Bilish obyekti. Tadqiqotchi-olim, faylasuf, san’atkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar hosil qilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlar bilish obyektlari hisoblanadi. Bilish obyektlari moddiy, ma’naviy, konkret, mavhum, tabiiy va ijtimoiy bo‘lishi mumkin. Bilish obyektlari eng kichik zarralardan tortib ulkan galaktikagacha bo‘lgan borliqni qamrab oladi. Bilish obyektlariga asoslanib, bilim sohalari tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarga ajra- tiladi.
Bilish subyekti. Bilish bilan shug‘ullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish subyekti hisoblanadi. Ayrim Mingan tadqiqotchi- olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham alohida bilish subyektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat mohiyatini
137
bilishgagina emas, balki insonning o‘ziga ham qaratilishi mum- kin. Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish obyekti, ham bilish subyekti sifatida namoyon bo‘ladi.
Bilishning maqsadi ilmiy bilimlar hosil qilishdangina iborat emas, balki bilish jarayonida hosil qilingan bilimlar vositasida in- sonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashti- rish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Fan — fan uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim. Inson ilmiy bilimlar vositasida ma’naviy barkamollikka erisha borgani sari ilm-fan qadriyat sifatida e’zozlana boshlaydi. Fanning har tomonlama rivojlanishi bilan turli ilm sohalarining hamkorligi kuchayadi, butun ilmiy jamoalar bilish subyekti, yangi ilmiy kashfiyotlar ijodkoriga aylanadilar.
Bilish predmeti subyektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish obyektining ayrim sohalari va tomonlaridir. Fanning o‘rganish sohasi tobora konkretlashib boradi. Tabiatshunoslik fanlarini bi- lish predmetiga qarab botanika, zoologiya, geografiya, ixtiologiya va boshqa sohalari vujudga kelgandir. Tadqiqot predmeti fanlarni bir-biridan farqlashga imkon beradigan muhim belgidir.
Bilish darajalarini shartli ravishda: quyi, yuqori va oliy dara- jaga ajratish mumkin. Bilishning quyi darajasi barcha tirik mav- judotlarga xos bo‘lib, hissiy bilish deyiladi. Hissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir.
Insonning sezgi a’zolari (ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri sezgisi) boshqa mavjudotlarda bo‘lgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarini farqlash, tabiiy muxitga moslashish va himoyalanishi uchun yordam beradi. Bilishning quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, diqqat, xayol tashqi olam to‘g‘risida muayyan bilimlar hosil qilishga yordam beradi.
Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bo‘lib, aqliy bilish (ratsional bilish) deyiladi. Agar inson o‘z sezgilari yordamida narsa va hodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyat- larini bilsa, tafakkur vositasida narsa va hodisalarning ichki mo- hiyatini bilib oladi. Mohiyat hamisha yashirindir, u doimo hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Har bir hodisada mohiyatning faqat bir tomonigina namoyon bo‘ladi. Shu boisdan ham hodisa aldamchi
Do'stlaringiz bilan baham: |