Ғалла экинлари



Download 0,64 Mb.
bet30/58
Sana30.12.2021
Hajmi0,64 Mb.
#96366
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58
Bog'liq
O’zbekiston qishloq va suv xo’jalik vazirligi samarqand qishloq

So’tasi yirik- mayda, har-xil shaklda, ko’pincha silindrsimon yoki bilinar-bilinmas konussimon bo’ladi. Tashqi tomondan uni shakli o’zgargan barg plastinkalaridan iborat o’rama qoplab turadi. So’taning o’zi seret o’zakdan tashkil topgan bo’lib, undagi katakchalarda urg’ochi guli boshoqchalar juft-juft bo’lib, muntazam tik qator hosil qilib joylashadi. Boshoqchada ikkita urg’ochi gul bo’ladi, shularning faqat yuqorigi bittasi rivojlanib, hosil tugadi. Boshoqcha qipiqlari mayda makkajo’xori gullashi vaqtida seret bo’ladi, keyin dag’allashib qoladi. Gul qobiqlari yupqa, pardasimon bo’lib, so’ta yanchilganda to’kilib ketadi. Boshoqchalarning juft-juft bo’lib, joylashishi so’tadagi don qatorlari sonining juft bo’lib chiqishini bildiradi, don qatorlarining soni 8 tadan 24 tagacha o’zgarib turadi.

Urg’ochi gulida bir uyali tuguncha bo’ladi, undan uzun insimon ustuncha (urg’ochi ipi) chikib, uchki tomonidan ayri tumshukcha hosil qiladi. Gullash vaqtida ustunchalari tumshukchalari bilan birga so’taning uchidan dasta tuk shaklida chikib turadi. So’tada o’rta hisobda 500 tadan 600 tagacha,kechpishar nav o’simliklar yaxshi rivojlanganja 1000 tagacha gul bo’lishi mumkin.

Makkajo’xorining doni (mevasi ) yirik, yumalok, ovalsimon yoki tishsimon, rangi juda xilma-xil bo’ladi. 1000 donasining vazni o’rtacha 250-350g bo’lib, 100-500 g atrofida va bundan ko’p o’zgarib turishi mumkin.

Makkajo’xorining ro’vagi bilan so’tasining tuzilishini gullab turgan vaqtida yoki ataylab shu davrda kuritib qo’yilgan o’simliklardan urganish ma’kul. O’simlikning boshqa qismilarini kuritilgan yaxlit o’simlikdan urganish mumkin.

Makkajo’xorining Zea mays L. turi xozirgi kllassifikasiyaga ko’ra 8 ta kenja turga bo’linadi, bular qo’yidagi belgilari:

1). donining po’stiligi(doni po’stsiz yoki po’stli);

2). donining tashqi tuzilishi (yuzasining shakli va xarakteri);

3). donining ichki tuzilishi (unsimon yoki shoxsimon endosperm borligi va ularning joylashishi) bilan bir-biridan farq qiladi.

Shunday qilib, donning belgilari makkajo’xorini kenja turlari ajratish uchnu asos hisoblanadi. Shuning uchun donining tuzilishi bilan ancha batafsil tanishish zarur.

Doni po’stdan (meva, urug’ po’sti, ba’zi shakllarda et po’stidan), aleyron qavat, yirik mo’rtak (don vazning 10% gacha yetadi) va endospermdan iborat. Don endospermida unsimon va shoxsimon qismlari farq qilinadi. Unsimon qism, ya’ni unsimon endosperm g’ovak tuzilgan, chunki kraxmal donalari orasida kamgaklar bo’ladi. Shoxsimon qism, ya’ni shoxsimon endospermda kraxmal protein hamda kolloid karbonsuvlar bilan to’la turadi. Unsimon endospermda kraxmal ko’p, oqsil kam bo’lsa, shoxsimon endospermda, aksincha, oqsil ko’p, kraxmal kam. Don sinig’ida shoxsimn endosperm shishasimon bo’lib ko’rinadi.

Makkajo’xorining qo’yidagi tur xillari bor: tishsimon, kremniysimon, serkraxmalli, shirin, bodroqlanadigan, mumsimon, serkraxmal-shirin va po’stli makkajo’xori. Shularning dastlabki beshtasi ishlab chiqarishda ahamiyatga ega.


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish