Axloq tuzilmasida uch omil — asos — axloqiy ong, axloqiy his- siyot va axloqiy xatti-harakatlar muhim o‘rin tutadi.
Axloqshunoslik tizimida uchta asosiy unsur, ya’ni odob, xulq va axloq tushunchalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
Odob — inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asos- langan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Xulq — oila, jamoa, mahalla-ko‘y miqyosida ahamiyat- li bo‘lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmuyi.
Axloq — jamiyat, zamon, ba’zan umumbashariy ahamiyatga ega, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xat- ti-harakatlar yig‘indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa.
Do'stlaringiz bilan baham: |