Vigna- maxalliy loviya
Vigna savi turkumning ikki turi : Vigna sinensis Endi va Vigna catiang Walp.(afrika vignasi ) ekiladi.
MDH da Vigna senensis ekiladi, u ikki kenja turga --- don uchun ekiladigan subsp. Sinensis ga va yashil dukkaklari uchun ekiladigan subsp. Seguipedalis (sarsabilsimon vigna) ga bo’linadi.
V. sinensis subsp. sinensis xitoy loviyasi yoki sigir burchoq deb ataladi, u bir yillik o’t o’simliklar qatoriga kiradi. O’q ildizi baqquvat rivojlanib, yerga 60-80 sm gacha chuqur kiradi. Poyasi tik, goxoyer bag’rlab yoki ko’tarilib o’sadi, bo’yi 30 sm dan 80 – 90 sm gacha yetadi va bundan ham ortadi.
Barglari o’lchamli, barg bandi uzun, tuxumsimon bargchalar chiqaradi.
Gullari yirik, rangi oqdan binafsha ranggacha o’zgarib turadi. 8 tadan 12 tagacha va undan ortiq guli yig’ilib, ko’p gullmi shingil hosil qiladi. Shingillari yuqoriga qaragan uzun- uzun gulbandlarda joylashadi.
Dukkaklari pastga qaragan, yirik, slindrsimon, qilichsimon yoki xanjarsimon bo’lib, bo’yi 10 sm dan 25- 30 sm gacha yetadi. 4-18 ta urug’ tugadi.
Urug’i mayda va yirik (1000 donasining vazni 58-370 g) oval, slindrsimon va buyraksimon bo’ladi. Rangi har xil, oqdan qoragacha o’zgarib turadi, bir tusli yoki xol- xol yo bo’lmasa, jigar rang naqshli bo’ladi. Urug’ining xarakterli belgisi – cheti o’ziga xos rangli urug’ kertigi (kindigi) borligidir. Tupi yer bag’rlab o’saldi, o’raladigan poya chiqarishi va o’rtacha yirik dukkak tugushi bilan farq qiladi. Urug’i o’rtacha va mayda, ko’pincha och rangli bo’ladi. Vegetasiya davriga ko’ra (96- 120 kun) o’rtacha kechpishar va kechpishar navlar jumlasiga kiradi.
Mosh
Mosh – Phaseolus aureus Piper mayda urug’li Osiy loviyalari jumlasiga kiradi. Osiyo mamlakatlarida, shuningdek, O’rta Osiyoda keng tarqalgan. O’zbekistonda sug’oriladigan yerlarag birinchi va ikkinchsi ekin sifatida angizga ekiladi. Amerika loviyalaridan farq qilib, moshning doni faqat ozik g’ ovkatga ishlatilmasdan, balki xayvonlarga va parrandalarga ham beriladi. Moshning ko’k poyasi, pichan, poxoli xayvonlarga yaxshi ozik bo’ladi. Mosh eng yaxshi ko’kat ugitdir.
Mosh bir yillik ut o’simlik. Ildizi uk ildiz bo’lib, yaxshi rivojlanadi.
Poyasi kirrali, chirmashib yoki yer bagirlab o’sadi, bo’yi 15 - 120 sm, o’rtacha 30 – 60 sm, yaxshi shoxlanadi. Tupining shakli ko’pincha yoyiq bo’ladi, bu hosilni mexanizmlar yordamida urib – yigib olishni kiyinlashtiradi.
Barglari uch qo’shaloq,uchtali, yirik uzun byuandli bo’ladi.
Gullari yirik, binafsha, rang – sariq yoki sariq to’pgulga, ya’ni 10 – 20 guldan iborat ko’p guli shingilga tuplangan. Gullarining bir qismi rivojlanmasdan kurib qoladi,
Mevasi silindrsimon, to’g’ri yoki egilgan, ingichka dukkak, tumshuksiz, bo’yi 5 – 18 sm ga yetadi va 7 – 15 ta don tugadi. Yetilgan dukkaklari jigar rang, deyarli qora, osilib turadi, yetilganda satnaydi. O’simlik butunlay tuk bilan kalin qoplangan bo’ladi.
Urug’i mayda, oval, uchlari kesik yoki yumalok yashil, sariq, qo’ng’ir, qora rangda, yaltirok yoki xol – xol bo’ladi. Ekiladigan navlarida 1000 dona urug’ining vazni 50 – 80 g keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |