Jaydari ko’k no’xat
Jaydari ko’k no’xat Cicer L. Turkumiga mansub bo’lib, 27 ta turni uz ichiga oladi.shulardan faqat bitta turi - madaniy jaydari no’xat eng ko’p tarqalgan. Madaniy jaydari no’xat bir yillik o’t o’simlik bo’lib, tuprokka 1 - 1,5 m gacha kirib boradigan uk ildiz chiqaradi.
Poyasi to’g’ri tirsaksimon yoki yotik,bo’yi 25 – 27 sm bo’lib, shoxlab o’sadi, tekislik – tepalik lalmikor yerlarda poyasining bo’yi o’rta hisobda 24 sm bo’lib, 15 sm dan 40 sm gacha o’zgarib turadi.
Barglari kalta bandli, tok patsimon, juft bargchalarining soni 5 – 8 ta, bargchalari mayda, arra tishli bo’ladi.
Jaydari no’xat o’simligi butunlay bezli tukchalar bilan kalin qoplangan bo’ladi, bu tukchalar organiq kislotalar ajratadi. Gullari mayda bo’lib, barg qo’ltiqlarida yakka – yakka joylashadi, har xil rangda bo’ladi.
Dukkaklari qavariq, romb yoki oval shaklda, bir – ikki, goho uch urug’li, bo’yi 1,4 – 3,5 sm bo’ladi.
Urug’i dumboqchali yoki g’adir – budir, tumshuqchasi bor, sharsimon, yumalok yoki burchakli shaklda, har xil rangda och sariqdan qoragacha. 1000 donasining vazni 100 – 600 g, o’rtacha 160 – 360 g keladi. Madaniy jaydari no’xatni prof G.M.Popov turtta kenda turga ajratadi, shulardan MDHda bittasi – subsp.euroasiaticum G.Pop. kenja turi ahamiyatga ega. Mana shu kenja turga kiradigan tur xillari va navlari baland buyli o’simliklardir, ular arngi ochiq, o’rtacha yirik, shakli yumalok, bo’ladigan tumshukchali urug’ tugadi.dumbokchali urug’lar axyon – axyonda uchraydi.
Jaydari no’xat tur xillari grupasini aniqlash.aytib utilgan subsp.euroasiaticum kenja turi doirasida ham, xuddi kolgan uchta kenja turdagi kabi, bir necha mustakil tur xillar guruhi farq qiladi. Shulardan har biri o’simligi tupining bo’yi, shakli hamda gulining rangi bilan bir – biridan farq qiladi.
Tur xillar guruhining tavsifi quyida keltirilgan.
1. Janubiy Yevropa guruhi – proles bohemicum G. Pop. Tupi buydor (40 – 50 sm), yigik,shtamb shaklida, uchiga yaqin joyidan shoxlanadi, gullari qizil – pushti rangda.
2. O’rta Yevropa guruhi - proles transcaucasicum G. Pop. Tupi buydor, lekin avvalgisidan ko’ra pastrok (30 – 40 sm), bir oz yoyiq, gullari ok.
3. Anatoliya guruhi - proles treicum G. Pop. Tupi o’rtacha buyli (25 – 30 sm), uch tomoni yoyiq, gullari ok.
Jaydari no’xat tur xillarini aniqlash. Yuqorida aytib utilgan har bir guruhdagi tur xillarining asosiy belgisi donining shakli bilan ragi, shuningdek, poyasi bilan shoxlarining rangidir. Urug’i, yuqorida ko’rsatib utilganidek, sharsimon yumalok, burchakli shaklda bo’ladi.
Sharsimon urug’i ekma Ko’k no’xat urug’iga o’xshaydi, faqat kichik tumshukchasi bo’ladi.
Yumalok urug’i ukki boshiga o’xshaydi. Tumshukchasi ilmoksimon kayrilgan. Urug’larining sirti ko’pincha burishgan bo’ladi. Urug’ kertigi (kindigi) yumalok. Urug’ po’sti odatda rangsiz.
Burchakli urug’i kuy kallasiga o’xshab ketadi. Tumshukchasi uzun, bir oz egilgan. Urug’ kertigi (kindigi) oval shaklda. Urug’ po’sti deyarli hamisha rangli bo’ladi.
O’zbekistondagi barcha lalmikor zonalarda (teksiliklarni hisobga olmaganda) jaydari no’xatning Milyutinskiy 6 navi rayonlashtirilgan. Bu nav Lalmikor dehqonchilik institutida chiqarilgan. Uning tupi tik o’sadi, bo’yi 30 – 40 sm ga yetadi. Gullari ok, pastki dukkaklari 20 – 25 sm balandlikda hosil bo’ladi. Urug’i sariq – pushti, yumalok shaklda, firik bo’ladi. 1000 donasining vazni 360 – 400 g keladi. Bu nav o’rtapishar bo’lib, vegetasiya davri 78 – 82 kun. Qurg’oqchilikka chidamli, askoxitoz bilan kasallanadi, lekin fuzaroizga chidamli.
Do'stlaringiz bilan baham: |