Fallo tetradasi sabablari


Klinikasining xususiyatlariga qarab, porokning kechishi uch fazaga ajratiladi



Download 134,5 Kb.
bet4/5
Sana13.11.2022
Hajmi134,5 Kb.
#865034
1   2   3   4   5
Bog'liq
FALLO TETRADASI

Klinikasining xususiyatlariga qarab, porokning kechishi uch fazaga ajratiladi:

  • I faza — nisbatan yaxshi (0 dan 6 oylikkacha), bunda bemorning ahvoli nisbatan qoniqarli, jismoniy rivojlanishdan ortda qolish yo’q;

  • II faza — hansirash-sianotik xurujlar (6-24 oy), bunda ko’proq miya asoratlari va o’lim hollari xarakterli;

  • III faza — o’tuvchi, bunda porokning klinik tasviri kattalar xususiyatlarini ola boshlaydi.

TASHXISLASH
Auskultatsiyada yurak cho‘qqisida I tonning qisqarganligi va o‘pka arteriyasi II ton sustlashganligi aniqlanadi. II—III qovurg‘alar orasida to‘sh suyagining chap chekkasida sistolik shovqin eshitiladi.
Umumiy qon tahlilida eritrotsitlar miqdori oshgan, gemoglobin miqdori 130—150 g/l gacha ko‘paygan bo’ladi.
Fonokardiogrammada o‘pka arteriyasi ustida shovqin va nuqson sohasi ustida va qorinchalararo to‘siqda shovqin qayd etiladi.
Rentgenologik tekshiruvda quyidagilar aniqlanadi: yurak bir me’yorda kengaygan, yurak beli yaxshi bilinadi, cho‘qqisi yuqoriga siljigan. O‘pka arteriyasi sathidagi kontur yassi va ichiga botgan; aortaning yuqoriga ko‘tariladigan qismi va ravog‘i kengaygan; o‘pkaning tasviri xiralashgan, ildizlari soyasi kamaygan bo‘ladi.
Zondlashda kateter bevosita o‘ng qorinchadan aortaning yuqoriga kutariladigan qismiga o‘tadi. O‘ng qorinchaga kontrast modda yuborilganda ayni vaqtda o‘pka arteriyasi va yuqoriga ko‘tariladigan aorta to‘ladi, o‘pka arteriyasi stenozi aniqlanadi.
Yurakni ultratovuchli tekshiruvda Fallo tetradasining barcha anatomik komponentlari aniqlanadi: o’pka stenozi darajasi, aorta siljishi qiymati, QATN o’lchami va o’ng qorincha gipertrofiyasi jiddiyligi.
EKG`da eng o’ziga xos belgi yurak elektrik o’qining ahamiyatli darajada o’ngga og’ishi (120-180°) hisoblanadi.
DAVOLASH
Faqat jarrohlik usuli qo‘llaniladi. Fallo tetradasida jarrohlik amaliyotlari palliativ va radikal bo‘lishi mumkin.
Palliativ jarrohlik amaliyotlari aorta bilan o‘pka arteriyasi o‘rtasida tutashma (yo‘l) xosil qilinib, kuchsiz arterilizatsiyalangan qonning aortadan o‘pka arteriyasiga, toraygan qismini chetlab o‘tib, tushishi ta’minlanadi. Radikal jarrohlik amaliyotlari o‘pka arteriyasi stenozini bartaraf etish, qorinchalararo to‘siq nuqsoniga yamoq solishdan iborat bo‘ladi. Shunday yamoq, chiqish bo‘limining ehtimol tutilgan torayishini bartaraf qilish maqsadida, o‘ng qorincha devori kesmasiga tikiladi.
Eng ko‘p tarqalgan amaliyotlarga Bleylok-Taussig jarrohlik amaliyoti kiradi. Bunda o‘ng o‘mrov osti arteriyasi va o‘pka arteriyasini o‘ng tarmog‘i orasida anastomoz qo‘yiladi. Odatda, radikal operatsiyadan oldin birinchi bosqichda palliativ usul qo‘llaniladi.

Download 134,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish