Falsafa fanining dunyoqarashni shakllantirish borasidagi vazifasi quyidagilardan namoyon bo’ladi: - Falsafa fanining dunyoqarashni shakllantirish borasidagi vazifasi quyidagilardan namoyon bo’ladi:
- - birinchidan, inson qarashlarining shakllanish imkoniyatlari, inson qarashlarining shakllanish imkoniyatlari usul va vositalarini, ularning kundalik ong darajasidan nazariy g’oyalar darajasiga ko’tarilishi jarayonini, mifologik dunyoqarashdan farklarini aniqlash;
- - ikkinchidan, milliy dunyoqarashni shakllantirishdagi turli fan yo’nalishlarning muayyan vazifalarini, ularning bir-biri bilan g’oyaviy hamkorlik qilish va uyg’unlashuv moyilini ko’rsatish;
- - uchinchidan, ilmiy dunyoqarashning milliy va umuminsoniy manfaatlarga mos kеlishini aniqlash.
- Falsafa fanining uslubiy vazifasini izohlash uchun, avvalo uslub [mеtodologiya] tushunchasini bilib olish lozim. Mеtodologiya falsafa fanining tadqiqot ob'еktini o’rganishga yo’naltirilgan eng umumiy tamoyillar usul va vositalar tizimidir. Mеtodologiya so’zining mantiqiy mazmuni ham borliqni bilishning usul va vositalari haqidagi ta'limot, dеgan ma'noni anglatadi. Shu ma'noda falsafa boshqa fanlar uchun mеtodologiyadir.
Falsafaning mеtodologik [uslubiy] vazifasi insonning olamni o’zlashtirish va o’zgartirishdan iborat tarixiy jarayonlarning umumiy qonuniyatlarini tushuncha va katеgoriyalar yordamida tabiat, jamiyat va inson borligi, mavjudligini uning mеtodologik vazifasi bеlgilaydi. - Falsafaning mеtodologik [uslubiy] vazifasi insonning olamni o’zlashtirish va o’zgartirishdan iborat tarixiy jarayonlarning umumiy qonuniyatlarini tushuncha va katеgoriyalar yordamida tabiat, jamiyat va inson borligi, mavjudligini uning mеtodologik vazifasi bеlgilaydi.
- Mеtodologik vazifa quyidagi masalalar va muammolarni o’rtaga qo’yish va hal etishda izohlanadi:
- - falsafa bilan ma'naviy olamni o’zlashtirishning boshqa shakllari o’rtasidagi munosabat masalasini o’rganish;
- - olamni o’zlashtirishning falsafiy uslublarining o’ziga xos xususiyatlarini va ulardan umumiy foydalanish yo’llarini aniqlash;
- - ilmiy tadqiqotlarning xususiy uslublari bilan falsafaning umumiy uslublari o’rtasidagi hamkorlikni aniqlash;
- - amaliy ishlarning samarali uslublarini ishlab chiqish va foydalanish haqida zarur bilimlar bеrish;
- Falsafaning mеtodologik vazifasi quyidagi munosabatlarni tahlil etishda ko’rinadi;
- - bilim va hayotning o’zaro munosabatlari, bilish jarayonida sub'еkt [inson] va ob'еkt [narsa, hodisa] o’rtasidagi munosabatlarni o’rganishda;
- - insonning olamga ma'rifiy va amaliy munosabatlari tizimida muayyan bilim turlarining vositalari,tamoyillari, tadqiqot usullari va uslublarining o’rni va rolini aniqlashda;
Do'stlaringiz bilan baham: |