Axloqning tarbiyaviy funksiyasi — bu jamiyatda mavjud bo‘lgan tarbiya tizimini umuminsoniyat tomonidan e’tirof etilgan axloqiy norma, urf-odat, an’analarga moslashtirish va shu asosda fuqaro- larni axloqiy jihatdan tarbiyalash ishlarini tashkil etishni amalga oshiradi.
Axloqning kommunikativ funksiyasi — bu umumiy axloqiy qad- riyatlarni ishlab chiqish uchun odamlar o‘rtasida fikr almashish, bir-birini tushunib umumiy xulosalarga kelishda o‘zaro aloqa qilish vositasi vazifasini bajaradi. Xullas, axloq tufayli xalqlar, elatlar, millatlar bir-birlari bilan aloqada bo‘lib, fikr almashib, o‘zlariga xos, manfaatlariga mos keladigan umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni ishlab chiqadilar hamda ularga og‘ishmay amal qi- lishni yo‘lga qo‘yadilar.
Yuqoridagi fikrlar axloqning jamiyat ijtimoiy hayotida muhim o‘rin egallashidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |