U mazkur jumboqning tagiga yetish uchun barcha zamonlarda o’z aqli va tasavvuri kuchidan to’la foydalangan. Ammo insonning tadqiqotchilik imkoniyatlari behad oshgan, biologiya fanlari esa o’z rivojlanishida ancha olg’a siljigan bugungi kunda ham bu muammo o’zining to’la yechimini topgan deb aytish mushkul. Ayni shu sababli jonli modda jonsiz moddadan evolyusiya yo’li bilan paydo bo’lgani haqidagi ilmiy tasavvurlar bilan bir qatorda hayot kelib chiqishining o’z ildizlari bilan tarixga, xususan falsafa tarixiga bog’lanadigan turli nazariyalar ham amal qilishda davom etmoqda. - U mazkur jumboqning tagiga yetish uchun barcha zamonlarda o’z aqli va tasavvuri kuchidan to’la foydalangan. Ammo insonning tadqiqotchilik imkoniyatlari behad oshgan, biologiya fanlari esa o’z rivojlanishida ancha olg’a siljigan bugungi kunda ham bu muammo o’zining to’la yechimini topgan deb aytish mushkul. Ayni shu sababli jonli modda jonsiz moddadan evolyusiya yo’li bilan paydo bo’lgani haqidagi ilmiy tasavvurlar bilan bir qatorda hayot kelib chiqishining o’z ildizlari bilan tarixga, xususan falsafa tarixiga bog’lanadigan turli nazariyalar ham amal qilishda davom etmoqda.
Ibtidoiy jamoa davridayoq odamlar hayotni har xil ruhlar, jonlarning mavjudligi bilan tushuntirishga harakat qilganlar. Ularning fikricha, bunday ruhlar va jonlarga nafaqat odamlar, balki hayvonlar, shuningdek atrof borliqning barcha narsalari va hodisalari ham ega bo’lgan. Tegishli e’tiqodlar animizm degan nom olgan (bu haqda birinchi mavzuda to’liq ma’lumot berilgan). - Ibtidoiy jamoa davridayoq odamlar hayotni har xil ruhlar, jonlarning mavjudligi bilan tushuntirishga harakat qilganlar. Ularning fikricha, bunday ruhlar va jonlarga nafaqat odamlar, balki hayvonlar, shuningdek atrof borliqning barcha narsalari va hodisalari ham ega bo’lgan. Tegishli e’tiqodlar animizm degan nom olgan (bu haqda birinchi mavzuda to’liq ma’lumot berilgan).
Aristotel (mil. av. 384-322 yillar) asarlarida, keyinchalik o’rta asr sxolastikasida va Leybnis (1646-1716) asarlarida faol asos, harakatlantiruvchi kuch sifatida talqin qilinadigan «entelexiya» (yunon. entelechia – o’z-o’zida maqsadga ega bo’lgan) atamasiga duch kelamiz. Jonli moddaning mavjudligini va uning jonsiz moddadan farqini butun tiriklik zamirida yotuvchi qandaydir jismsiz, irrasional sabab, «hayot kuchi» mavjudligini tan olish orqali tushuntiradigan falsafiy ta’limot – vitalizm (lot. vitalis – jonli) zamirida ayni shu tushuncha yotadi. Hayot paydo bo’lishining ilohiy asoslari, «hayot hujayralari» Yerga kosmosdan kelgani, go’yoki Yerda tajriba o’tkazayotgan o’zga sayyoralik kelgindilar va hokazolar haqida juda ko’p har xil g’oyalar ilgari surilgan. - Aristotel (mil. av. 384-322 yillar) asarlarida, keyinchalik o’rta asr sxolastikasida va Leybnis (1646-1716) asarlarida faol asos, harakatlantiruvchi kuch sifatida talqin qilinadigan «entelexiya» (yunon. entelechia – o’z-o’zida maqsadga ega bo’lgan) atamasiga duch kelamiz. Jonli moddaning mavjudligini va uning jonsiz moddadan farqini butun tiriklik zamirida yotuvchi qandaydir jismsiz, irrasional sabab, «hayot kuchi» mavjudligini tan olish orqali tushuntiradigan falsafiy ta’limot – vitalizm (lot. vitalis – jonli) zamirida ayni shu tushuncha yotadi. Hayot paydo bo’lishining ilohiy asoslari, «hayot hujayralari» Yerga kosmosdan kelgani, go’yoki Yerda tajriba o’tkazayotgan o’zga sayyoralik kelgindilar va hokazolar haqida juda ko’p har xil g’oyalar ilgari surilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |