosiy kategoriyalari haqida ma’lumot bering.
mavzu. Nikoh va oilaning axloqiy asoslari,
uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni
Nikoh — eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. Nikohning qonuniy va diniy jihatlari. Nikoh o‘z mohiyatiga ko‘ra axloqiy hodisa. Nikoh — erkak va ayolning teng huquqli, erkin va ixti- yoriy ittifoqi bo‘lib, u fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida tuziladi va oila tuzish maqsadiga xizmat qiladi. Oila jamiyatning dastlabki bo‘g‘ini sanaladi va davlatning rivojlanishi- da muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki oilada tug‘ilib, tarbiya topayotgan yosh avlod jamiyatning, davlatning ertangi kunini, istiqbolini belgilab beradi. 0‘zbekiston Respublikasi Preziden- ti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 2-fevraldagi «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori oila mustahkamligini ta’minlash, uning ijtimoiy vazifala- rini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, ayniqsa, oila- ning farzandlar tarbiyasidagi nufuzini oshirishga ko‘maklashish hamda mamlakatimizda oila va nikoh munosabatlarining qad- riyat sifatida e’tirof etish uchun asosiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan marosimdagi ma’ruzasida oilaning jamiyat taraqqiyotidagi nufuzi haqida: «Barchamizga ayonki, yurtimizda- gi har qaysi inson, har qaysi oilaning eng ezgu orzu-maqsadlari, hayotiy manfaatlari avvalambor uning farzandlari timsolida na- moyon bo‘ladi, ro‘yobga chiqadi. Albatta, bu borada yurtimizda ulkan ishlar qilinmoqda va ular amalda o‘zining ijobiy natijasini bermoqda», — deb ta’kidlagan edilar.
Bir qancha respublika va xalqaro miqyosdagi normativ huqu- qiy hujjatlarda ona va bola huquqlari mustahkamlab qo‘yildi. Jumladan, respublikamiz konstitutsiyasining XIV bobi oilaga bag‘ishlangan bo‘lib, bu yerda oila va nikoh munosabatlari, ona-
Do'stlaringiz bilan baham: |