Mavzu: jamiyat falsafasi va inson borligi



Download 68,99 Kb.
bet1/12
Sana18.02.2022
Hajmi68,99 Kb.
#456657
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Jamiyat falsafasi va inson borligi Ma’ruza rejasi


MAVZU: JAMIYAT FALSAFASI VA INSON BORLIGI.


Reja

1.Jamiyatning falsafiy tahlili.


2.Tarix falsafasining tuzilishi va funksiyalari.
3.Madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari va o’zaro aloqadorligi.
4. Inson haqidagi falsafiy fikrlar dinamikasi.
5. Ong falsafasi. Ong strukturasi va funksiyalari.
6. Inson hayotining maqsadi va vazifalari.


1.Jamiyatning falsafiy tahlili.
Jamiyat nima? Insoniyat azal-azaldan jamoa bo'lib yashaydi . Yer saierasi uning abadii makoni, umumiy Vatanidir. Kuyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada yashayotgan odamlar oilasini jamiyat deb atash odattusiga kirgan. Demak, umumbashariy ma'noda jamiyat odamzodning umri, hayoti o'tgan hamma davri, joy va hududi bilan bog'liq barcha o'zgarish va jarayonlarni ifoda etadi. Shu bilan birga, biror davlat hududidagi odamlar hayoti. sivi- lizatsiyaning muayyan davrlaridagi turmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qo'llanadi. Har qanday holda ham, u umumiy tushuncha bo'lib, ayrim odam va alohida shaxs jamiyat a'zosi deb ataladi. Jamiyat — tabiatning bir qismi. ya'ni ijtimoiy borliq bo'lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o'rtasida amal qiladigan juda ko'plab munosabatlar yig'indisi, degan turlicha ta'riflar ham bor.
Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mo- hiyatini bilish zarurati vujudga keladi. Milliy mustakdllik tufayli jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo'ldi. Prezident Islom Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyati- ni yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratildi. Jamiyat moddiy va ma'naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy va ma'naviy hayot bir-biridan keskin farklanar edi. Holbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson moxdyati bilan uzviy bog'liq. Xuddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo'lmagani singari, jamiyatning moddiy va ma'naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning biriniikkinchisidan ustun qo'yish mantiqqa ziddir. Prezident Islom Karimov asarlarida jamiyatning moddiy va ma'naviy manfaatlarini uyg'unlashtirish ijtimoiy taraqqiyot asosi ekani ta'kidlan- gan. Inson ma'naviyatini yuksaltirish orqaligina iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. Shuning uchun ham hozirgi davrda aholi ma'naviyatini yuksaltirishga, milliy g'oya va mafkura asoslarini shakllantirishga katga e'tibor berilyapti. Zero, kishilar iqtisodiy jihatdan qashshoq bo'lgani uchun ilmsiz bo'lmaydi, balki, aksincha — ilmsiz bo'lgani uchun qashshoqbo'ladi. Shuning uchun yurtimizda xalq ma'naviyatini yuksaltirish orqali iqtisodiy farovonlikni ta'minlashga katta e'tibor berilyapti. Kishilarni oila bo'lib, jamoa bo'lib Jamiyat genezisi uyushishga nima majbur qilgan, degan masala qadim zamonlardanoq ulug' mutafakkirlar e'tiborini jalb etgan. Bu masalani diniy tushunish uni ilohiy kuch, Xudo bilan bog'lab izoxdashdir. Dunyoviy qarashlarga ko'ra, odamlar o'zlarining moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda yashashga, jamoa bo'lib birlashishga ko'nikkan. Kishilar hayotiy tajriba, aql va tafakkur tufayli jamiyat bo'lib yashashning qulay, afzal va zarurli- gini tushungan. Bu jarayonda o'zaro munosabatlarga kirishgan kishilar ana shu munosabatlarni takomillashtirish, yanada rivojlantirish orqali ma'naviy kamolotga erishgan. Bu kishilarni bir-biri bilan yaqinlashtirgan, moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish imkonini bergan. Kishilik jamiyatining paydo bo'lishi to'g'risida turlicha ilmiy farazlar ilgari surilgan. Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkirlar kishilik jamiyati paydo bulishi sabablarini insonning boshqa mavjudotlarga nisbatan ojizligi, birdamlik hissining rivojlachganligi bilan izox^aganlar. I. Kant jamiyatning vujudga kelishini axloqning shakllanishi bilan izoxlagan. Keyinchalik 3. Freyd bu g'oyani rivojlantirib, kishilik jamiyatining paydo bo'lishida axloqiy tabu muhim rol` o'ynaganligini asoslashga harakat qilgan. Gegel` esa insoniyat jaiyatini vujudga kelishi mutlaqruhtaraqqiyotining mahsuli, deb hisoblaydi. Sobiq mehnatkash xalq tarixning haqiqiy ijodkoridir. Marksizm ta'limotida kishilik jamiyatining paydo bo'lishida mehnat hal qiluvchi rol` o'ynagan, insoniyat tarixi ma'lum ma'noda meh- nat qurollarining takomillashuvi tarixidan boshqa narsa emas, degan qarashlar mavjud. Tarixiy tajriba. ijtimoiy amaliyot bunday qarashlar bir yoqlama va xato ekanligini ko'rsatdi. Aslida ma'naviyat (ruhiy olam, ong, tafakkur, axloq, imon, fan va h.k.) tufayli insoniyatning eng qadimgi ajdodlari aniqo'z xatti-hara- katlari, xulq-atvorini tartibga solgan, oila kishilik jamiyati paydo bo'lishiga birlamchi asoslaridan biri bo'lgan. Ong va tafakkurning rivojlanishi bilan inson meqnat kurollari yaratish, moddiy ne'matlar ishlab chiqish va tabiatga qaramlikdan qutilish imkoniyatiga ega bo'lgan. Yuksak ma'naviyat tufayli insonning mehnat faoliyati ijtimoiy faolligi bunyodkorlik va yaxshilik uchun xizmat qilgan. Aksincha, ma'naviy qashshoqlik, ilmsizlik, mutaassiblik chuqurlashgan davrda ijtimoiy adolatsizlik kuchaygan. Shu tufayli demokratik taraqqiyot yo'lini tanlagan mamlakat va xalkdar iqtisodiy va siyosiy erkinligi sharoitida yuksak ma'naviyatning yuksalishiga, ilm-fan, san'at, axloq, din va huquqni rivojlantirishga katta e'tibor berganlar. Manfaat va maqsadlar to'qnashuvi, iqtisodiy, siyosiy, g'oyaviy maqsadlardagi tafovutlar har qanday jamiyat taraqqiyoti uchun xos bo'lgan xususiyatlardandir. Biroq, ijtimoiy ziddiyatlarni sun'iy ravishda kuchaytirish qan- chalik zararli bo'lgani singari, ularni zo'ravonlik bilan yo'q qilish, jamiyatda soxta ziddiyatsizlik holatini yaratishga urinish ham shunchalik xavflidir.'Ijtimoiy munosabatlarning amal qilish jarayonida odamlarni uyushtirishning tarixiy shakllari — oila, davlat, jamoa (qishloq, shahar) vujudga kelgan. Odamlar o'rtasida amal qiladigan axloqiy, diniy, ilmiy, falsafiy, huquqiy, iqti- sodiy, mafkuraviy kabi munosabatlarning barchasi bir so'z bilan ijtimoiy munosabatlar deyiladi. Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi. Ular mohiyatan inson va jamiyat mavjudligining zarur sharti hisob- lanadi. Masalan, oila, davlat, ta'lim-tarbiya, mahalla, Vatan kabi qadriyatlarsiz inson va jamiyat o'z mohiyatini yo'qotadi. Jamiyatning modtsiy Insonning moddiy ehtiyojlari oziq-ov- va ma'naviy hayoti qatlaR’ kiyim-kechak, ui-joi, transport vositalari, o'zini himoyalash, zurriyot qoldi rish kabilardan iboratdir..Ma'naviy ehtiyojlarga olamni bilish, o'zlikni anglash, dunyoqarash, donishmandlikka intilish, bilim, san'at, g'oya, mafkura, go'zallik bilan, ma'naviy kamolot yo'lidagi intilishlar kiradi. ^nsonning asl mohiyati moddiy ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirishida yaqqol namoyon bo'ladi. Inson akd- li mavjudot sifatida moddiy ehtiyojlarini madaniy shakllarda qondirish uchun tabiat va jamiyat mohiyatini bilishga, moddiy va ma'naviy olamni uyg'unlashtirishga, tabiat va jamiyatni o'z maq- sadlariga mos ravishda o'zgartirishga harakat qiladi. Ilm-fan va texnika insonning ma'naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish quroli, muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi. Inson yuksak ma'naviyat tufayligina o'z ehtiyojlarini madaniy shakllarda oqilona va to'laroq qondirish imkoniga ega bo'ladi. Mamlakatimizda ma'naviyat masalalariga alohida e'tibor berilayotganining sababi ham ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma'naviy hayoti kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlari bilan uzviy bog'liq holda vujudga keldi., Jamiyatning moddiy hayotiga quyidagilar kiradi: — kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo'lgan iqtisodiy shart-sharoitlar; — oziq-ovqat, kiyim-kechak, turarjoy, yoqilg'i, kommunikatsiya vositalari; — moddiy ne'matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish; — ishlab chiqarish jarayonida kishilar o'rtasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; — moddiy boyliklar, tabiiy zaxiralar.
Jamiyatning ma'naviy hayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson to'g'risidagi qarashlar, nazariyalar, ta'limotlar, g'oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta'lim-tarbiya, axborot vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi. 'Jamiyatning moddiy va ma'naviy hayotini boshqarish, kishilar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim o'rin tutadi.-Jamiyatni boshqarishning siyosiy-huquqiy ji- hatlari ham muhimdir.* Kishilar tomonidan siyosiy va huquqiy bilimlarning chuqur o'zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. ) Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlari qondirilishida mehnat, mulk va mehnatning ijtimoiy aqsimla- nishi beqiyos ahamiyatga ega/ Mehnatni kishilarning qobiliyatiga qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida muayyan kasb-kor bilan shug'ullanadigan toifalar, guruh, qatlam va sinflar vujudga keladi va ular jamiyat strukturasida o'ziga xos o'rin egallaydi, jamiyat taraqqiyotiga muayyan yicca qo'shadi. Jamiyat taraqqiyoti Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning gglgtshmpshmpatshj mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Xususan, nemis failasufi G. Gegel` jamiyatning shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, J1. Feyerbax din bilan bog'lagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan. Frantsuz mutafakkiri O. Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma'naviy taraqqiyotining uch bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan. K. Marks jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o'zgarishlar bilan bog'lagan, barcha ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun'iy ravishda mutlanutashtirgan va ziddiyatlarni \al etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobni amalga oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taklif etgan. Ijtimoiy amaliyot bunday nazariyaning bir yok^ama ekanini ko'rsatdi. Jamiyat taraqqiyoti ko'p bosqichli jarayon ekani to'g'risidagi qarashlar AQSH faylasufi O. Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko'ra, jamiyatlar taraqqiyotiga binoan agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyatga ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti borasida sivilizatsiyali yondashuv g'oyasi ilgari surilmoqda. Bunday yondashuvga ko'ra, har bir xalq o'zining betakror, noyob, o'ziga xos va o'ziga mos turmush tarzini sakdab qolgan holda, boshqa xalkdar tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali ijtimoiy taraqqiyotning o'ziga xos modelini yaratadi. Turli tarixiy davrlarda jamiyat taraqqiyotining mezoni masalasi falsafa fanida muhim muammolardan biri bo'lgan. Hozirgi zamon Yevropa falsafasining ilg'or namoyandalari shaxs erkinligi darajasining o'sib borishi jamiyat rivojlanishining muhim ko'rsat- kichi, o'lchovi deb hisoblamoqdalar. Jamiyatdagi har qanday o'zga rishlar inson ehtiyojlari doirasining kengayib borishi bilan bog'liqdir. Maqsadsiz odam bo'lmagani sababli har qanday jamiyat ham o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib, istiqbolda erishishi lozim bo'lgan maqsad va vazifalarni belgilaydi. Uning maqsad va muddao- lari davlatlarning Konstitutsiyasida, qonunlarida, ichki va tashki siyosatida o'z ifodasini topadi. Har qanday jamiyat muayyan bosqichda o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish imkoniyatlaridan to'liq foydalanib bo'lgach, muqarrar ravishda umumiy inqirozga duch keladi. Shu paytgacha ijtimoiy taraqqiyotni ta'minlagan g'oyalar tizimi keyingi rivojlanish yo'lida tusiq bo'ladi. Bu g'oyaviy-ma'naviy inqiroz jamiyatning boshqa yo'nalishlarida ham tanazzulni vujudga keltiradi. Shuning uchun g'oyaviy tizimlarning dogmaga aylanishiga yo'l qo'ymaslik ijtimoiy taraqqiyotning asosiy omillaridan biridir. Prezident I.A. Karimov ta'kidlaganidek, xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirish, uning siyosiy va huquqiy madaniyatini rivojlantirish mamlakatimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat barpo etishning muhim shartidir. Zero, ma'naviy qashshoq kishilar o'z kuchi va qobiliyatiga ishonchsizlik bilan qaraydilar, mutelik va qaramlikka moyil bo'ladilar. Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muhtoj bo'lgani kabi jamiyat ham o'z oldiga qo'ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ehtiyoj sezadi. Demokratik jamiyatni barpo etish - O'zbek jamiyat kiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Bu jamiyat kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga asoslanadigan demokratik taraqqiyotning yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin uyushmalarning ko'p qirrali aloqasi bo'lib, davlat qonunlarini hurmat qilib bajaruvchi jamiyat tarkibiga kiruvchi elementlarning nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi. turli ziddiyat va ixtiloflarni qonun doirasida o'zaro kelishuv, sabr-toqat va muzokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir. Demokratik jamiyat umuminsoniy tamoyillar, milliy davlatchilik xususiyatlari, o'ziga xos turmush tarzi va hayot falsafasi negizida qaror topadi. O'zbekiston milliy mustaqilligining dastlabki yillaridanoq shunday jamiyat asoslarini barpo etishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. Demokratik jamiyatda davlatning qator vazifalari fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish organlari qo'liga o'ta boshlaydi, mahalliy hokimiyat organlarining vakolati kengayadi. Bunday jamiyat asoslarini barpo etish kishilarning yuksak siyosiy va huquqiy madaniyati. ijtimoiy-siyosiy faolligiga tayanadi. Mamlakatimizda mahalla hokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular vakolatining kuchaytirilishi xalqimizning o'z-o'zini boshqarish, idora etish madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalla kishilarda yaxshi insoniy fazilatlarni kamol toptirish, o'z-o'zini bosh- qarish, demokratik qadriyatlarni ro'yobga chiqarish maktabidir.
Yurtimizda bunday jamiyatni barpo etish barkamol inson shaxsini shakllantirishni talab etadi. O'z navbatida, ma'naviy yetuk avlod jamiyat taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shadi. Shunday yetuk kishilarni tarbiyalashda jamiyat to'g'risidagi falsafiy bilim va qarashlarni o'zlashtirish va hayotga tatbiq etish alohida ahamiyatga egadir.

Download 68,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish