Oziq-ovqat muammosi. Bugungi dunyo aholisi 7 millionga yetdi va uning soni ortib bormoqda. Tez o‘sib borayotgan dunyo aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash muammosi keyingi payt- larda jahonning bir qancha mintaqalarida ancha keskinlashdi. Mavjud ma’lumotlarga asosan, dunyo xalqlarining 2/3 qismi
196
doim oziq-ovqat taqchilligi hukm surayotgan mamlakat xalqlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu mintaqalarda ekiladigan yer may- donlari aholi jon boshiga nisbatan kamayib, 0,2 ga ni tashkil etmoqda. Holbuki, 1950-yilda bu ko‘rsatkich 0,5 ga ni tashkil etgan edi.
Oziq-ovqat zaxiralarining o‘sishini, bir tomondan, ishlana- digan yer maydonlarini kengaytirish hisobiga, ikkinchi tomon-
I
dan ekilayotgan maydonlarning hosildorligini oshirish hisobiga
ta’minlash mumkin. Keyingi paytlarda hosildorlikni ko‘paytirish
ustida juda ko‘p ishlar qilinib, o‘tgan asrning 80-yillari oxir-
lariga kelib dunyo miqyosida yetishtirilgan mahsulot o‘sishining
90% hosildorlikni ko‘tarish hisobiga to‘g‘ri keldi. Ammo, bizga
ma’lumki, bunday muvaffaqiyatlarga tabiatga haddan ziyod qi-
lingan qattiq zug‘um natijasida erishildi. Juda ko‘p yerlar bun-
day tazyiqqa dosh bera olmasdan ishdan chiqa boshladi. Bugungi
kunda ana shu yerlarni tabiiy holatiga qaytarish uchun imkoniyat
qolmadi.
Bunday tahlikali holatning sabablarini aholining tabiiy o‘sishi nihoyatda tez sur’atlar bilan ko‘paygani, ularning ish va oziq- ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan intilishi bilan tabiiy muhitning ekologik muvozanatini saqlash uchun yetarli mablag‘ni topa olmayotganligidan izlash kerak.
Rivojlangan va kam taraqqiy etgan mamlakatlar o‘rtasidagi tafovutni yo‘qotish ham davrimizning eng chigal jahonshumul muammolari qatoridan o‘rin oldi. Rivojlangan mamlakatlarda zamonaviy texnologiya, ilg‘or ishlab chiqarish malakasi va insoni- yatning ilmiy-texnika yutuqlari sistemalashtirilgan bilimlar zaxi- rasi to‘planib, shu bilan birga aholining tabiiy o‘sish darajasining pastligi boshqa mamlakatlarga nisbatan o‘z mamlakati aholisi- ning iqtisodiy yashash tarzining beqiyos darajada yaxshilanishiga olib keldi. Bu mamlakatlarda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat- ning o‘ziga xos tomonlari shundaki, mazkur mamlakatlarda in- dustrlashtirish jarayoni o‘tgan asrimizning 70-yillari boshidayoq tugallanib, eng‘ avval AQSH, keyinchalik Germaniya, Yaponiya va boshqa rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqarish taraqqiyo- tining yanada yuqoriroq bosqichiga o‘ta boshladi. Bunda ilmiy-
Do'stlaringiz bilan baham: |