Noan’anaviy (noklassik) mantiq — klassik mantiqni tanqid qi- lish va takomillashtirish bilan birga, uni mukammallashtirish, to‘ldirish va undagi zamonaviy mantiqning asosini tashkil etuvchi g‘oyalarni yanada rivojlantirish natijasida vujudga kelgan man- tiqiy nazariyalarning majmuyidir.
Zamonaviy mantiq atamasi XIX asrning oxiri — XX asr- ning boshlarida mantiq ilmi rivojining hozirgi bosqichini ifo- dalash uchun qo‘llaniladi. Bu bosqich yana matematik mantiq va simvolik mantiq terminlari bilan ham ataladi. Matematik mantiq terminining qo‘llanishi uning zamonaviy mantiq bi- lan qo‘llaydigan usullariga ko‘ra o‘xshashliklarini bildiradi. «Simvolik mantiq» termini esa zamonaviy mantiqda mantiqiy tahlil qilish maqsadida maxsus yaratilgan formallashgan tillar qo‘llanishini ko‘rsatadi.
Biz formal mantiqni o‘rganamiz. Formal mantiqning o‘rganish predmetini quyidagilar tashkil etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |