«Madaniy boyliklar» tushunchasi. U ajdodlardan avlodlarga vorisiylik asosida yetib kelgan, insoniyatning buguni va kelajagi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan moddiy va ma’naviy boy- liklar, butun insoniyat mulkini tashkil etmehi buyuk madaniy va tabiiy yodgorliklarni ifodalaydi. U xalqning, millatning asrlar mobaynida yozma manbalar va xalq og‘zaki ijodida ifodalangan,
159
obyektivlashgan va subyektivlashgan narsa va buyumlarda aks et- tirilgan moddiy, ma'naviy faoliyat mahsulidir. Unda bilim, tajri- ba, dunyoqarash, ma'naviyat va ma’rifat uyg‘un tarzda muhrlan- gan. YUNESKO tashkiloti 1972-yilda jahon madaniy va tabiiy yodgorliklarini saqlash to‘g‘risidagi konvensiyani qabul qilgan (1975-yildan kuchga kirgan). Jahon Madaniy boyliklari ro‘yxatiga jami 721 ta madaniy va tabiiy yodgorliklar kiritilgan. Ular ora- sida 0‘zbekistondagi Xiva (Ichan qal’a), Buxoro, Shahrisabz va Samarqandning tarixiy markazlari ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |