Falsafa asoslari



Download 428,67 Kb.
bet186/435
Sana07.03.2021
Hajmi428,67 Kb.
#61049
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   435
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

Istiqlol va madaniyat. 0‘zbekistonning o‘tgan asrning 80-yillari oxirida mustaqillik tomon qadam tashlashi bilan, barcha sohalar qatori, madaniy hayotda ham o‘zgarish va islohotlar olib borish uchun muayyan zamin hozirlana boshladi. Jumladan, Navro‘zni umumxalq bayrami sifatida nishonlash va o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berish haqidagi Qonunning qabul qilinishi bu yo'ldagi eng dadil qadamlar bo‘ldi. Shundan so‘ng birinchi navbatda mil-


160





liy madaniyatimiz, xalq ma'naviy boyligining ildizlariga e'tibor berish, so‘zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini ta’minlash, ma'rifat va madaniyatning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ma’naviy boyliklarni yaratuvchi olimlar va ijod- kor xodimlarga e’tiborni kuchaytirish, o‘sib kelayotgan avlodga, uning madaniy tarbiyasiga nihoyatda katta javobgarlik hissi bilan yondashish vazifalari belgilandi.


Vatanimizning yorug‘ kelajagini belgilaydigan, uning kuch- qudratini ta’minlaydigan omillar orasida ta’lim-tarbiya sohasi alohida o‘ringa ega. Chunki har bir millatning, xalqning ertangi kuni bugun voyaga yetayotgan avlod taqdiri bilan uzviy bog‘liqdir. Istiqlolimizning ilk yillaridanoq sog‘lom avlod tarbiyasi eng us- tuvor vazifa sifatida belgilanib, ushbu masala davlat siyosati da- rajasiga ko‘tarildi.

Falsafada qadriyatlar muammosi takror va takror murojaat qilib turiladigan azaliy mavzulardan biri sifatida qaraladi. Bu mavzu, ayniqsa, tarixda tub burilishlar ro‘y berayotgan, jamiyat rivoji bir bosqichdan boshqasiga o‘tayotgan, ijtimoiy-siyosiy tartib- lar, kishilar ko‘nikib qolgan mezonlar o‘zgarib borayotgan davr- larda nihoyatda dolzarb muammoga aylanadi. Bunday davrlarda jamiyat a’zolarining qadriyatlarga munosabati, ular bilan bog‘liq maqsad va ideallari, qarash va tasavvurlari o‘zgarib ketadi. Jami- yatda eski tizim va unga asoslangan ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy mezonlar o‘rniga yangi qadriyatlar tizimiga ehtiyoj tug‘iladi, uni shakllantirish zaruratga aylanadi.

XX asr oxirida sobiq ittifoqning barham topishi va 0‘zbekistonning mustaqillikka erishishi ana shunday davr bosh- langanini yaqqol ko‘rsatdi. Bu esa yuqoridagi xulosaning tarixiy jarayonlar natijasida isbotlangan hayot haqiqati ekanidan dalolat beradi

Istiqlol yillarida xalqimiz hayotida muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi, davlat va jamiyat qurilishida tub islohotlar amalga oshiril- di. Umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan hayot qurish, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, jahon sivi- lizatsiyasi andozalariga mos keladigan qadriyatlar tizimini shakl- lantirish ushbu jarayonning tarkibiy qismiga aylandi.


161





Aynan ana shu davrda mamlakatimizda qadriyatlar va inson qadri masalasiga alohida e'tibor qaratila boshlandi. Bir-biri bi- lan uyg‘un va chambarchas aloqador bo‘lgan bunday jarayonlar umuminsoniy va milliy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Qadriyatlar to‘g‘risidagi fan — «Aksiologiya» (aksio — qadriyat, logos — fan, ta’limot ma'nosini anglatadi) falsafaning shu ma- salani o‘rganadigan va u bilan shug‘ullanadigan sohasi hisoblana- di. Sobiq ittifoq davrida bu to‘g‘rida nihoyatda kam ma’lumotlar bor edi. Istiqlol tufayli qadriyatlar to‘g‘risidagi qarashlarimiz shitob bilan o‘zgardi. Sobiq ittifoqning ilgari ulug‘langan parti- yaviy-sinfiy qadriyatlari sarobga aylandi, zamona realliklari ta- lablariga javob bera olmay, o‘tgan o‘n yilliklardan iborat tarix sahifalari bilan birga yopilib ketdi. 0‘zbekistonda qadriyatlarga e’tibor kuchaydi, uning turli qirralari olim va mutaxassislar to- monidan tahlil etilmoqda. Qadriyatlar falsafasi — aksiologiya- ning ko‘pdan ko‘p mavzulari mutaxassislarimizning ilmiy izla- nishlarida o‘ziga xos o‘rin tutmoqtsa.

«Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrlidir», — deb yozgan edi Abdulla Qodiriy «0‘tgan kunlar» romanida. Xuddi shunday, «Qadriyat o‘zi nima?» savoliga javob berishdan oldin mavzuning tarixini, qisqa bo‘lsa-da, o‘rganmoq lozim. Busiz qadriyatlarning bugun va kelajakdagi ahamiyatini tushunib bo‘lmaydi.


Download 428,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish