4. Boshoqcha qipiqlarining rangi oq, qizildan qora rangcha bo’ladi.
5. Donining po’stliligi donidagi boshoqcha qipiqlarining nechog’lik rivojlanganligiga qarab aniqlanadi. Doning sochiluvchanligi, uning yengil oqlanishi singari navga xos belgilari uning po’stligiga bog’liq.
Oqjo’xori doni :
Po’stli – butunlay boshoqcha qipiqlariga o’ralagan :
Bir oz ochiq – doning ko’pi bilan uchdan bir qismi ochiq :
O’rtacha ochiq – donning yarmi ochiq
Juda ochiq – donning 2/3 – 3/4 qismi ochiq:
Po’stsiz – butunlay ochiq bo’ladi.
6. Donning rangi urug’ po’stining rangi bilan qalinligiga yoki aleyron qavatining rangiga bog’liq bo’ladi.
Sholi kenja turlarini farqlay bilish. Tariq o’simligining tuzilishi, ro’vaklarini farqlarini o’rganish
Sholi eng qadimgi ekin bo’lib, shakllari nihoyatda xilma-xil va ko’pligidan bir qancha tadqiqotchilar ko’p urinib ko’rgan bo’lsalar ham, uning qat’iy kllasifikasiyasi ishlab chikilmagan.
Sholi klassifikasiyasi ustida ko’pgina tadkikotchilar ish olib borgan. Sholini uz ichiga oladigan oryza L. avlodining xozir 28 ta turi bor, shularning ikki turi: ekma sholi (O.sativa L.) va po’stsiz (yalangoch) sholi (O.glaberrima Steud.) ekiladi. Qolgan turlari bir yillik va ko’p yillik yovvoyi o’simliklar bo’lib, doni yetilmasidan to’kilib ketishi bilan ajralib turadi va asosan tropik kengliklarda uchraydi.
Ekma sholi. (O. sativa) juda keng tarqalgan bir yillik o’simlik; tropiklar, subtropiklarda va janubiy kengliklardagi hamma joyda, Janubiy – sharqiy Osiyo, Uzoq sharq, Yevropa, Afrika, Amerikak, Avstraliya mamlakatlarida ekiladi.
Po’stsiz (yalong’och) sholi (O. glaberrima ) ham bir yillik o’simlik bo’lib, faqat Afrikada tarqalgan.
Sholi , N. B. Natlinning Ris (Sholi) nomli kitobida bayon etilgan klassifikasiyaga muvofiq, boshoqchasining shakli jihatidan uchta kenja turga: kalta donli sholi – subs. brevis; xind sholisi- subs. indica; xitoy- yapon sholisi- subs. china-japonica ga bo’linadi.
Kalta donli sholi kenja turi (brevis) ning doni kalta , ko’pi bilan 4 mm bo’ladi. Janubiy-sharqiy Osiyoda tarqalgan. Bizda uchramaydi.
Hind sholisi kenja turi (indica) ning doni uzun, ingichka va kambarg bo’ladi, doni bo’yining eniga nisbati 3:1 va bundan ko’proq keladi. Bu kenja turning navlari asosan tropiklarda tarqalgan, ular qiltiqsiz yoki bir oz rivojlangan qiltiqli bo’ladi. Barglari enli, yuqorigi bargi poyasi bilan o’tkir burchak hosil qiladi .
Xitoy-yapon kenja turi (shina-japonica) donining enli va yo’g’on, yumaloq bo’lishi bilan farq qiladi, doni bo’yining eniga nisbati 1,5:1 dan 2,9:1 gacha yetadi. Barg plastinkalari nisbatan ensiz, rangi ancha to’q. Yuqorigi bargi poya bilan birga to’g’ri burchak hosil qiladi. Bu kenja turning eng ko’p navlari MDH da tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |